9-Mavzu: Kreativ va evristik ta’lim. Reja




Download 330.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana02.08.2023
Hajmi330.3 Kb.
#77871
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lecture - 9 (1)
1ncqSRXMd8gTxjyBhm3am9vL0pO78PyvECNt2Vpr, Protocol Data Units va tahlil qilish uchun WireSharkdan foydalanish, 1 Talab va taklif tushunchasi. Talab va taklif qonuni. 2 Talab v, 883ceb5d-9c62-40b4-a652-d0daff5fc663, SAYFIYEV OYBEK ELBEK O‘G‘LI QAYD VARAQA, 5-lab, 1-maruza, 10-sinf Unit 1. All about me demo, Презентация1, pro, Determinantlar, Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari, Savod O\'rgatish Tayyorlov Davrida O\'yinlardan Foydalanish mundar-fayllar.org, OZBKTILSHUNSLIGIBOYICHABITIRUVMALAKAVIYISHLARINITAYYORLASH
3. Evristika”–grekcha so’z bo’lib, “heurist” so’zi “izlayman”, “topaman”, “ochdim” 
ma’nolarini beradi.
O’quvchilarning mustaqil, faol, ijodiy faoliyatini tashkil etishda evristik metodlar asosidagi 
ta’lim alohida o’rin tutadi. “Umuman evristik ta’lim juda uzoq antik zamonlardan beri qo’llanib 
kelinadi. Birinchi bora ta’lim jarayonida qo’llanilganda – evristik suhbatlar yo’naltirilgan, ketma 
– ket berilgan savollarga javob jarayonida shakllangan, savollarga javob berishda javoblar 
o’quvchi tomonidan muammolar yechimiga qatnashish jarayonida rivojlantirilgan. 
Pedagogikada o’quvchi fikrini rivojlantiruvchi, maqsadli, sermahsul ishlanmalar asosida 
qo’llanilgan. 
Ko’proq bu usulni birinchilardan bo’lib, matematik olimlar o’quvchilar iste’moliga 
kiritganlar. Ko’pincha uni “matematik yechish san’ati” metodlari shaklida qo’llash ma’qul 
ko’rilgan. Keyinchalik uni boshqa o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida ilg’or, universal 
metodlar sifatida ham qo’llashga harakatlar, urinishlar bo’lgan. 


Bu muammo bilan o’z davrida faylasuf askar, grek matematigi Papi Aleksandriyskiy, 
keyinchalik fruntsuz faylasufi va matematigi R.Dexretler shug’ullanib, evristik metodlar universal 
metoddir, degan xulosaga keldilar.
Ilg’or metod sifatida uni Yan Amos Komenskiy ta’lim tizimiga kiritish zarurligini uqtirgan. 
U evristik usuldan ta’lim jarayonida foydalaniladi, shaxsning o’ylashi, ijodiy fikr yuritishi 
zamirida turli yangiliklarni yaratuvchi shaxs tarbiyalanadi, deb ta’rif beradi. 
Rus pedagogi P.K.Konterev – xalq ta’lim maktablarida evristik ta’lim metodlarini keng 
qo’llash ijodiy fikr yurituvchi shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi, degan fikrni ilgari surdi.
Evristik ta’lim metodining keng tarqalishi bizga XX asrning ikkinchi yarmidan kela 
boshlagan.Ayniqsa, o’quv jarayonigia kibernetikaning kirib kelishi, ilmiy izlanuvchanlik
ijodkorlik, yangiliklar yaratishning oshishi munosabati bilan ta’lim jarayonida keng qo’llashni 
talab etadi.
Hozir fanda evristika yo’nalishi ham rivojlanmoqda. Biror yangilik yaratish g’oyasi ilgari 
surilgandan keyin yangi ixtiyoriy harakat dasturi tuziladi. Shu vaziyatdan chiqish yoki 
jadallashtirish uchun yangicha ijodiy, nostandart fikrlash orqali yangilik yaratiladi.
Fikrlash jarayoni analiz, sintez, umumlashtirish orqali ayrim operatsiyalar ketma – ketlikda 
yangicha yondashuv orqali yechiladi, hal etiladi. 

Download 330.3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 330.3 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-Mavzu: Kreativ va evristik ta’lim. Reja

Download 330.3 Kb.
Pdf ko'rish