• FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI MODULI BO‘YICHA “TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI”
  • 1. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati Ijod
  • A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini




    Download 193.31 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana28.09.2023
    Hajmi193.31 Kb.
    #85280
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    testtesttest
    5-синф математика 1-қисм, kimyo barcha3, 5-Mavzu. Uch fazali tok zanjirlari Reja, matlab-dasturida-xususiy-hosilali-differensial-tenglamalarni-yechish, 1 (1), Steril dori vositalarining sifatini nazorat qilish (1), jasurbek moddiy nuqta, jasurbek inovation, shukurillo bulutlar, 13-ma\'ruza, Kompyuter modellashtirish, e0da500e7a414329813072696e12a1acf6e66e49, 1 laboratoriya ishi, DNSH KNSH, Tindirish va cho`ktirish uchun mo`ljallangan qurilmalar ishlash


    A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
    O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
    INSTITUTI 
     
     
     
     
     
    “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
     
     
     
     
     
    FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI 
    MODULI BO‘YICHA 
     
     
     
    “TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI” 
     
    o‘quv kursining
     
    “O‘quvchi ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari” mavzusidagi
    ma’ruza matni 
     
     
     
     
     
    Ma’ruzachi: O‘.O.Tohirov 
    Toshkent – 2022 


    1-mavzu. O‘quvchi ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari 
     
    Reja: 
    1. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati.
    2. Ijod turlari. 
    3. O‘quvchi texnik ijodkorlik qobiliyatlari bosqichlari. 
    1. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati 
    Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda 
    inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, 
    tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi.
    Ijod dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin ijodga taalluqli masalalar 
    yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar tomonidan bajargan ishlar tanqidiy 
    ko‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi. Kuzatishlar, tajribalar o‘tkaziladi, mantiqiy xulosalar 
    chiqariladi, gipotezalar qilinadi, tajribada sinab ko‘riladi. Noto‘g‘ri bo‘lsa 
    yangilanadi.
    Izlanishlar natijasi turli shakllarda (tayyorlangan buyumlar, badiiy asar, 
    matematik formula, va b.) yuzaga chiqadi. Uni jamiyat e’tirof etsagina haqiqiy
    to‘liq ijod sanaladi. Ijod fan-texnikani, madaniyatni boyitadi va rivojlantiradi. 
    Odatdagi ijod tushunchasi ozchilik kishilarning buyuk san’at asarlarini, yangi 
    mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning 
    qismatidir. Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining 
    fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da qandaydir yangilik 
    yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan 
    qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim. 
    O‘quvchining ijodkorligi uning har qanday faoliyat jarayoni bo‘yicha 
    mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim.

    Download 193.31 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 193.31 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini

    Download 193.31 Kb.
    Pdf ko'rish