Nerv sistemasi – barcha bo‘g‘im oyoqlaridagi kabi qorin – nerv zanjiri
shaklida bo‘lib, ba’zi turlarida juda yuqori darajada rivojlangan va takomillashgan
bo‘lishi mumkin. Bularda bosh miya juda yaxshi taraqqiy etgan undan tashqari
tomoq osti va ko‘krak nerv tugunlari ham ancha takomillashgan. Sezgi organlari
yaxshi taraqqiy etgan (mexanik taa’surotlarni sezuvchi, ximiyaviy va boshqa
taa’surotlarni sezuvchi retseptorlar bor).
Nafas olish organlari – bo‘lib tanada tarmoqlanib ketgan traxeyalar xizmat
qiladi. Traxeyalarda diffuziya yo‘li bilan gaz almashinadi. Traxeyalar qon
tomirlardagi qonni oksidlash bilan bir vaqtida, yana kisloroni o‘z tarmoqlari orqali
bevosita to‘qimalariga ham olib boradilar.
Qon aylanish sistemasi – ochiq, yuragi trubkasimon bo‘lib, elka tomonida
ichak nayining ustida joylashgan. YUrak bir necha (odatda 8) kameraga bo‘lingan
bo‘lib ular klapanlar bilan ta’minlangan, keyingi uchi berk. Oldingi tomonidan
aorta chiqadi.
Gemalimfa (qonning) asosiy funksiyasi to‘qimalarni ozuqa bilan ta’minlash
va parchalanish maxsulotlarini olib ketish, nafas olish protsessida gemalimfaning
axamiyati u qadar katta emas.
Jinsiy sistemasi va rivojlanishi Hasharotlar ayrim jinsli hayvonlar
ko‘pchiligida jinsiy dimorfizm aniq ko‘rinib turadi. (erkaklari kichik, rangli,
qo‘shimcha organlar va o‘simtalarning bo‘lishi) jinsiy organlari har ikala jinsda
ham juft. Rivojlanishi to‘liq yoki chala metamorfoz yo‘li bilan kechadi.
To‘liq metamorfozda tuxum, lichinka, g‘umbak va imago (voyaga etgan)
stadiyalari bo‘ladi. CHala metamorfoz vaqtida lichinka umumiy ko‘rinish jihatdan
katta organizmga o‘xshaydi. Lekin unda jinsiy dimorfizm belgilarning
80
rivojlanmagani va bir qancha lichinkaviy organlarning bo‘lishligi bilan farq qiladi.
CHala metamarfoz vaqtida lichinka keskin o‘zgarishsiz imagoga aylanadi.