• 1.6. Suyuqlik to`yingan bug`ining bosimi
  • A. M. Arifjanov, Q. T. Raximov, A. K. Xodjiyev




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/18
    Sana17.12.2023
    Hajmi0,93 Mb.
    #121303
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    bsQD8TUQT2QWfvyB2KIzBGw3PhgQHpjisziAYXfT

     
     
     


    17 
     
    1.4- j a d v a l. Ba'zi suyuqliklari uchun sirt taranglik koeffitsiyenti 
    Suyuqliklarning nomi 
    m
    N
    ,

    Suv 
    0,073 
    Spirt 
    0,0225 
    Benzin 
    0,029 
    Glitserin 
    0,065 
    Simob 
    0,490 
    Sirt taranglik kuchi aniq o`lchov 
    asboblarining 
    kapillyar 
    naychalarini, 
    filtratsiyani hisoblash masalalarida va boshqa gidravlik hisoblashlarda kerak 
    bo`ladi. Ko`pchilik gidravlik masalalarda esa uning qiymati juda kiсhik bo`lgani 
    uchun hisobga olinmaydi. 
    1.6. Suyuqlik to`yingan bug`ining bosimi 
     
    Suyuqlikning berilgan temperaturada erkin bug`lanishi va uning bug`lari 
    yopiq idishdagi bo`shliqni to`yinish holatigacha to`ldirish uchun kerak bo`lgan bo-
    sim suyuqlik to`yingan bug`ining bosimi deb ataladi. 
    Shunga asosan suyuqlik to`yingan bug`ining bosimi bug`ning yopiq idish 
    ichida suyuqlik bilan muvozanatlashgan holatiga tegishli barqarorlashgan 
    bosimdir. 
    Bu 
    bosim 
    suyuqliklardan 
    yuqori 
    temperaturada 
    foydalanish 
    mumkinligini va ularning turli gidravlik qurilmalar, gidrosistemalardagi kavitatsiya 
    xossasini aniqlash uchun foydalaniladi. Suyuqliklarning bug`lanishi sirt bo`yicha 
    ham, uning butun hajmi bo`yicha bug` pufakchalari hosil bo`lishi (qaynashi) yo`li 
    bilan ham yuz berishi mumkin. Bunda ikkinchi hol, xohlagan temperaturada yuz 
    beradigan sirt bo`yicha bug`lanishdan farqli ravishda, faqat ma'lum temperaturada, 
    ya'ni to`yingan bug` bosimi suyuqlik sirtidagi bosimga teng bo`ladigan 
    temperaturada yuz beradi. Bosim ortishi bilan qaynash temperaturasi ortadi, 
    kamayishi bilan esa kamayadi. 
    Bir jinsli suyuqliklarda to`yingan bug` bosimi har bir temperatura uchun bir 
    xil miqdorga ega bo`ladi, suyuqlik va bug`ning miqdoriy nisbatiga bog`liq 
    bo`lmaydi. 
    Suyuqlik aralashmalarida esa suyuqlik tarkibidagi turli molekulalarning 
    o`zaro ta'siri bug`lanishni qiyinlashtiradi. Bu holda aralashma bug`larida yengil 
    bug`lanuvchi suyuqlik bug`larining nisbati, uning ayrim holatidagi bug`lariga 


    18 
    qaraganda ko`proq bo`ladi. Bu holda umumiy bug` bosimi partsial bug` bosimlar 
    yig`indisiga teng. 
    Shunday qilib, aralashmalar bug`langanda suyuq fazada yengil komponent 
    kamayib boradi, ya'ni yengil komponent suyuq fazadagiga nisbatan bug` fazada 
    ko`proq nisbatda bo`ladi. 

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. M. Arifjanov, Q. T. Raximov, A. K. Xodjiyev

    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish