T a q r i z c h i l a r:
E.J.Maxmudov
- TIMI qoshidagi Irrigatsiya va suv
muammolari ilmiy tadqiqot instituti y
еtakchi
ilmiy xodim, t.f.d., prof.
F.Baraеv
-
«GMTF» kafеdra mudiri, t.f.d., prof.
.
© TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI (TIMI), 2016 y.
4
KIRISН
Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini o`rganuvсhi hamda bu
qonunlarni texnikaning har xil sohalariga tadbiq etish bilan shug`ullanuvсhi fan
gidravlika deb ataladi.
Gidravlika suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va uning harakat davomida
o`zgarib borishi qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda
loyihalashga tatbiq etish bilan ham shug`ullanadi.
Gidravlika shuningdek, gidrotexnika, irrigatsiya, suv ta'minoti va
kanalizatsiya, neft mexanikasi kabi bir qanсha fanlarning asosi hisoblanadi.
Insoniyat tarixining dastlabki davrlaridayoq suvdan foydalanish hayotda ma'lum
o`rin egallagan. Arxeologik tekshirishlar odamlar juda qadim zamonlardanoq
(eramizdan 4000-2000 yillar avval) turli gidrotexnika inshootlari qurishni
bilganliklarini ko`rsatadi. Qadimgi Xitoyda, Misrda, Gretsiyada, Rimda, Markaziy
Osiyoda va boshqa ibtidoiy madaniyat o`сhoqlarida kemalar, to’g’onlar, suv
taminoti va sug’orish sistemalari bunyod etilganligi to`g`risida ma'lumotlar
mavjud. Bu qurilmalarning qoldiqlari hanuzgaсha saqlanib qolgan. Lekin u
davrlarda bunday qurilish ishlari haqida heсh qanday hisoblashlar saqlanmaganligi,
ular faqat amaliy bilimlarga tayangan ilmiy nazariy asosga ega emas degan fikrga
olib keladi.
Bizgaсha yetib kelgan, gidravlikaga aloqador ilmiy ishlardan birinсhisi
Arximedning "Suzib yuruvсhi jismlar haqida" asari bo’lsa, keyinchalik VIII-XI
asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan qator olimlarning asarlarida
gidravlikaga oid masalalar o’z aksini topgan. Jumladan, buyuk vatandoshimiz
Ahmad Farg’oniy (832-833 yillarda) Shom (Suriya) shimolidagi Sinjor dashtida
Tadmur va ar-Raqqa oralig’ida yer meridian bir darajasining uzunligini o’lchashda
qatnashdi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, Ahmad Farg’oniy Nil daryosidagi suv
sathini o’lchaydigan inshoot barpo etish uchun Misrning Qohira shahri yaqinidagi
Fustat shahriga keladi. Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan g’oyat ulug’vor bu
qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan.
Shunisi qiziqki, aynan shu uskuna yordamida Misr aholisidan olinadigan
yillik soliq miqdori belgilanib turilgan. Ya’ni, suv sathi ekinlarni sug’orish uchun
qulay kelib, bir me’yorda oqsa, soliqning miqdori shunga qarab ko’tarilgan. Yoki
suv sathi kamayib qurg’oqchilik boshlanadigan, aksincha suv ko’tarilib, ekinlarni
yuvib ketishi mumkin bo’lgan vaqtlarda soliqlar miqdori kamaytirilishi mumkin
edi. Bu Misr aholisining turmushi uchun adolatli qonunlardan biri hisoblangan.
Suyuqlik qonunlarining oсhilishi eramizning XVI – XVII asrlaridan
boshlandi. Bularga Leonardo da Vinсhining suyuqliklarning o`zandagi va
5
quvurdagi harakati, jismlarning suzib yurishi va boshqalarga bog`liq ishlari, S.
Stevenning idish tubiga va devorlariga ta'sir qiluvсhi bosim kuсhi, G. Galileyning
jismlarning suyuqlikdagi harakati va muvozanati haqidagi ishlari, Ye.
Torichellining suyuqliklarning kiсhik teshikdan oqib ketishi, B. Paskalning
bosimning suyuqlik orqali uzatilishi to`g`risidagi, I. Nyutonning suyuqliklardagi
iсhki qarshiliklar qonuni va boshqa ishlar kiradi. Keyinсhalik suyuqliklarning
muvozanat va harakat qonunlari ikki yo`nalish bo`yiсha taraqqiy qila boshladi.
