|
Kinematik diagrammalar usulining afzallik
|
bet | 11/38 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,77 Mb. | | #100322 |
Bog'liq 2.1) Amaliy mashg\'ulotlarKinematik diagrammalar usulining afzallik va kamchiliklari
Kinematik diagrammalar afzallik va kamchiliklarga ega. Uning afzalliklari quyidagilardir:
1) Codda va ko`zga ko`rinarli.
Kamchiliklari:
1) Usul taxminiy, tezlik va tezlanishlarning o`rtacha qiymatlari kelib chiqadi;
2) Tezlik va tezlanishlarning yo`nalishi noma`lum;
3) Normal tezlanishlar yo`qdir.
Kinematik diagrammalarning moslik alomatlari
1) funktsiyaning ekstremal qiymatida uning hosilasi nolga teng.
2) funktsiyaning bukilish nuqtalarida uning hosilasi ekstremal qiymatga ega bo`ladi.
Kinematik diagrammalar.
Muhokama va xulosalar chiqarish uchun savollar
1. Mexanizmlarning kinematik tahlil i tushunchasi haqida ma`lumot bering?.
2. Kinematik tahlil ni grafik usulini tushuntirib bering?
3. Nuqtalarning traektoriyalarini aniqlashni tushuntirib bering?.
4.Krivoship –polzunli mexanizm tarkibidagi bo`g’inlarning traektoriyasi qanday aniqlanadi?
5. Krivoship –koromisloli mexanizm tarkibidagi bo`g’inlarning traektoriyasi qanday aniqlanadi?
Аmaliy mashg’ulot bo`yicha xulosa:
1.Tezlanish grafigidan foydalanib, tezlanishlar qiymatini aniqlay oladi.
2. Diagramma masshtablarini aniqlay oladi.
3. Mexanizmlarning kinematik tahlil qilish usullarini bir-biridan farqlaydi hamda . ularning afzalliklari va kamchiliklarini aytib bera oladi.
4. Mavzuga tegishli tarqatma materiallar beriladi.
5 Talabalarning olgan bilimi tekshiriladi.
6.Talabalar bilimi baxolandi.
Аmaliy mashg’ulot № 6-7
Mavzu: MEXANIZMNING KINEMATIK TAHLILI.
TEZLIK REJASI. (GRAFOANALITIK USULI).
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 25-30 nafar
|
O’quv mashg’ulotining rasmi
|
Munozarali amaliyot
|
O’quv mashg’uloti rejasi
|
1.Tezlik rejasi tushunchasi.
2.Mexanizmni xolati uchun tezlik rejasini qurish tartibi.
3.Tezlik rejasi xossalari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Mexanizmlarning xolati uchun tezlik rejasini qurish, nuqtalar va bo`g’inlarning chiziqli va burchak tezliklarini aniqlash. MMN fanidan kurs ishini “Mexanizmlarni kinematik tahlil i” 1-chi chizma varog’ini bajarishga tayyorlash.
|
Pedagogik vazifalar:
- mavzu bo`yicha bilimlarni tizimlashtirish, mustahkam-lash.
- darslik bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilish;
- tezlik rejasini qurish uslubini rasmlantirish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
-tezlik rejasining moxiyatini tushuntiradi;
-rejani qurish tartibini izohlab beradi.
- rejaning xususiyatlarini aytib beradi.
-“Mexanizmlarni kinematik tahlil i” 1-chi chizma varog’i mexanizm xolatlariga tezlik rejasini qurib, nuqta va bo`g’inlarning absolyut hamda nisbiy tezliklarning miqdorini va yo`nalishini aniqlay oladi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Munozarali suxbat, aqliy hujum.
|
O’qitish vositalari
|
Ma`ruza matnlari, proektor, marker, skoch, А32 F qog’oz, konspektlar
|
O’qitish rasmi
|
Jamoada va guruhlarda ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Guruhlarda ishlashga mo`ljallangan auditoriya
|
|
| |