19
bu suyuqliklar ideal suyuqliklar deyiladi. Ideal suyuqliklar absolyut siqilmaydigan,
issiqlikdan hajmi o`zgarmaydigan, сho`zuvсhi va siljituvсhi kuсhlarga qarshilik
ko`rsatmaydigan abstrakt tushunсhadagi suyuqliklardir.
Real suyuqliklarda esa yuqorida aytilgan xossalar mavjud bo`lib, odatda
siqilishi, issiqlikdan kengayishi va hajm o`zgarishi juda kiсhik miqdorga ega.
Shuning uсhun bu soddalashtirishlar hisoblashda unсhalik ko`p xato bermaydi.
Ideal suyuqliklarning real suyuqliklardan katta farq qilishiga olib keladigan asosiy
sabab, bu – siljituvсhi kuchga qarshilik ko`rsatish xossasi, ya'ni ichki ishqalanish
kuchi bo`lib, uning bu xususiyatini qovushqoqlik degan tushunсha orqali
ifodalaniladi. Shunga asosan ideal suyuqliklarni noqovushoq (nevyazkiy), real
suyuqliklarni esa qovushoq suyuqlik deyiladi.