• III-BOB. ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BOLA TARBIYASINING VAZIFALARI. 3.1. Bola tarbiyasining jamiyatda tutgan orni.
  • Alisher Navoiy bola tarbiyasi xususida




    Download 46,63 Kb.
    bet8/10
    Sana30.05.2024
    Hajmi46,63 Kb.
    #257419
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    NARBO‘TAYEV SAXOB ABDURAZAKOVICH

    2.3. Alisher Navoiy bola tarbiyasi xususida
    Ota-onalar va ustozlar doimo yodda saqlashi lozim bo‘lgan, bola tarbiyasiga oid eng muhim jihatlardan biri – bolaning ko‘cha-ko‘yda qanday bola bilan yaqin munosabatda bo‘lishidir. Buning qanchalik ahamiyatli ekani ulug‘ allomaning yoshlarga qilgan mana bu murojaatida yaqqol anglashiladi: “Kimlar bilan bo‘lsang shulardeksan. Alar yomon bo‘lsa, sen ham yomon, alar yaxshi bo‘lsa – sen ham yaxshisan.
    Demak, yaxshilar etagin tutgan yaxshiroqdir. Ko‘pgina qobiliyatli kishilar yaxshilardan ayrildi, yomonlar suhbati ularni nobud qildi…” Navoiyni tanigan bola oq va qorani, yaxshi bilan yomonni farqlay oladi, bu o‘tkinchi dunyoda yaxshilik bilan nom chiqarish ajib bir saodat ekanini anglab yetadi:Bu gulshan ichraki yo‘qtur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot .
    Navoiy o‘z asarlarida o‘g‘il-qizlarni tarbiyali bo‘lishga, ilm cho‘qqilariniegallashga, bu yo‘lda matonatli bo‘lishga da’vat qiladi. Zero, yoshlikda egallangan bilim kuni kelib, albatta, mevasini beradi. Shu o‘rinda “Zikri hukamo”dagi ushbu hikmatni keltirish o‘rinli:“Buzurgmehr aytadi:Ustozimdan so‘radim: yigitlikda nima qilmoq va qarilikda nima qilmoq yaxshiroqdir?
    Dedi: Yigitlikda ilm o‘rganmoq, qarilikda esa uni amalga oshirmoq Navoiy nafaqat ijodi, balki butun hayoti bilan ham barchaga ibrat bo‘la oladigan buyuk shaxs. Yoshlarga g‘amxo‘rlik, ularni hayotning keng va ravon yo‘llariga olib chiqish borasida qilgan ibratli ishlari tahsinga sazovordir.


