Xalq ta‟limi tizimidagi umumta‟lim maktablarining asosiy ish




Download 341.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana18.04.2023
Hajmi341.96 Kb.
#52294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16DvLZMVc24151QQ5uEOtxD1JK2xerwd0HOCLjB2
CHALA 104 GACHA BULDI KI fak. BMI 2022-2023 yil, 17-mavzu. O\'tkazgichlar elektrostatik maydonda Reja, DOST777ON, лаб№10 МТА, O‘ZBEKISTON TARIXI TAQDIMOT2, IBRAGIMOVA UMIDA REFERAT Diqqat turlari, G`ildirak 22222222, BDU huzuridagi pedagog, Laboratoriya rus, ОГЛАВЛЕНИЕ, Chaqiruv qog`ozi-353211105997, amaliiy ish 1, khgyfgh, Rentgen nurlari - Vikipediya
1.3. Xalq ta‟limi tizimidagi umumta‟lim maktablarining asosiy ish 
hujjatlari va ularning yuritilishini takomillashtirish 
Umumiy ta‟lim maktabi uzluksiz ta‟lim tizimining asosiy bo„g„ini 
hisoblanadi va O„zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat 
umumta‟limi andozalari doirasida bepul umumiy ta‟lim olishning kafolatlangan 
huquqi va imkoniyatini beradi. Umumta‟lim maktabi faoliyati demokratiya va 
insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning 
ilmiy va madaniy an‟analari, o„qitishning dunyoviy xarakteri, siyosiy partiyalar 
va ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta‟siridan xolilik, iqtidor va ilmni rag„batlantirish, 


10 
o„quvchi va pedagog shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga quriladi. 
Umumta‟lim maktabining asosiy maqsadi – o„quvchilarni har tomonlama 
rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda 
o„zlarining mustaqil o„rnini topish, ongli ravishda ta‟lim va kasblar bo„yicha 
dasturlarni tanlash, ularni o„zlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila va 
davlat oldida o„z mas‟uliyatlarini his qila oladigan shaxslarni tarbiyalashdan 
iboratdir. Umumta‟lim maktabi ta‟lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va 
davlat manfaatlarini ko„zlagan holda amalga oshiradi, o„quvchilarning har 
tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning 
o„z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo„shimcha bilim olishlari uchun 
imkoniyatlar yaratilishini ta‟minlaydi. Maktab ta‟lim oluvchilarning ilmiy 
bilimlar, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va boshlang„ich kasb ko„nikmalarini 
egallashlarini, shuningdek, ularning o„ziga xos qobiliyatlari va axloqiy sifatlarini 
rivojlantirishni ta‟minlaydi. Maktab fuqarolarning milliy-madaniy ehtiyojlarini 
qondirishda ko„maklashishga, milliy qadriyatlarning tiklanishiga, barcha millat 
vakillariga hurmat bilan munosabatda bo„lishni tarbiyalashga, yoshlarda 
fuqarolik tuyg„usini shakllantirishga, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga 
da‟vat etilgan. Davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va 
boshqa ehtiyojlarining qondirilishini ta‟minlaydi, ilmiy-texnika va ijtimoiy 
taraqqiyot bilan bog„liq ravishda o„zgaruvchan ta‟lim andozalarini, barcha 
turdagi umumta‟lim maktablarida ta‟lim darajali va o„quv soatlari hajmiga 
qo„yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. Umumta‟lim maktabi mustaqil yuridik 
shaxs hisoblanadi, O„zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va 
o„z nomi yozilgan muhrga, to„rtburchakli shtampga va belgilangan namunadagi 
peshlavhaga ega bo„ladi. Maktab hokimiyat va boshqaruv organlari, ota-onalar 
va pedagogik jamoatchiligi oldida shaxsning ta‟limga bo„lgan konstitutsion 
huquqining amalga oshirilishi, ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning 
tanlangan shakllari o„quvchilar yoshining ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, 
sog„liqni saqlash talablariga muvofiq kelishi, o„quvchilar tomonidan o„quv 


11 
materiallarining qo„yilgan talablar asosida sifatli o„zlashtirilishi uchun 
mas‟uldir. Maktab ta‟lim berish tilini tegishli organlar bilan kelishgan holda
o„z imkoniyatlaridan kelib chiqib o„quvchilar va ota-onalar (yoki ularni o„rnini 
bosuvchi shaxslar)ning istaklarini hisobga olib belgilaydi. 

Download 341.96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 341.96 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq ta‟limi tizimidagi umumta‟lim maktablarining asosiy ish

Download 341.96 Kb.
Pdf ko'rish