72
38-rasm. Qoraqurtning umumiy ko’rinishi.
Urg‘ochi qoraqurtning bosh – ko‘kragi va duxobaga o‘xshagan qora
yumaloq qorni bor. Qornining ustki tomonida qizil yoki oqish dog‘lar bo‘ladi.
Kattaligi 1sm – dan kattaroq. Erkagi urg‘ochisidan 3-4
marotaba kichik va qorni
ensiz uzunchoq bo‘lib, bosh – ko‘krak qismining eniga to‘g‘ri keladi.
Urg‘ochi qoraqurtlar voyaga etganda o‘zi ishlab chiqqan tolalardan yasagan
voronkasimon uyada yashaydi. Erkak qoraqurtlar urg‘ochisini qidirib yurganda
oiqlanmaydi. Urg‘ochi qoraqurtlarning urug‘lanishi iyun-iyul oylarida kuzatiladi.
Qo‘shilishgandan keyin erkaklarini urg‘ochilari yeb qo‘yadi,
qochib qutilgan
erkaklari esa sal vaqtdan keyin o‘ladi. Urug‘langan urg‘ochilari yangi joyga
ko‘chib o‘tib uzlariga uya yasaydilar. Bu erda ular
tuxum quyib ularni pillaga
o‘raydilar. Tuxum qo‘yish Sentyabr oyigacha davom qiladi. tuxumdan chiqqan
yosh qoraqurtlar pilla ichida qishlaydi. Aprel oyida
yosh qoraqurtlar pilladan
chiqadi va 8 marotaba tullab voyaga etadi. Qoraqurtlar 7 marotaba tulagandan
keyingi davrda kuchli zaharli bo‘ladi. Bunday holat qoraqurtlar asosan may – iyul
oylarida kuzatiladi.
Tarantul
– Lurosa singoriensis Evropani
markaziy va janubiy qismi
Markaziy Osiyoda tarqalgan. Zaharining kuchi qoraqurtnikiga qaraganda ancha
kuchsiz. Zahari odamda kuchli og‘riq chaqirishi mumkin.
Tarantul MDH da tarqalgan urgimchaklarning eng yiriklaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Gavdasining kattaligi 3-4 sm bo‘ladi. Bu urgimchakning ustki tomoni
kulrang qung‘ir,
pastki tomoni qora, oyoqlarida esa sarg‘ich ko‘ndalang yo‘llar
bo‘ladi. Tanasi, ayniqsa oyoqlari biroz tuklar bilan qoplangan. Odatda 60 smgacha
uzunlikdagi vertikal kavlangan uyalarda yashaydilar. Kechalari ovga chiqadi.
Ko‘plab zararkunanda xasharotlarni qirib yuboradi. Urg‘ochilari 100 dan to 400
gacha tuxum qo‘yadi. Baxorda undan bolalar chiqadi. Urg‘ochilari bir necha vaqt
73
bolalarini oyog‘iga yopishtirib yuradi.
MDH ni janubiy qismida tirik o‘rgimchaksimonlardan falanga – Jaleodes
araneudes (biy, ba’zibir joylarda buzoqbosh deydilar) tarqalgan bo‘lib gavdasining
kattaligi 7 sm gacha yetadi. Boshqa o‘rgimchaklardan tanasining qo‘ng‘ir
sariq
tuklar bilan qalin qoplanganligi va pedipalpalari ham yurish vazifasini bajarish
bilan ajralib turadi. O‘zi zaharli emas. Umurtqasizlar
hamda mayda umurtqali
hayvonlar bilan oziqlanadi. Xelitseralari juda kuchli. “Tish” larining orasida
qolgan ovqat qoldiqlari chirishi natijasida ba’zan “o‘lik zahri” hosil bo‘ladi. Shuni
uchun ham ba’zan falanga chaqqan vaqtda “Maxalliy” (chaqilgan joyni) zaharlash.
Hodisalari bo‘lib turadi.