Alisher Navoiy asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari




Download 46,63 Kb.
bet4/10
Sana30.05.2024
Hajmi46,63 Kb.
#257419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NARBO‘TAYEV SAXOB ABDURAZAKOVICH

1.2. Alisher Navoiy asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari

Oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri, soʻz mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan. U insonlardagi mehr-muhabbat , insonparvarlik, vatanparvarlik va ilmga boʻlgan muhabbatga yuksak ehtirom bilan qaragan.


Zotan, bashariyat uchun butun ilmini bagʻishlagan ulugʻ inson sifatida bugun uning har bir misrasi bebaho gavharga teng desak mubolagʻa boʻlmaydi. Adabiyotni bir hovuz desak, Navoiy uning qa’ridagi eng durdona injularni tera bilgan ma’rifat egasi hisoblanadi.
Yuksak ma’rifat egasi Alisher Navoiy oʻzining bir qancha asarlarini ta’lim-tarbiyaga bagʻishlagan. Insonlarni insonparvarlikka, ilm-ma’rifatli boʻlishga chaqirgan.
Shuningdek, uning oʻzi ham shu yoʻlda tinimsiz zahmatlar chekib, yoshlarning ta’lim olishi uchun qator chora-tadbirlar ishlab chiqqan. Uning asarlarida ufurib turgan ma’no shu qadar serjiloki, ular bugungi kunga qadar oʻz qimmatini yoʻqotgan emas. U qoʻliga qalam olar ekan, insoniylik sharafi hamda masʼuliyati haqida soʻz yuritdi.
Navoiyning fikricha, barqaror davlat va namunali jamiyatni qurishda mukammal axloq egasi boʻlgan yoshlarning oʻrni beqiyos. Shuning uchun u oʻz zamonasining ilmga, hunarga intiluvchan yoshlarini nihoyatda ardoqlar edi.Navoiy tasviridagi Shirin ham har jihatdan goʻzal inson. Uning maʼnaviy dunyosi va uni oʻrab turgan muhit Farhodga mos, goʻzal va yuksak darajada. Shoir bu ikki badiiy timsol misolida ham oʻz davri uchun, ham oʻzidan keyingi barcha davrlar uchun ibrat boʻla oladigan komil insonlar tasvirini yaratdi. Allomaning fikricha, bu insonlarni ilm kamolot darajasiga yetkazgan.
Shoir bu tushunchani juda keng ifodalaydi. Uning nazdida ishq insonlarga, kasb-korga, ota-onaga, doʻstga nisbatan boʻlishi mumkin.“Hayrat ul-abror” asarining bir necha boblari odob-axloq va taʼlim-tarbiya masalasiga bagʻishlangan.
Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulugʻlab, taʼlim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning bu maqolotida bola tarbiyasi, uni oʻstirish, oʻqitish va balogʻatga yetkazish hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli boʻlishga chaqiradi. Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini taʼkidlaydi:
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,
Endiki ilm oʻldi amal aylagil.
Bizga ma’lumki, demokratiya, so‘z erkinligini ko‘pincha G‘arb mamlakatlarining mevasi, deb taqdim etadilar. Haqqoniy , xolis axborotning ahamiyati haqida «Sen shohsen –agar ogohsen, agar ogohsen shohsen sen», deb bundan besh yuz yil oldin xitob qilgan Alisher Navoiy chin ma’noda Demokrat edi.
Shoirning fikricha, insonning qadr-qimmati uning mol-mulki bilan emas, balki ma’naviy qiyofasi, axloqiy sifatlari bilan o‘lchanadi. Navoiy falsafasida siyosiy nazariya (ideal davlat qurish) va axloqiy nazariya (komil inson ta’limoti) uzviy bog‘liqlikda ifodalanadi. Ijtimoiy-siyosiy masalada shoir gumanistik ta’limotni yaratdi: shohni bog‘bonga, mamlakatni bog‘ga qiyosladi, unga ko‘ra, bog‘bon oqil, mehnatsevar bo‘lsa, bog‘i gullab yashnaydi, podshoh ma’rifatli, bilimdon, adolatparvar bo‘lsa, xalqini sevsa, mamlakati obod bo‘ladi!
Buyuk shoirning ma’naviyatimiz uchun qo‘shgan olamshumul hissasi jasorat namunasi edi. Shul bois, Zahiriddin Muhammad Bobur “Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”, deb e’tirof etadi.Alisher Navoiyning ulug‘ siymosi ul zotning ruhoniyati, benazir shaxsiyati va so‘zni san’at darajasiga ko‘targan ijodkor ekanligi bilan belgilanadi. Uning shu zamonda –yangi asrda ham zamonaviy shoir sifatida yodga olinayotgani behikmat bo‘lmasa kerak”.
Darhaqiqat, Navoiy asarlaridagi halollik va pokdomonlik mohiyati, milliy o‘zlik tuyg‘usi va falsafiy tushunchalar yangi asrda ham mudom insoniyatni ogohlikka chorlamoqda:
Demonkim ko‘ngli pok-u ham ko‘zi pok
Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok.
Dedi: Har ishki qilmish odamizod
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Allomaning inson haqidagi diniy-ilohiy qarashlari islomiy tamoyillar ta’sirida shakllangan. U insoniyatni komillik saodati sari chorlar ekan, uning ma’naviyati, tafakkuri, odobi va axloqiy go‘zalligiga alohida e’tibor beradi.
Hazrat Navoiy iymonli bo‘lishni insoniylikning eng birinchi va eng asosiy belgisi deb hisoblaydi.
Alisher Navoiy asarlarida ilm odobi, jamiyat boshqaruv odobi, adolatli boshliq odobi masalalari yuqori o’rinda turgan. Ta’lim jarayonida Navoiy asarlaridan foydalanish natijasida talabalarda barcha ijobiy axloqiy fazilatlar yuksaltirish mumkin.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, Hazrat Alisher Navoiy bugungi kun hayotini ham marvarid durdonalari bilan boyitmoqda. Uning asarlari har bir adabiyotga oshno qalb uchun adabiyot bulogʻining sarchasmasi boʻlib qolaveradi.

Download 46,63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 46,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher Navoiy asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari

Download 46,63 Kb.