• Nerv sistemasi
  • Ovqat hazm kilish va nafas olish organlari.
  • Tana bushlig’i
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Muskul sistemasi:
    miomerlardan - oldingi uchidan to oxirigacha 
    joylashgan muskul segmentlaridan iborat. Miomerlar bir-biridan 
    mioseptalar bilan ajralgan. Qorin qismida yassi muskullar joylashgan. 
    Skeleti:
    Asosan yelka toridan - xordadan tashkil topgan.Xordaning 
    ikkala uchi xam ingichkalashgan bo’lib, tanasining boshidan oxirigacha 
    yetgan. Xordani ustki tomondan biriktiruvchi to’qima o’rab turadi,
    uning bir qancha o’simtalari mioseptalar va teri ostidagi biriktiruvchi 
    to’qimali qavat bilan bog’lagan.
    Nerv sistemasi : 
    Qalin devori bo’ylama naydan iborat bo’lib , 
    xordaning ustki tomonida joylashgan. Nerv nayning boshidan oxirigacha 
    yorug’lik sezuvchi - gyosse ko’zchasi tarqalgan. Har bir gyosse 
    ko’zchasi yorug’lik sezuvchi hujayralardan iborat bo’lib, bir uchi 
    kosasimon pigment hujayraga botib turadi. Nerv nayning oldingi uchida 
    nisbatan katta yorug’lik sezuvchi dog’ "toq ko’zcha" bor. U 
    mikroskopda ko’rilganda qizil dog’ sifatida ko’rinadi.Ko’ndalang 
    kesilgan nerv nayi deyarlik uchburchak shaklida bo’lib, markazida nerv 
    nayining ichki bo’shlig’i - nevrosel ko’rinib turadi. Gyosse ko’zlari shu 
    nevrosel atrofida joylashgan. 
    Ovqat hazm kilish va nafas olish organlari. 
    Og’iz oldi 
    voronkasining tagida halqumga ochiladigan og’iz teshigi bo’lib, u halka 
    parda - yelka bilan o’ralgan. Katta halkumda qiya o’rnashgan (100 dan 
    ortiq) jabra yoriklari bo’lib,ular bir-biridan jabra to’siqlari orqali 
    ajralgan. Odatda jabra yoriqlari bevosita tashqariga emas, balki jabra 
    oldi bo’shlig’iga ochiladi. 
    Atrial bo’shliq halkumni yonbosh va pastki tomondan o’rab olgan 
    bulib, u artropor deb ataladigan teshik orqali tashqi muhit bilan 
    bog’langan. Og’iz teshigi orqali halqumga kirgan suv, jabra yoriqlari 
    orqali o’tib, atrial bo’shliqqa tushadi va artropor orqali tashqariga 
    chiqadi. Halqumning ostki qismida bezli egatcha -endostil yotadi. Ovqat 
    zarralari qum ostiga cho’kib, endostil hujayralardan chiqqan 
    shilimshiqqa yopishadi va shu shilimshiq bilan birga ichakka o’tadi. 
    Halqum birdaniga keskin torayib, kalta ichakka aylanadi. Ichakning 


    84 
    keyingi uchida alohida anal teshigi bo’lib, u tashqariga ochiladi. Xaqiqiy 
    ichakning oldingi qismining pastki tomonida - jigar joylashgan. 
    Tana bushlig’i
    . Lansetnikda xam ikkinchi tana bushlig’i - selom 
    bo’ladi, ammo atrealning kuchli rivojlanganligi sababli uning hajmi 
    kichik. Odatda ularning selomi tanasining keyingi qismida yaxshi 
    taraqqiy etgan, tana devori bilan ichak orasidagi bo’shliqning hammasini 
    egallaydi. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish