74
chiqadi.
-
39-rasm. Qichima kana va uning tarqqiyoti:
a) tashqi tuzilishi, b-v) qichima kana bilan zararlangan teri:
1-epidermis; 2-qichima kananing erkagi; 3-tuxum; 4-qichima kananing urg‘ochisi;
g) bezdagi kanalar; d) yog‘ bezlari yo‘lidagi kanalar: 1-soch; 2-kana; 3-yog‘ bezi;
4-jun piyozchasi.
Qichitma kanani odamda (Sarcoptes scobiei) chuchqada (sarcoptes suis) va
boshqa xayvonlarda parazitlik qiluvchi turlari ma’lum.
Qishloq ho‘jalik va meditsina nuqtai nazaridan diqqatga sazovor kanalardan
yaylov kanalarini ko‘rsatsa bo‘ladi. Bu kanalar odatda ektoparazitlik qilib hayot
kechiradilar va ko‘pincha xavfli infeksion va invazion kasalliklari yuqtiradilar.
Jumladan tepkili va qaytalama, ensefalit (miya zotiljami). Tulyaremiya, va har xil
gemosporidiozlarini yuqtiradilar.
Bularga tipik vakili sifatida gialomma – Hualomma anatolicum bilan
tanishib chiqsak bo‘ladi.
Gialomma er yuzida keng tarqalgan voyaga
etgan hayvonlarda bosh
ko‘kragi bilan qorni qo‘shilib ketgan. Ustidan qaraganda “boshi” ko‘rinib turadi.
Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi taraqqiy etgan. Urg‘ochisi och rangli. Uning dorzal
(elka) qalqonchasi gavdani faqat oldingi qisminigina qoplaydi. Kana qon surganda
faqat tanasining qalqonsiz qismi shishadi. Erkaklarida dorzal qalqoncha
gavdasining ko‘p qismini qoplab turadi. Faqat tanasining atrofida ozgina joy
qalqon bilan qoplanmagan rang hosil qiladi. Och urg‘ochi kana 4x3 mm, to‘ygani
75
11x7mm kattalikda bo‘ladi. O‘sayotgan erkak kananing kattaligi 2,5x1,5mm dan
oshmaydi. Qon so‘rib tuygan urg‘ochi kanalar erga
tushib xaslar orasiga tuxum
quyadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar kaltak kesaklar, qushlar va mayda sut
emizuvchi xayvonlarni qonini so‘radilar, tuygan lichinka
tuproqqa kirib ketadilar
va tulab nimfaga aylanadilar. Nimfalar endi kattaroq hayvonlarga xujum qiladilar
va ularni qonini so‘rib olganda keyin yana bir marotaba tulab voyaga etgan kanaga
aylanadi. Voyaga etgan kanna imago deb ataladi. Kanalar hayvonlarda parazitlik
qilish xususiyatiga ko‘ra bir, ikki va uch xo‘jayinli bo‘ladi.
40-rasm. Yaylov kanasi-gialoma (Hyalomma detritum)
1-pedipalpa, 2-xartum, 3-ko‘z, 4-jinsiy teshik, 5-anal teshigi, 6-anal qalqon
(tangachalar) lar.
76
41-rasm. Iksod kanalar:
a) 1-lichinka; 2-nimfa; 3-voyaga etgan urg‘ochi kana (ostki tomondan ko‘rinishi);
4-urg‘ochi kanna (ustki tomondan ko‘rinishi); 5-urg‘ochi to‘q kanna (ustki
tomondan ko‘rinishi).
b) urg‘ochi kananing ichki tuzilishi: 1-xartumcha; 2-malpigiy naychalari; 3-o‘rta
ichakning ko‘r o‘simtalari; 4-o‘rta ichak; 5-traxeyalar; 6-so‘lak bezlari.
v) kanna xartumchasini xo‘jayin terisiga kirishi: 1-palpa; 2-xartumcha g‘ilofi; 3-4-
gipostom; 5-qon tomirlar; 6-to‘qima ichki suyuqligi
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
O‘rgimchaksimonlar sinfi qanday turkumlarga bulinadi?
2.
O‘rgimchaksimonlar turkumlarini asosiy
axamiyatga ega bulganlarini
ayting?
3.
O‘rgimchaksimonlarni tana qismlari va ichki tuzilishini aytib bering?
4.
O‘rgimchaksimonlar sinfning ayrish va nafas olish sistemalari qanday
tuzilgan.
5.
Akariform va parazitaforim kanalari bir - biridan farqi nimada?
6.
Kanalarni chorvachilik va meditsinada axamiyati?
7.
Kanalar orqali tarqaladigan qanday kasalliklarni bilasiz?
8.
O‘zbekiston sharoitida uchraydigan qanday chayonlarni bilasiz?
Uyga vazifa: Hasharotlar sinfini o‘qib kelish.