-jadval X va Y belgilar orasidagi bog’lanish matritsasi




Download 318.24 Kb.
bet2/7
Sana22.01.2023
Hajmi318.24 Kb.
#38971
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-Mavzu korrelyatsion va regression tahlil

7-jadval
X va Y belgilar orasidagi bog’lanish matritsasi

x/y

y1

y2

y3

...

ys

Umuman yj

fx

X1
x2
x3
.
.
.
xk

f1.1
f2.1
f3.1
...
...
...
fk.1

f1.2
f2.2
f3.2
...
...
...
fk.2

f1.3
f2.3
f3.3
...
...
...
fk.4

...
...
...
...
...
...
...

f1s
f2s
f3s
...
...
...
fks

f1j
f2j
f3j
...
...
...
fkj

fx1
fx2
fx3
...
...
...
fxk

Umuman xi

fi1

fi2

fi3

...

fis

fij

fxi

fy

fy1

fy2

fy3

...

fys

fj

N



O`rganilayotgan to`plam taqsimoti normal taqsimotga mos yoki unga yaqin shaklda bo`lsa, korrelyatsion jadval o`rtasida joylashgan x va u ning juft qiymati odatda eng katta takrorlanish soniga ega bo`ladi.Unga qarab jadval to`rtta kataklarga bo`linadi. Birinchi katak jadvalning chap tomoni yuqori qismida joylashgan x va y larning qiymatlari va ularning takrorlanish sonlaridan tarkib topadi. Undan past qismda ikkinchi, o`ng qismda esa uchinchi kataklar o`rnashadi. Ikkinchi katak x ning katta qiymatlariga mos keladigan y ning nisbatan kichik qiymatlari va ularning juftlari uchun takrorlanish sonlarini o`z ichiga oladi. Uchinchi katak esa, aksincha, x ning nisbatan kichik qiymatlariga mos keladigan y ning katta qiymatlari va ularni juftlikda takrorlanish sonlarini qamrab oladi. Va nihoyat, to`rtinchi katak birinchi katakning qarama-qarshi holati bo`lib, u x va y larning o`zaro mos keladigan katta qiymatlari va ularni takrorlanishi sonlaridan tuziladi.
Haqiqiy kuzatilgan x va y taqsimotlarining mazkur kataklarda joylashishiga qarab, ular orasida bog’lanish bor yoki yo`qligi, mavjud bo`lsa uning xarakteri haqida boshlang’ich umumiy fikr yuritish mumkin. Masalan, haqiqiy taqsimot takrorlanish sonlari barcha kataklar bo`yicha betartib sochilib yotsa, x va y belgilar orasida bog’lanish yo`qligidan darak beradi. Boshqa hollarda ularning kataklar bo`yicha joylanishi ma`lum tartibdagi oqimlar yo`nalishiga ega bo`lsa, demak, x va y belgilar orasida bog’lanish borligi haqida taxmin qilish o`rinli bo`ladi.
Bog’lanish o`zgarish yo`nalishlariga qarab to`g’ri yoki teskari bo`ladi. Agar belgining ortishi (yoki kamayishi) bilan natijaviy belgi ham ortib (yoki kamayib) borsa, ular o`rtasidagi bog’lanish to`g’ri bog’lanish deyiladi.
Analitik ifodalarining ko`rinishiga qarab bog’lanishlar to`g’ri chiziqli (yoki umuman chiziqli) va egri chiziqli (yoki chiziqsiz) bo`ladi. Agar bog’lanishning tenglamasida omil belgilar (X1, X2, ......., XK) faqat birinchi daraja bilan ishtirok etib, ularning yuqori darajalari va aralash ko`paytmalari qatnashmasa, ya`ni ko`rinishda bo`lsa, chiziqli bog’lanish yoki xususiy holda, omil bitta bo`lganda y=a0+a1x to`g’ri chiziqli bog’lanish deyiladi.
Ifodasi to`g’ri chiziqli (yoki chiziqli) tenglama bo`lmagan bog’lanish egri chiziqli (yoki chiziqsiz) bog’lanish deb ataladi. Xususan, parabola y=a0+a1x+a2x2 yoki
giperbola
darajali yoki va boshqa ko`rinishlarda ifodalanadigan bog’lanishlar egri chiziqli (yoki chiziqsiz) bog’lanishga misol bo`la oladi.
Statistikada o`zaro bog’lanishlarni o`rganish uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Xususan, funktsional bog’lanishlarni tekshirish uchun balans va indeks usullari, korrelyatsion bog’lanishlarni o`rganish uchun esa parallel qatorlar, analitik gruppalash, dispersion tahlil hamda regression va korrelyatsion tahlil usullari keng qo`llaniladi.
Quyidagi tarh yuqorida bayon etilganlarni umumlashgan holda yaqqolroq tasvirlaydi:



Download 318.24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 318.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval X va Y belgilar orasidagi bog’lanish matritsasi

Download 318.24 Kb.