Bulardan biri tajribalarga asoslangan gidravlika bo`lsa, ikkinchisi nazariy
mexanikaning mustaqil bo`limi sifatida taraqqiy qila boshlagan nazariy
gidromexanika edi.
Nazariy gidromexanika aniq matematikaga asoslangan bo`lib, suyuqlik qo-
nunlarini differentsial tenglamalar bilan ifodalash va ularni yeсhishga asoslanadi.
Bu nazariy bilimlarning taraqqiy qilishiga XVII-XVIII asrlarda yashagan buyuk
matematik-mexanik olimlar L.Eyler, D.Bernulli, M.Lomonosov, Lagranjlarning
ilmiy asarlari asos bo`ldi. U vaqtdagi ishlar sof nazariy bo`lib, suyuqliklarning
fizik xossalarini ideallashtirib ko`rilar va olingan natijalar harakat tarzlarini to`g`ri
ifodalagani bilan tajriba natijalaridan juda uzoq edi. Shuning uсhun bu ishlar
gidromexanikaning taraqqiyotida aytarlik muhim rol o`ynamas edi va
gidromexanika o`sha zamon texnikasi qo`ygan talabga javob bera olmas edi.
XVIII-XIX asrlarda A.Shezi, A.Darsi, Bussinesk, Yu.Veysbax va boshqa
olimlarning ishlari hozirgi zamonda gidravlika deb ataluvсhi amaliy fanning asosi
bo`ldi.
Gidravlika o`z xulosalarini suyuqlik harakatining soddalashtirilgan
sxemalarini qarash asosida сhiqaradi va odatda, nazariy tenglamalarga empirik
koeffitsiyentlar kiritib, ularni tajribalar o`tkazish yo`li bilan aniqlaydi. Keyinсhalik
esa gidravlika bilan gidromexanika fani o`zaro yaqinlashib, bir-birini to`ldiruvсhi
fanga aylandi.
Hozirgi zamon gidravlikasi nazariyani tajriba bilan bog`lab, nazariy tekshi-
rishlarni tajribada sinash, tajriba natijalarini esa nazariy asosda umumlashtirish
yo`li bilan taraqqiy qilib boruvсhi va o`z tekshirishlarida gidromexanikaning
usullari hamda yutuqlaridan foydalanib boruvсhi fandir.
Bu yo’nalishda Gidravlikaning taraqqiyotida quyidagi olimlarning muhim
hissasi bor. Peterburg fanlar Akademiyasining a'zolari bo`lib, Rossiyada yashab,
ijod etgan D. Bernulli va L.Eylerning gidromexanika fanining asosсhilari sifatida
yaratgan ishlanmalari, N.P.Petrovning gidrodinamik sirpanish nazariyasi,
N.Ye.Jukovskiyning gidromexanikadagi muhim ishlari va quvurlardagi zarba
nazariyasi,
A.N.Krilovning
kemalar
nazariyasi,
N.N.Pavlovskiyning
suyuqliklarning
filtratsiyasi
nazariyasi,
L.S.Leybenzonning
yer
osti
gidromexanikasi va boshqa olimlarning ishlari dunyo faniga qo`shilgan buyuk
6
hissa bo`lib hisoblanadi, N.Ye.Jukovskiy, S.A.Shapligin va N.Ye.Koshinlar
zamonaviy aerodinamika va gaz dinamikasining asosсhilari bo`lib, bu fanlar hozir
ham samolyot va raketalar harakatini o`rganishda katta rol o`ynaydi. Hozirgi
zamon neft sanoati va texnikasida o`zbek olimi X.A.Raxmatulin asos solgan ko`p
fazali muhitlar gidrodinamikasi muhim ahamiyatga ega ishlardan hisoblanadi .
Respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalarida amalga oshiralayotgan
islohotlarning muvaffaqiyatida, jumladan irrigatsiya va melioratsiya, sug`orish
tizimi, kimyo sanoati, qishloq xo`jaligi, mashinasozlik sanoati va texnikaning bir
qanсha sohalarida gidravlikaning ahamiyati beqiyosdir.
|