• 3.3. Alisher Navoiy ijodiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.
  • Alisher Navoiyning asarlari to'g'risida 1 soatlik dars ishlanma tayyorlash




    Download 46,63 Kb.
    bet9/10
    Sana30.05.2024
    Hajmi46,63 Kb.
    #257419
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    NARBO‘TAYEV SAXOB ABDURAZAKOVICH

    3.2. Alisher Navoiyning asarlari to'g'risida 1 soatlik dars ishlanma tayyorlash.
    Darsning maqsadi:
    Ta’limiy: O’quvchilarni Abduqodir Hayit metovning “Donolarning donosi” nomli hikoyasi bilan ta’nishtirish. To’gri, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakillantirish.
    Tarbiyaviy: O’quvchilarga ajdodlarimiz merosini o’rgatis, ularni o’gitlari orqali tarbiyalash.
    Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni ifodali o’qish, og’zaki nutq, lug’at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
    Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakillantiruvchi.
    Dars metodlari: Suhbat, mantiqiy zanjir usuli, “Ha yo’q o’yini”, “Tarmoqlash
    Dars jihozi: Darslik mavzuga oyid ko’rgazmalar, multimediyali ilovalar.
    Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: Salomlashish, Davomatni aniqlash, O’quvchilarni darsga tayyorlash.
    II. Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
    “Sohibqiron Temur bobo” mavzusi bo’yicha o’quvchilarning egallagan bilim,ko’nikma va malakalari aniqlanadi.
    Mavzu: “Zanjir” usulida aytilishi so’raladi.O’quvchilar mavzu bo’yicha bir birlariga savollar berishadi.
    Tarmoqlanish usuli orqali o’quvchilar Amir Temurning fazilatlarini yozishadi. O’quvchilar Amir Temurning fazillatlarini yozishadi.
    III. Yangi mavzu bayoni. Alisher Navoiy partreti, uning kitoblari, dostonlari tasvirlangan lavhalar namoyish qilinadi. O’quvchilardan Alisher Naoiy haqida nimalarni bilishlarini so’raladi. O’quvchilarning ma’lumotlari tinglanadi. O’qituvchi “ Dononlarning donosi hikoyasini o’qib beradi. Hikoya mazmuni bilan tanishtiriladi. Mavzuni o’quvchilarga zanjir usulida o’qitiladi.


    3.3. Alisher Navoiy ijodiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.
    She’riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher G‘iyosiddin Bahodir o‘g‘li«Navoiy taxallusi bilan o‘zbek adabiyotining yangi davrda yuqori bosqich sari olib chiqqan, O‘rta Osiyo Uyg‘onish davrining yorqin vakili, ulug‘ mutafakkiri sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olgan favqulodda shaxsdir. Shoir yashagan davr XV-XVI asrlar Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davrining so‘ngi pallasi bo‘ldi. Navoiy yashagan davrni buyuk sohibqiron Amir Temur va boshqa temuriy sultonlarning faoliyatidan ayri holda yoritib bo‘lmaydi. Zero, Alisher Navoiy yashagan zamonda mamlakatda tinchlikosoyishtalik va farovonlik hukm surishida, madaniyat, ilm-fan va san’atning rivoj topishida temuriyzodalarning o‘rni beqiyos.
    XIV asr 70-yillaridan mintaqa siyosiy hayotida mo‘g‘ullar hukmronligi tugab, Temuriylar davri boshlandi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur tanazzulga yuz tutgan va parchalangan Chig‘atoy ulusining o‘rnida islom mintaqasining markaziy qismini o‘z hududiga birlashtirgan ulug‘ saltanatni vujudga keltirdi.
    G‘arbda Iroq va Suriya yerlari, Eron, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo o‘lkalarini deyarli to‘liq qamrab olgan bu mamlakat islom mintaqa xalqlariningyagona siyosiy hududga oxirgi marta birlashuvi bo‘lib, Temur mintaqa miqyosida nufuzga ega bo‘lgan oxirgi davlat boshlig‘i edi. Uning davlatni boshqarish va ulus osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari islom mintaqa madaniyati davlatchilik sohasidagi yutuqlarining yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.
    XV asrning ikkinchi yarmida turkiy tilni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Bunda Hirot hukmdori, Navoiyning do‘sti va maktabdoshi Husayn Boyqaroning xizmatlari muqoyasizdir. U faqat davlatni boshqarish bilan mashg‘ul bo‘lmasdan, ilm-fan, madaniyat va san’at ravnaqiga ham ulkan hissa qo‘shdi, ijod ahliga homiylik qildi. Ayni zamonda, u o‘zining shaxsiy ijodi, adabiy faoliyati bilan ham bu ishdajuda yaqindan ishtirok etdi. Bu davrda Lutfiy, Jomiy, Binoiy, Gadoiy, Atoiy, Hiloliy, Durbek va boshqa mutafakkirlar badiiy ijod bilan shug‘ullanganlar. Ular o‘zqarashlarida o‘sha davr jamiyati uchun dolzarb ahamiyatga molik bo‘lgan muammolarni, ularning yechimini, shuningdek, ideal shaxs obrazini turli xil ramziy ma’nolarda aks ettirgan. Shuning uchun ular yaratgan ilmiy merosning badiiy va ijtimoiy qimmati ham shundaki, ideal inson obrazini yaratishdagi say - harakatlar va sotsial ta’limotlar bugungi kunda yoshlar tarbiyasida ayni muddao bo‘lib xizmat qiladi.
    XULOSA

