A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
CRM-tizimlarni tanlash mezonlari
Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar bozorida CRM-tizimlar bo‘yicha 
ko‘plab takliflar mavjud. Bu tizimlar echilayotgan masalalar to‘plami, 
qo‘llanilayotgan qurilmalari, ishlash texnologiyasi bo‘yicha etarlicha turi-tuman. 
CRM-tizimlarni tanlashda ko‘plab omillarni e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
Tizimni ishlash sifati bilan bog‘liq maqsadlar uchun quyidagilarni e’tiborga 
olish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
- biznes talablariga mos kelishi. CRM-tizimlarni joriy etish qarorini qabul 
qilishdan avval aniq tashkilot sharoitlarida bu tizim qanday masalalarni echa 
olishini qat’iy aniqlab olish kerak; 
- foydalanishning soddaligi. Foydalanuvchi interfeysi yuqori darajada 


273 
oddiy va ishlash uchun qulay bo‘lishi kerak. Agarda CRM-tizimlar mijoz bilan 
o‘zaro hamkorlik jarayonlarini murakkablashtirib va xodimni ishlashi uchun talab 
qilinadigan harakatlar sonini oshirib yuborsa, u holda bu tizimning barcha 
imkoniyatlari faol ishlatilmay qoladi. Bu bu esa sifat tizimining asosiy elementi 
bo‘lgan - ma’lumotlarni ro‘yxatga olish amalga oshmay qolishiga olib keladi; 
- analitik vositalarni mavjudligi. Tahlil va mijozar hulqini yuzaga 
chiqarishni olib borish uchun uning talablari va kutishlari bo‘yicha CRM-tizimlar 
har bir aniq mijozga yo‘naltirilgan tahlilini olib borishga imkon berishi kerak; 
- jarayonlarga sozlanish imkoniyati. CRM-tizimlar jarayonni bajarilish 
yo‘liga bog‘liq holda sozlashni egiluvchan o‘zgartirishga imkon berishi kerak. 
Bunday imkoniyat jarayonni yanada to‘liq aniqlash va avtomatlashtirishga imkon 
beradi; 
- masshtablanuvchanligi. Bu mezon yirik kompaniyalar uchun o‘ta muhim 
hisoblanadi. CRM-tizimlarda qo‘llanilayotgan echim masshtablanuvchan bo‘lishi 
va katta sondagi foydalanuvchilar uchun qo‘o‘lash mumkin bo‘lishi zarur; 
- aniq tarmoq sharoitlariga sozlanish imkoniyati. Har bir tarmoq va faoliyat 
sohasining mijozlar bilan ishlashda o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘ladi. 
Bunday xususiyatlar CRM-tizimlarda e’tiborga olingan bo‘lishi kerak; 
- foydalanuvchiga sozlanish imkoniyati. Tashkilotni o‘zida bo‘lgani kabi, 
uni o‘rab turuvchi muhit ham vaqt bo‘ylab (dinamik) o‘zgarib turishi mumkin. Bu 
CRM-tizimlari foydalanuvchilariga ish sharitini o‘zgartirish zaruriyatiga olib 
keladi. Samarali ishlash uchun tizimda biznes masalalar o‘zgarishiga mos holda 
foydalanuvchi funksiyalarini oddiy va tez o‘zgartirish imkniyati e’tiborga olingan 
bo‘lishi lozim; 
- boshqa axborot tizimlari bilan qo‘shiluvchanligi (igtegratsiya). 
Tashkilotda boshqa avtomatlashtirilgan va jarayonlarni boshqarish tizimlari 
mavjud 
bo‘lishi 
mumkin. 
SHuning 
uchun, 
CRM-tizimlar 
va 
boshqa 
avtomatlashtirilgan tizimlari o‘rtasida axborotlar almashish hamda integratsiya 
imkoniyatlari tanlovning muhim mezonlari hisoblanadi; 
- egalik qilish bahosi. CRM-tizimlarga egalik qilish bahosi bir nechta 


274 
tarkibdan tashkil topadi: litsenziya narhi, texnik va dasturiy ta’minot integratsiyasi, 
texnik xizmat ko‘rsatish joriy xarajatlari va axborot tizimlari-aktivlarinini 
boshqarish bo‘yicha ma’muriy xarajatlar; 
- tezkor texnik quvvatlash. CRM-tizimlarni samarali ishlashi uchun tizim 
etkazib beruvchining foydalanuvchi so‘rovlari va yuzaga keladigan muammolarni 
echishga e’tibor qaratishi muhim omillardan biri hisoblanadi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish