I-BOB. ALISHER NAVOIY ASARLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI




Download 46,63 Kb.
bet3/10
Sana30.05.2024
Hajmi46,63 Kb.
#257419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NARBO‘TAYEV SAXOB ABDURAZAKOVICH

I-BOB. ALISHER NAVOIY ASARLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
1.1. Navoiy asarlarida sog'lom bola tarbiyasi haqida.
Prezidentimiz tomonidan 2016-yil “Sog‘lom ona va sog‘lom bola” yili deb e’lon qilinishi bejiz emas. Albatta, sog‘lom farzand kamoli yurt kelajagini belgilaydi. Oilada sog‘lom muhit yaratish, ham jismonan, ham ma’nan sog'lom farzandni voyaga yetkazish, jamiyatga yetuk, komil insonni tarbiyalab berish buyuk Navoiy ijodining ham bosh g'oyalaridan biri edi.
1Mashhur “Farhod va Shirin” dostonidagi shahzoda va hoqon munosabatini eslasak, shoh hayot bo'la turib, taxtni o‘g‘liga in’om etmoqchi. Bu taklif to‘g‘ridan to‘g'ri emas, navoiyona iltifot, navoiyona izzat-ikrom bilan izhor qilinadi.
Atoki sen kibi farzandi bo‘lg‘ay,
Hayoti naxlining payvandi bo‘lg‘ay.
O'lim vaqti yetishgach, g ‘am yegaymu,
Agarchi o is a ham o ‘ldum degaymu?
Darhaqiqat, “hayoti naxlining payvandi” tarbiyasidan ko'ngli to'lgan ota o‘lim yetganda g‘am yeyishi mumkin emas. Xuddi shunday ko‘ngil to‘lishi uchun bola ma’naviy sog'lom etib tarbiyalanishi kerak, - deydi ulug‘ shoir.
Farzand tarbiyasida ota-ona har tomonlama o‘rnak bo‘lishi kerakligini nazardan chetda qoldirmaydi. “Atoliq ham, og‘ullik ham qil em di” degan rad etib bo‘lmaydigan taklifga javob berish uchun Navoiyga xos zarofat va topqirlik misralarga ohor bag‘ishlaydi.
Kichiklarga kichikdur umr asosi,
Ulug'larga ulug‘roqdur qiyosi.
Farhod temuriy shahzodalar kabi nega jon-jahdi bilan toj-u taxt talashmadi? Masalaning mana shu tomoni e’tiborga molik. Navoiy shoh va shahzodalik munosabati ota va o‘gillik asosida qurilmog‘i kerakligini ta’kidlamoqchi. Otaning farzandga berayotgan tarbiyasi, ko‘rsatayotgan o‘rnagi farzand kamolida asosiy o‘rin tutishini isbotlamoqchi.
Muomala madaniyati, ish yuritish odobi, katta va kichiklarga ko'rsatgan ehtiromi farzandga namuna. Qush uyasida ko‘rganini qiladi.
Tabiiyki, balog‘at yoshiga yetayotgan bola hayotdan o‘z idealini izlay boshlaydi. Shu davrda bola idealini ko'chadan emas, o ‘z ota-onasidan topishi kerak, demoqchi Navoiy.
Sog'lom muhit va e'tiborda o‘sgan farzand barcha yaxshi fazilatlami o‘zida jo eta bildi. Ayniqsa, muomala madaniyati unda yuksak. Taxtni rad etish niyatini, taqdiridagi ishq dardini oshkor ayta olmaydi. O‘zining yoshligi, hayotiy tajribaga ega emasligini ro‘kach qiladi. Navoiy shu o ‘rinda pashsha yuz yil yashasa ham fil bo'la olmasligi, quyosh yuzini berkitsa, minglab zarralar uning o'rnini bosa olmasligi kabi bir qator tashbehlardan o ‘rinli va unumli foydalanib oiladagi ota-onaning o‘rnini bir necha daraja yuqoriga ko‘taradi.
2Adabiyotda shunday shaxslar borki, ular hech qaysi zamonda ham unutilmaydi. Shunday noyob asarlar ham bo‘ladiki, necha ming yillar o‘tsa-da, o‘zining qadr-qimmatini va obro'ini yo ‘qotmaydi. Millatimizning dong‘ini butun dunyoga tarannum etgan shaxslar esa xalq qalbidan abadiy joy oladi. Ana shunday ulug‘ shaxslardan biri, o ‘zbek adabiyotining asoschisi, g ‘azal mulkining sultoni, ilm-u m a’rifat kuychisi, mutafaklcir Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir.
3Alisher Navoiy milliy adabiyotimiz-ning tengsiz namoyondasi sifatida o ‘zbek xalqining g‘ururi, shon-shuhratini dunyoga tarannum qila olgan favqulodda iste’dod sohibidir.Navoiy asarlarining buyukligi siri nimada? Barchamizga ma’lumki, har bir jamiyatda ham, millatda ham hozirga qadar dolzarbligicha qolayotgan, hech qanday qonun-qoidalarga itoat etmaydigan shunday masalalar borki, ular butun dunyo uchun mushtarakdir. Bulardan biri inson va insoniylik masalasi sanaladi. Ulug‘ shoirning ham yutug'i shundadir balki. Chunki unda har bir savolga o‘rinli javob bor. Navoiyning nafaqat asarlari balki hayotiy faoliyati ham har bir yosh uchun ibrat bo‘lgulikdir.
Alisher Navoiy, eng avvalo, adabiyot atalmish muhtasham, bir qadar zalvorli va ma’suliyatli dargohga shoir sifatida kirib keldi va bu oshyonda o‘z she’riyat saroyini barpo etdi, g‘azal mulkining sultoniga aylandi. Keyinchalik esa davlat va jamoatning g ‘am xo‘r va adolatparvar arbobi, xalqning suyanchi sifatida tanildi. Navoiy o ‘z asarlarida xalqni bilimli, madaniyatli ko'rish ruhini aks ettirgan holda qalam tebratdi. U insonlardagi oliyjanoblik, saxiylik, mehnatkashlik, samimiyat, sevgi-sadoqat, fidoiylik, insonparvarlik, odob-axloq tuyg‘ularini ulug'ladi. U umrining oxiriga qadar xalq manfaati, mamlakat osoyishtaligi, yurt tinchligi yo'lida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Hech qachon adolatsizliklarning tomoshabini bo‘lmadi.
Aksincha, o‘z asarlari, qilgan amallari bilan insondagi eng nobop illatlarni yo ‘qotishga, millat ong-u shuurini ma’rifat shu’lasi ila munavvar etishga harakat qildi. Bu yo‘lda aslo tinim bilmadi. Buyuk mutafakkir yaratgan o'lmas asarlar millat taqdiri, yurt qayg‘usi, obodonlashtirish ishlari, ilm, san’at, madaniyatni rivojlantirish, Vatanga sadoqat, axloqiy yuksaklik, komillikka intilish, go‘zallik, mehr-shavqat, ijtimoiy adolat uchun kurash, ilohiy muhabbat tasnifi keltirilgan va ana shunday pok g ‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan. Birgina misol. O'zbekiston Milliy bog'ida qad rostlagan Navoiyning ulug‘vor haykali peshtoqida turli xil tillarda quyidagi bayt bitilgan:
Olam ahli, bilingiz kim ish emas dushm anlig'
Yor o ‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig' ish.
Sezib turganingizdek, Navoiy asarlari hech bir zamon va makonda o‘z ma'no xususiyatini aslo yo'qotmaydi. Yillar o‘tgani sayin bu asarlar qimmati yanada oshib boraveradi. Navoiy insoniyatni chambarchas bog'liq deb bildi. Agar bir insonga shikast yetsa, boshqalarmi ham parokandalikka olib kelishini angladi. Barcha muammolar yechimi hamkorlikda deb hisobladi.Bugun tinchlik va osoyishtalik suv va havodek zarur bo‘lib turgan, turli mamlakatlarda, millatlarda nizolar, taloto‘plar, xunrezliklar hamon sodir bo‘lib turgan bir vaziyatda, yuqorida keltirilgan bayt go‘yoki bizni, barchamizni ogohlikka, hushyorlikka, birdamlikka chorlayotgan shiordek jaranglaydi go‘yo. Agar shoir asarlarini varaqlasak, deyarli har sahifasida xalq, el, ulus, jamiyat, yurt degan so‘zlar mehr-muruvvat, oqibat tushunchalari bilan uzviy ravishda chambarchas bog‘lanib ketganini ko‘rishimiz mumkin. Ulug' shoirning fikricha, insondan ulug‘ mavjudot yo‘q.