    Oʼtmish ajdodlarimizning, xususan, Аlisher Navoiy hazratlarining bizga qoldirgan boy adabiy va maʼnaviy merosi odamlarning, ayniqsa, oʼsib kelayotgan yosh avlodning maʼnan va ruhan barkamol boʼlib tarbiya topishlarida muhim oʼrin tutadi. Buyuk mutafakkir, gʼazal mulkining sultoni hazrat Аlisher Navoiy oʼzining asarlarida, dostonlarida umuminsoniy ruh bilan sugʼorilgan komil inson, odil hukmdor haqidagi gʼoyalarni ilgari surdi.


    Аlisher Navoiyning betakror va boy ijodini adabiyotshunos olimlar oʼrganib, talqin qilib kelishar ekan, mutaffakir ijodining asosiy qismi inson kamoloti, komillik sari intilishni tarannum etadi. Uning insonparvarlik, taʼlim-tarbiya, axloq va xulq-odob qoidalari, ilm-fan va kasb-hunarni egallash, yuksak insoniy qadriyatlar toʼgʼrisidagi dono fikrlari hozir ham oʼzining tarbiyaviy ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq.
    Gʼazal mulkining sultoni, Аlisher Navoiyning bizga tengsiz adabiy meros boʼlib qolgan har bir asariga murojaat qilar ekanmiz, avvalo chin insoniylik fazilatlari, kindik qoni toʼkilgan Vatan, Ona yurtga muhabbat, sadoqat, adolat, mehr oqibat, singari oliy janob tuygʼularga yetaklovchi durdona meros ekanligining guvohi boʼlamiz.
    Аyniqsa, bobomiz komil inson tarbiyasi xususida juda koʼplab asarlar yaratganki, bu yurak mehri, soʼzning sehridan yaralgan asarlar biz avlodlarni qayta qayta hayratlantirib keladi. Negaki, Mir Аlisher Navoiy ijodining negizida inson, uning maʼnaviy dunyosi, chin inson qiyofasi, insonlarni Vatanni sevishga, xalqning dardi bilan yashashga daʼvat etib hech qachon oʼz ahamiyatini yoʼqotmaydi. Аksincha, nohaqlikning ustidan adolat, yovuzlikning ustidan ezgulik gʼalaba qilishida qayta qayta tarbiya vositasi boʼlib, komillikka erishish uchun yoʼl koʼrsatuvchi boʼlib xizmat qiladi.



    Download 46,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 46,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher Navoiyning asarlari to'g'risida 1 soatlik dars ishlanma tayyorlash

    Download 46,63 Kb.