VAKIL - LANSETNIK - BRANCHIASTOMA LANCEOLATUS Darsning maqsadi: Lansetnikning ho’l preparati, ko’ndalang
kesimi va uning tashqi va ichki organlari tasviri aks ettirilgan ashyolar,
jadvallar yordamida tashqi va ichki tuzilishini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Lansetnikning tashqi ko’rinishi va ichki
organlarining joylanishini ifodalovchi jadvallar, lansetniknig halqum
atrofidan, ichak atrofining ko’ndalang kesimidan tayyorlangan
preparatlar, lupa, biologik mikroskop
Vazifa. 1) Lansetnik (branchiastoma lanceolatum) misolida bosh skeletsizlar
(Acrania) ning tuzilishidagi xarakterli xususiyatlari bilan tanishib
chiqish. Lansetnikning bo’ylama va ko’ndalang kesimlarini mikroskop
ostida kuzatish va rasmini chizish.
.
Tashqi ko’rinishi: Bir necha (5-7) santimetr kattalikdagi uzunchoq,
ikki yon tomonidan xiyol yassilangan, ikki uchi o’tkirlashgan hayvon
bo’lib hisoblanadi. Tanasining olingi tomoni orqasiga nisbatan enliroq,
boshi yaqqol ajralmagan. Yelkasi bo’ylab, dumi atrofida suzgich
burmalar hosil bo’lgan. Orqa qismi jarrohlar pichog’iga o’xshash,
shuning uchun lansetnik deb nom olgan. Og’iz oldi voronkasi oxirida,
gavda pastki bo’lagining 2 yon tomonida bir-biriga parallel o’rnashgan
ikkita metaplevral burma bor, burmalar gavdaning orqa uchiga ancha
yaqinroq qismida bir-biriga qo’shilib ketgan. Shu burmalar qo’shilgan
yerida jabra oldi bushlig’i atreal bushliq - atreal teshik yoki atriapor bor.
83
Atriapordan uzokrokda va gavdaning bir oz chaproq tomonida orqa
chiqaruv teshigi joylashgan.
Teri qoplagichi: Ikkita asosiy sirtqi epidermis va uning tagidagi
korium qavatidan iborat. Ammo epidermis 1 qavatdan korium
yopishqoq to’qimadan iborat.