• Umumiy ma’lumot
  • 9. Metallarni bosim bilan ishlash asoslari




    Download 19.21 Kb.
    bet1/4
    Sana24.11.2023
    Hajmi19.21 Kb.
    #104656
      1   2   3   4
    Bog'liq
    №9. Metallarni bosim bilan ishlash asoslari-fayllar.org
    2 5352785795038064242, ABDUQODIROVA DILDORA, Amaliyot ishi, 1-amaliy topshiriq (1), O`zgarmas tok qonunlari O zgarmas tok, Elektron raqamli imzo va uni resublikamizda tadbiq etilish holati., 9, 1-MAVZU TOPSHIRIQ KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI CYSF16MBK (4) (5), Inavatsion Iqtisodiyot

    №9. Metallarni bosim bilan ishlash asoslari


    MA’RUZA MAVZUSI


    9. Metallarni 
    bosim bilan ishlash 
    asoslari. 





    Reja: 
    1.
    Umumiy ma’lumot
    2.
    Metallarni bosim bilan ishlash oldidan 
    qizdirish va qizdirish qurilmalari.
    3.
    Metallarni prokatlash.
    4.
    Prokatlash texnologiyasi 
    xaqida ma’lumot.
    5.
    Trubalar prokatlash 





    Umumiy ma’lumot

    Metallarni bosim bilan ishlashda zagotovkadan buyumning
    talab etilgan shakli qo‘yilgan tashqi kuch ta’sirida
    zagotovkaning ayrim xajmlarini qayta taqsimlash natijasida
    hosil qilinadi. Metallarni bosim bilan ishlash shu
    metallarning plastikligidan foydalanishga asoslangan.
    Metallarning plastiklik xossasi ularning xiliga, ximiyaviy
    tarkibiga, ishlov berish xarakteriga bog‘liqdir. Toza
    metallarning plastikligi eng yuqori, qattiq eritmalarniki
    undan pastroq, ximiyaviy birikmalarning plastikligi esa eng
    past bo‘ladi.

    Metallarni bosim bilan ishlashda temperatura ko‘tarilgan sari
    ularning plastikligi ortadi, deformatsiyaga qarshilik
    ko‘rsatishi esa pasayadi.





    Metallarni bosim bilan ishlash oldidan qizdirish natijasida plastiklik 12


    marta ortishi mumkin. Barcha metallarning plastikligi erish
    temperaturasiga yaqin temperaturalar zonasida ancha pasayadi. Po‘lat
    uchun 300-400
    o
    C oralig‘ida va fazalar o‘zgarishi intervalida (perlitning
    austenitga, austenitning esa perlitga aylanish intervalida, holat
    diagrammasidagi P va G chiziqlari oralig‘ida) sodir bo‘ladi.
    Deformatsiya tezligining ortishi plastiklikning pasayishiga olib keladi,
    ammo bunda deformatsiyaning issiqlik effektini hisobga olish kerak
    bo‘ladi, bu issiqlik effekti esa plastik deformatsiya uchun sarflangan
    energiyaning issiqlikka aylanishi natijasida metalning qizishidan va
    issiqlikning metaldan atrofdagi muxitga tarqalishidan iborat. Shuning
    uchun tezlik va temperatura faktorlarini birga olib qarash va metallarni
    bosim bilan ishlashda temperatura-tezlik sharoiti deb suzlash qabul
    qilingan.







    Metallarni bosim bilan ishlashda ularning eng muhim


    texnologik xossasi bolg‘alanuvchanligidir. Bosim bilan
    ishlashda metalning o‘z shaklini o‘zgartira olish xossasi uning
    bolg‘alanuvchanligi deyiladi. Metallning
    bolg‘alanuvchanligiga temperatura katta ta’sir ko‘rsatadi.
    Temperatura qanchalik yuqori bo‘lsa, bolg‘alanuvchanlik
    katta bo‘ladi.

    Metallarni bosim bslan ishlashning asosiy turlari:

    1. Prokatlash
    2. Cho‘zish 3. Presslash

    4. Bolg‘alash 5. List shtamplash 6. Xajmiy shtamplash

    Bosim bilan ishlash asosi bo’lgan plastik deformatsiya
    metalning strukturasi va xossalarini o‘zgartirib yuboradi.







    Metallarga kuch ta’sir etganda oldin elastik va kuchni ortishi esa


    plastik deformatsiyaga olib keladi. Ma’lumki metall va qotishmalar

    kristallik panjaralardan iborat, ular uzaro turg’un bo‘lib har bir metall
    uchun aniqdir.

    Plastik deformatsiyalanishda atomlar oralig’ida masofa ortib, uning
    qiymatidan ortib ketadi. Plastik deformatsiyalanish natijasida kristall
    panjaralarda siljish yoki ikkilanishlar hosil bo‘ladi.

    Siljish natijasida kristall panjara buziladi va donalar maydalanadi, bu
    esa shu zonada metallning puxtalanishiga olib keladi. Atomlarning
    siljishi, kristall panjaraning buzilishi metallda anchagina ichki
    kuchlanishlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunda metalning qattiqligi,
    puxtaligi ortib, plastikligi pasayadi. Metallning plastik
    deformatsiyalanishidan so‘ng puxtalanishi naklyop deyiladi.









    Download 19.21 Kb.
      1   2   3   4




    Download 19.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9. Metallarni bosim bilan ishlash asoslari

    Download 19.21 Kb.