|
XULOSA......................................................................................................................31
|
bet | 2/10 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 46,63 Kb. | | #257419 |
Bog'liq NARBO‘TAYEV SAXOB ABDURAZAKOVICHXULOSA......................................................................................................................31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI...............................................32
KIRISH
Ilm-fan, ta`lim va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan bu davrda ta'lim-tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Zero, ta`lim-tarbiya masalasi Sharq xalqlarida azaldan yetakchilik qilgan va hali-hanuz o`z ahamiyatini yo`qotganicha yo`q.
Ta'lim-tarbiya masalalariga jiddiy e'tibor qaratishgan. Sharq madaniyatida didaktik masalalar yoritilgan so`fiyona ruhdagi asarlar hazrat Navoiy nomi bilan bog`liq hisoblanadi.
XV asrning ikkinchi yarmida mumtoz adabiyotimiz go`yoki porlagan quyosh singari charaqlagan Mir Alisher Navoiy bilan o`zining yangi pog`onasiga ko`tarilib oldi. Uning ham nasriy , ham she`riy asarlari birdek tan olinib, sevib mutolaa qilindi.
Alloma tomonidan yaratilgan asarlarda komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishning uslub, vosita va usullari yuzasidan ham so’z yuritib boriladi. Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug’ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg’u berib o'tadi . Tarbiya va ta’lim ishlari o’qituvchi hamda ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim.
Mutafakkir bobomiz bolalar bilan munosabatda bo’lish jarayonlarida ular tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, ularga xushmuomalalik bilan yo’l qo’yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarur ekanligini, biroq bu o’rinda ma’lum me’yorga amal qilish kerakligi haqida ham ko'pgina fikrlarni aytib o'tadi.
Alisher Navoiyning asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari qatorida muhim o’rin tutuvchi omillardan biri bo'lgan o’z-o’zini tarbiyalash masalasining mohiyati ham yoritib o'tiladi. Bu borada bildirib o'tgan fikrining mazmuniga ko’ra, bolaning o’zi yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini o’zi anglab olishi hamda ularni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish zarur.
Mutafakkir bobomizning e’tirof etishicha, kimki bu borada yaratilgan imkoniyatdan to’g’ri foydalanib bilsa, o’z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi, kimki yo’l qo’yilgan xatoni anglash va uni to’g’rilashga harakat qilish o’rniga turli bahonalarni ro’kach qilaversa, kamchiliklarini to'girlab bormasa, oldinga harakat qilmasa xatolari sonining yana bittaga oshishi uchun shaxsan o’zi sharoit yaratadib bergan hisoblanadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko’p bo’lsa, uning yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko’rinadi, kamchilikning mavjud ekanligini ko’rsatgan kishi bilan tortishish qancha kuchli bo’lsa, el oldida uning obro’si shunchalik pasayib boraveradi.
Mutafakkirning ilm olish yo’llari xususidagi qarashlari ham muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy bilimlarni tinmay, uzluksiz o’rganish zarur, deydi. Bu yo’lda duch keladigan har qanday qiyinchilikni yengib o’tish mumkin deb hisoblaydi.
Aniq hayotiy maqsadni belgilab olgan holda ana shu maqsadni ro’yobga chiqishi yo’lida qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik faoliyat olib borish, bu yo’nalishda olib borilayotgan harakatni oxiriga yetkazishda chidamli, matonatli va savotli bo’lishni maslahat beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
XULOSA......................................................................................................................31
|