    III-BOB. ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BOLA TARBIYASINING
    VAZIFALARI.
    3.1. Bola tarbiyasining jamiyatda tutgan o'rni.
    “Agar mendan “sizni nima qiynayapti?”- deb so‘rasangiz farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”- deydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. Bu fikrlari mustaqil yurtimizni, ertamizning egalariga ta’lim- tarbiya berishdek ulkan ma’suliyat, davlat rahbari, mutassadi tashkilotlar, har bir oila, jamiyat a’zolari oldidagi ulkan ish sifatida qarashimizni taqozo etmoqda. Insoniyatning ko‘payishi tabiat qonuni bo‘lgani kabi bola dunyoga kelgan kundan boshlab ota-onaning bola tarbiyasi uchun javobgarligi ham jamiyatimizning qonunidir.
    Azaldan bola tarbiyasi bilan yoshligidan, asosan, ona shug‘ullangan, otaning asosiy vazifasi oilani boqish bo‘lib, uyda bo‘lgan vaqtda bolani nazorat qilib borishdan iborat edi. Bugungi oilaviy tarbiya, “Milliy va zamonaviy o‘zbek bolasining siymosi qanday bo‘lishi kerak?” degan savolga javob talab qilmoqda.
    Bugungi bola o‘tgan asr bolasidan keskin farq qiladi, o‘zbek o‘g‘il-qizlari zamonaviy komil inson siymosiga ega bo‘lmog‘i lozim. Tabiiyki, bu jarayonda oilaviy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Bola, asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila o‘z muhiti orqali bolaning dunyoqarashiga va xulqiga doimo o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Ibn Sino ta’biricha, “ota-ona bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdek oliyjanob vazifadan boshlaydi”. Hozirgi kunda oilaviy munosabatlarda ota-onalarning farzandlar bilanto‘liq va etarlicha munosabatga kirisha olmasligini kuzatamiz.
    Oilaning boshi bo‘lgan erlarning ba’zilari ko‘chadagi ulfatchilikdan, ish yuzasidagi safarlardan ortib, o‘z farzandlarini moddiy tomondan ta’minlashlari mumkin, lekin ularni ma’naviy jihatdan tarbiyalashga, ruhiy madad bo‘lishga ularning qiziqish va intilishlarini, ularni qiynayotgan muammolar nimalardan iborat ekanligini bilishga, o‘rganishga vaqt ajrata olmaydilar, vaqt topsalar ular bilan gaplashishga hafsala qilmaydilar. Ba’zida, onalarda ham shunday holat kuzatiladi ba’zi onalar tungi smenalarda tuni bilan ishlab iloji bo‘lsa kunduzi uxlashadi, kechki ovqatni birga eydi bo‘lmasa yo‘q yana ishga ketadi yoki ishxonadagi, qarindoshlar orasidagi yig‘in o‘tirishga ketishi uyda qolgan taqdirda ham uy yumushlari bilan band bo‘lishlarishga yoki telegram, feyzbukda o‘tirish bilan vaqt o‘tkazadilar.
    Oiladagi shaxslararo mehrmuhabbatga asoslangan o‘zaro muloqat deyarli amalga oshmaydi natijada bola o‘zini tushunadigan unga dalda bo‘ladigan “do‘stlarni” ko‘chadagi izlashga majbur bo‘ladi. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo‘tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va hafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi.
    Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondoshadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va shakllanadi. Bolaning jismonan sog‘lom, ahloqan pok, mehnatsevar, madaniyatli intellektual salohiyatli bo‘lib o‘sishdan jamiyatimiz ham manfaatdordir.
    O‘quv tarbiyaviy muassasalarning tarbiya borasidagi ishlari qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilishidan qat’iy nazar, tarbiya masalalarini oila hal qiladi. Bog‘cha va maktablar ta’lim bersa va tarbiyalasa, ota-onalar faqat tarbiyalabgina qolmay, ular bilan birga yashaydilar ham. Ota-onalarning farzand uchun fidoyi bo‘lishligi o‘zbek millatiga xos bo‘lgan ajoyib fazilatdir. XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Xojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to‘xtalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo‘lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi”. U bola tarbiyasida otaning ma’suliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u, unga shu kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa bolada gunoh yo‘q barcha jafo otaning o‘zida; o‘g‘ilqizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi. Ota bolalarininazorat qilib, turli xunarlarni o‘rgatsa, ular ulg‘aygach, o‘g‘il-qizim bor deb sevinadi; o‘g‘il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go‘zal bo‘lsin”.
    Demak, otalar farzandini faqat moddiy tomondangina ta’minlab “Men o‘z vazifamni kerak bo‘lsa ortig‘i bilan bajarib qo‘ydim” deb o‘ylamasdan farzandining ruhiyatidagi o‘zgarishlarni ham ilg‘ay olishlari zarur . “Agar oila boshlig‘i tajribasiz bo‘lsa, u o‘z a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, mahalla-ko‘yga ham yomon ta’sir qilishi mumkin.
    Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeyidan qat’i nazar, ularniig birlamchi vazifasidir”- deb hisoblaydi Ibn Sino. “Ota-ona davlat boshlig‘imi yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Davlat boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat bo‘lmoqlari lozim”-deb ko‘rsatar ekan ota-onaning ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularning birinchi galdagi vazifalari bola tarbiyasi ekanligini ta’kidlab ko‘rsatadi.
    Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rahbarlarga qo‘ygan ushbu talablari o‘sha davrda qanchalik taraqqiyparvar va zarur bo‘lsa, bizning bugungi kunimizda ham u o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona “nafaqat so‘z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim” ekanligini ta’kidlaydi.
    Demak, ota-ona bola tarbiyasida nafaqat so‘zdan balki amaliy faoliyatda ham o‘zi o‘rnak bo‘lish orqali tarbiyalasa maqsadga muvofiq bo‘lishini mutafakkirimiz ta’kidlab o‘tganlar. Hozirgi kunda yurtimizda kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimiz, yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng ko‘lamli sharoitlar, bularning barchasi bizning ertamiz bo‘lgan yoshlarni tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishimizni talab etadi. Hozirgi kunda dunyo xalqlarini sarosimaga solib turgan COVID19 pandemiyasi yoshlar ruxiyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatayotgan bir pallada, farzandlaringizda uni enga olish immunitetini siz o‘z oilangizda shakillantirishga harakat qiling.
    Buning uchun siz farzandingizni kitobga oshno qilishga harakat qilib ko‘ring, o‘ylaymanki albatta samarali natijaga ega bo‘lasiz. Hurmatli ota-onalar sizlarga shuni aytmoqchimanki o‘smir yoshidagi farzandlaringiz bilan uni shaxsini taxqirlovchi so‘zlardan iloji boricha foydalanmasdan, uning ruhiyatiga yaqin bo‘lgan o‘rtoqlarcha munosabat usulidan foydalaning. Agar kerak bo‘lsa sizning farzandingiz yoshidalik vaqtingizda qilgan orzularingiz ularni qanchasi ushaldi, qanchasi sarob bo‘lib qoldi, qilgan xato kamchiliklaringizni asta qog‘ozga o‘rab so‘zlab berish orqali farzandingiz ruhiyatiga kirib borishingiz mumkin bo‘ladi.
    Bunda siz o‘zingizni juda ko‘klarga ko‘tarib maqtab yubormang. Farzandingiz bilan iloji boricha bir kunda bir -bir yarim soat turli mavzularda suhbatlashib turish uni sizga bo‘lgan mehr – muhabbatini oshishiga o‘zini qiynayotgan muammolari bilan o‘rtoqlashishiga yo‘l ochadi. Siz sabrli bo‘ling u sizdan nimanidir yashirayotganligini sezsangiz u nima ekanini talab qilib aytib berishiga majbur qilmang. Bu o‘rinda sizning yoshligingizda kechgan qiziq voqealarni aytib berish, o‘qigan kitoblaringizdagi qiziq voqealar haqida qisman so‘zlab berish orqali uning sirlarini bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Siz farzandingizga uni yaxshi ko‘rishingzni, kelajakda siz uni qanday inson bo‘lishini orzu qilishingiz haqida vaqti -vaqti bilan eslatib turishingiz, unda ota-ona oldidagi mas’luliyatni sezish hissini tarbiyalanishiga turtki bo‘ladi.
    Xulosa qiladigan bo‘lsak tarbiyada- shaxsiy namuna muhim o‘rin tutadi, xalqimiz bekorga “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deb bekorga aytmagan.Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob'ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
    Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur»20. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘lik.
    O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e'tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘qrisida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
    Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.



    Download 46,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 46,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher Navoiy bola tarbiyasi xususida

    Download 46,63 Kb.