86
Sistematikasi Xordalilar tipi -chordata
Boshskeletsizlar kenja tipi - Acrania
Xordaboshlilar sinfi - Cephalochordata
Lansetniksimonlar sinfi - Branchiostomoidae
Lansetnik urug’i -Branchiostoma
Vakil odatdagi lansetnik -Branchiostoma lanceolatus
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Nima uchun lansetnik deb nom berilgan?
2.
Teri qoplami qanday tuzilgan?
3.
Gesse ko’zchasi nima vazifani bajaradi?
4.
Endostil halkumning qaysi qismida yotadi?
5.
Qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
6. Lansetnikning embrional rivojlanishini birinchi bo’lib kim
o’rgangan?
17-M A SH G’ U L O T TIP XORDALILAR - CHORDATA KENJA TIP -LICHINKAXORDALILAR - UROCHORDATA YOKI PARDALILAR - TUNIKATA VAKIL: ASSIDIYA - ASCIDIA Darsning maqsadi: Assidiya va appendikulyariya misolida
lichinkaxordalilarning morfofiziologik tuzilishi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: Assidia
va
appendikuiyarialarning
hul
preparatlari,lupa,mikroskop
Vazifa 1. Assidiya (Ascidia mentula) misolida lichinka xordalilar (urochordata)
ning tuzilishining xarakterli xususiyatlari bilan tanishib chiqish.
Assidiya va uning lichinkasining bo’ylama kesimining rasmini chizish.
87
Tashqi ko’rinishi: Tanasi qalin qobik (tunika) bilan o’ralgan
xaltasimon ko’rinishda. Tashqi muhit bilan 2 ta keng nay - sifon bilan
bog’langan. Biridan suv kiradi, ikkinchisidan chiqadi. Tanasining
kattaligi odatda bir necha santimetr.