Mutafakkir o‘zining “Hayrat ul-abror” dostonida insonni xilqatning toji, butun olam mehvari sifatida tasvirlaydi. Inson, uning qadr-qimmati necha asrlarki butun adabiyotimizning jon tomirlaridan biri bo'lib kelgan. Har qaysi millat adabiyotida ham bu masalaga birdek qaraladi.
Bu gulshan ichraki yo‘qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot,
deb yozadi ulug' Navoiy.
Adabiyot hayot foniyligini, umr o‘tkinchiligini inkor emaydi. Aksincha, hayotga real yondashishni talab qiladi. Ulug‘ shoiming fard-muammosida bayon etilganidek, bu hayot bo‘stonidagi har bir gul ertami-kechmi so‘ladi.Vaqt juda shafqatsizdir. Uning o ‘z qonuniyatlari mavjud. Inson umri bir kiprik qoqqulik lahzaga to‘g‘ri keladi aslida. Barchaga hayot atalmish ne’mat tortiq etiladi. Ammo hamma bunda o ‘z bilganicha umrguzaronlik qiladi. Kimdir ezgulikka, yana kimdir yovuzlikka xizmat qiladi. Yashnab turgan chechakning xazonga aylanishi ham, inson qilgan yaxshi amallari, chiqargan yaxshi oti tufayli insonlar qalbida abadiy yashab qolishi ham oniy lahzalarda yuz beradi va hammasi insonning o‘ziga bog‘liq.
Navoiyning ta’kidlashicha, odob odamnig olijanob fazilatlaridan biridir. Injiq, yalqov, yomon xulqli bolalarni ham tarbiya va o‘qitish yo‘li bilan tuzatish mumkinligini, lekin xalqqa zarar yetkazuvchi fosiqlarni tarbiya yo'li bilan tuzatib bolmasligini aytadi. Ulug‘ mutafakkir asarlarida ehson va saxiylik mavzulariga tez-tez murojaat qiladi. ’’Ehson degan sifatni abadiy saodat bil, kishilik bog‘ining ko‘ngilga yoqar daraxti ehsondir. Saxiylik esa kishilar bog'ining hosildor daraxtidir, balki daraxtningshirin mevasidir, odamgarchilik o‘lkasining to'lqinli daryosi, balki u to‘lqinli daryoning asl gavharidir ”, - deb ta’kidlaydi.Shoir o‘z faoliyati davomida xalq va vatan taraqqiyoti, mamlakat osoyishtaligi, madaniyat va ma’rifat rivoji uchun yoshlarning ma’rifatli bo'lishi o‘ta muhim ekanligini aytadi.
Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida ota-onaning farzand oldidagi burch va vazifalari xususida to‘xtalib, avvalo, farzandga yaxshi ism qo‘yish, yaxshi ustoz qo'liga topshirish, bor kuch-qudratini farzandining inson bo‘lishi uchun sarflamog‘i lozimligini aytadi.Shoirning qaysi bir asarini mutolaa qilmaylik, yurt tinchligi, mamlakat obodligi, insoniy buyuk tuyg‘ular, ezgu fazilatlar, obodonchilik va bunyodkorlik haqidagi fikrlar o ‘z ifodasini topadi.
Yoshlarni bilim olishga, mehnat qilishga undaydi. Barkamollikka erishish va buning uchun yoshlikdan bilim olishga chorlaydi. Bola tarbiyasida, uning kelajagi uchun ota-ona mas’ul ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi va ota-onani oy va quyoshga o‘xshatadi. Navoiy insonni ta’riflashga kirishar ekan, o‘z maqsadini ifodalash uchun birorta unsurni chetda qoldirmaydi. Inson qalbini bir buyuk olam deb ataydi. Shaxs kamoloti uchun, avvalo insonning o ‘zi, keyin ota-ona va ustozlar, qolaversa, barchamiz mas’ul ekanligimizni aytadi.
Xullas, Navoiyning ibratli hayoti, benazir ijodi yoshlar ma’naviyatini boyitish, ulaming porloq kelajagi uchun zamin yaratish, ularni tarbiyalashdek ulkan vazifalarni ado etishda muhim dasturil amal bo‘lishi shubhasiz.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, buyuk Navoiy asarlariga takror va takror murojaat etishimiz, farzandlarimizga o ‘qittirishimiz bolalarimizni ham ruhiy, ham ma’naviy sog‘lom qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 46,63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 46,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. ALISHER NAVOIY ASARLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Download 46,63 Kb.