"Farhod va Shirin dostonida sog'lom avlod ta'rifi




Download 46,63 Kb.
bet5/10
Sana30.05.2024
Hajmi46,63 Kb.
#257419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NARBO‘TAYEV SAXOB ABDURAZAKOVICH

1.3. "Farhod va Shirin dostonida sog'lom avlod ta'rifi.

Qadim qadimdan xalqimiz sogʻlom avlod tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan. Xalq dostonlari ertaklari afsonayu qoʻshiqlari va allomalarning asarlarida goʻzal siymoli xushsuvrat yigit-qizlar mehr – muhabbat bilan taʼrifu tavsiflanishi ham buni tasdiqlaydi.


Masalan, hammamizga maktab darsliklaridan tanish Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhodning jasoratini, Vatan ishiga kamarbasta matonatini yoki Shirin va uning oʻn nafar kanizagining taʼrifu tavsifini bir eslang.
Diloromu Diloro-yu Diloso
Gulandamu Sumanboʻyu Sumanso
Parichehru, Parizodu Parivash
Paripaykar zihi oʻn ismi dilkash.
Alloma oʻn kanizagining har birida orzu havas qilgudek fazilatlar borligini va ularning bari Farhodu Shirinda mujassamlashganini faxr bilan kuylaydi. Har biri bitta yoʻnalish-tarix, fizika, matematika, mantiq, astronomiya, huquqshunoslik kabi ilmlarning yetuk sohibalari boʻlmish kanizaklar Farhodni savolga tutadilar. Farhod hozirjavoblik bilan kamolat sohibi ekanligini namoyon etadi. Hazrat Alisher Navoiy nazdidagi boʻlajak onalar shu qizlar timsolida mujassamlashgan.
Sogʻlom fikrlovchi ham jismoniy ham maʼnan goʻzal farzandlar ana shunday yetuk ilmli, komil insonlardan bino boʻlishligini allama shoirimiz orzu qilgan boʻlsa ajab emas. Zero, sogʻlom onadan sogʻlom farzandlar dunyoga keladi. Ushbu orzuni umummilliy vazifaga aylantirish, uni toʻla ruyobga chiqarish imkoniyati Oʻzbekiston istiqlolga erishgandan keyin yanada kuchvytirildi. Xalqimizning asriy orzulari ushaldi.
4Isteʼdodli qizlarga Zulfiya nomidagi mukofotning berilayotganligi, ilmu fan bilan shugʻullanayotgan salohiyatli yoshlarga Prezident stipendiyasi taʼsis etilib, ruhlantirilayotganligi, izlanuvchan yosh sanʼatkorlarga “Nihol” sovrini joriy etilib, ular ragʻbatlantirilayotganligi, jahon arenasida Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtargan sportchilarni uy va mashinalar berib qoʻllab quvvatlantirilayotganligi, Prezident maktablari, ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani komil inson tarbiyalash yoʻlidagi goʻzal qadamlardir.
Mustaqillik yillarida “Sogʻlom ona-sogʻlom bola” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan dastur asosida keng koʻlamli chora tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etildi. Xususan zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diognostika, skrining va perinatal markazlari, yangi tugʻruqxonalar barpo etildi. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda xalqimizning ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor berilmoqda. Taraqqiyot strategiyasida ham yoshlar masalasiga alohida eʼtibor beriladi. 
Hazrat Navoiy yonib kuylagan bu oʻgitlar hukumatimizning bugungi siyosatini oʻzida ifoda etadi. Mustaqil Oʻzbekistonning dastlab qabul qilgan Qonunlaridan biri ham nogironlarning rayeablitatsiyasi haqida edi. 
Ayni kunlarda kam taʼminlangan va turar-joyga muhtoj kishilarga arzon uylar berilayotgani Ayollar va yoshlar daftari tashkil etilgani ham davlatimiz tomonidan xalqimizga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklardan yana biridir. 
“Farhod va Shirin” dostoni Alisher Navoiy ijodining, balki, butun turkiy adabiyotning bebaho va o’lmas asaridir. Bu asar olimlar va adabiyotshunoslar tomonidan turli jihatdan tadqiq etilgan bo’lsada, ushbu maqolada aynan yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ahamiyat berilgan. Ayniqsa, dostondagi yoshlarning hunarga, diniy va dunyoviy bilimlarga bo’lgan munosabatiga e’tibor qaratilgan.
Alisher Navoiy ijodi- bebaho xazina, ma’nolar chashmasi. Uni qancha ko’p o’qisak, yana shuncha ehtiyoj sezamiz. Negaki shoir asarlarida qalamga olinmay qolgan mavzuning o’zi yo’q. Odob- axloq deysizmi, jamiyat muammolarimi, davlat va siyosatga oid masalalarmi. Ayniqsa, “Xamsa” tarkibiga kiruvchi ikkinchi “Farhod va Shirin” dostonida ishq motivlari bilan birga, hamma davr uchun ham dolzarb bo’lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va kamoloti uchun zarur bo’lgan sifatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Har bir xalqning tanazzuli yoki yuksalishi shu yurtda voyaga yetayotgan farzandlarning ilimi, bilimi, ma’naviy dunyoqarashi, urf-odat va milliy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatiga bog’liqdir. O’z zamonasida Mir Alisher Navoiy madaniyat va san’at, ilm va ma’rifatning chinakkam homiysi sifatida shuhrat topadi.
Navoiyning zamondoshi bo’lmish tarixchi Xondamirning yozishicha Navoiy o’z hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir nechta madrasalar va xonaqohlar qurdirib, ilm ahliga sarkorlik qilgan. Jumladan, Ixlosiya madrasi haqida hazrat homiyligida: “Ul joyning talabalari xotirjamlik ila ilm kasb qiladilar ”-deydi. Mazkur jumlaning o’zi ham mavlononing ilm-fanga bo’lgan diqqat e’tiborining nechog’lik yuksak ekanligidan dalolatdir.
Bundan ko’rinib turibdiki, Navoiy yosh avlodning, ayniqsa, ayollarning ham har sohada yetuk bo’lishini xohlagan. O’z fikriga ega,jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi, teran fikrlovchi avlodning yetishishi uchun shu avlodni tarbiyalovchi ayollarning o’zlari, eng avvalo, ma’rifatli bo’lishlari lozimligini chuqur anglatadi.
Ushbu qisqacha tadqiqotdan shu ayon bo’ladiki, buyuk mutafakkir mir Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonidagi har bir qahramon va uning dunyoqarashini ochib berishda kasb-u kamolotning nechog’li ahamiyatliligini namoyon etgan. Bildirilgan fikr va mulohazalar ummon yanglig’ ijodning tomchilaridan olingan hayrat hosilalari va Navoiyning osmon qadar bepoyon ma’nolar xazinasidan olingan zarralar hayrati edi, xolos.



Download 46,63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 46,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Farhod va Shirin dostonida sog'lom avlod ta'rifi

Download 46,63 Kb.