10
Suyuqlik solishtirma og`irligining 4°C dagi suvning solishtirma og`irligiga nisbati
uning nisbiy solshtirma og`irligi bo`ladi.
3. Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Yuqorida aytib o`tilganidek,
ziсhlik issiqlik o`zgarishi bilan o`zgarib boradi. Bu esa o`z-o`zidan issiqlik o`zga-
rishi bilan hajmning o`zgarishini ko`rsatadi. Suyuqliklarning bu xususiyatini
gidravlik mashinalarni hisoblash va turli masalalarni hal qilish vaqtida nazarga
olish zarur bo`ladi.
Suyuqlikning issiqlikdan kengayishini kolbaga solingan suyuqlikning
qizdirilganda hajmi ko`payishi, suyuqlik to`ldirilib germetik yopib qo`yilgan
boshqa va sisternalarning quyosh nurida qolganda yorilib ketishi, to`ldirilgan
idishdagi suyuqlikning sirtidan oqib tushishi kabi hodisalarda juda ko`p uchratish
mumkin.
Suyuqliklarning bu xususiyatidan foydalanib suyuqlik termometrlari va
boshqa turli sezgir o`lсhov asboblari yaratiladi. Suyuqliklarning isitilganda
kengayishini ifodalash uсhun hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti degan
tushuncha kiritilib, u
t
bilan belgilangan.