• Nerv sistemasi.
  • Sezgi organlari
  • Jinsiy sistemasi O‘rgimchaklar ayrim jinsli hayvonlar. Jinsiy bezlar qorin qismida joylashgan. Otalanishi ichki. Chayon
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Ajratish sistemasi:
    bir juft shoxlangan malpigiy naychalaridan iborat 
    bo‘lib, u o‘rta va keyingi ichakning chegarasiga ochiladi. Ma’pigiy naychalari uchi 
    berk naychalar shaklida bo‘lib, entodermadan kelib chiqqan. Ularning faoliyati 
    o‘rgimchaksimonlarning tanasidan suvni tejashga qaratilgan. 
    Nerv 
    sistemasi. 
    Boshdagi 
    tugunlar 
    yirik 
    va 
    o‘rta hajmdagi 
    o‘rgimchaksimonlarda yaxshi taraqqiy etgan, qorin nerv zanjirining uzun yoki 
    qisqa bo‘lishi ularning tana shakliga bog‘liq. 
    Tanasi yaxlit turlarida qorin nerv zanjiridagi tugunlar yo‘qolib, umumiy 
    massani tashkil qiladi..
    Sezgi organlari 
    O‘rgimchaksimonlarda har xil mexanik taa’ssurotlarni 
    sezuvchi tukchalar, oddiy ko‘zlar va boshqalardan iborat.
    Nafas olish organlari o‘pka va traxeyalardan iborat.
    Qon aylanish sistemasi 
    ochiq, elka tomonida yurak joylashgan bo‘lib, 
    oldingi va keyingi tomonida aortalari bor. Undan tashqari yurakda 3 juft teshik 
    (ostiya) lari bor. YUrak qisqarganida qon tana bo‘shlig‘iga o‘tadi va yurak 
    kengaygan vaqtda qon ostiyalar orqali yurakka kiradi.
    Jinsiy sistemasi
    O‘rgimchaklar ayrim jinsli hayvonlar. Jinsiy bezlar qorin 
    qismida joylashgan. Otalanishi ichki. 
    Chayon 
    - Butchus eupeus zaharli o‘rgimchaksimonlardan hisoblanadi. 
    CHayonlar Markaziy Osiyo va Kavkaz orti respublikalarida keng tarqalgan. 
    CHayonlarning tanasi bosh – ko‘krak va qorin qismdan iborat. Bosh – ko‘krakni 
    hosil qilishda 7 bo‘g‘im qatnashadi. Sirtqi tomonidan bosh – ko‘krak qismi yaxlit 
    qalqon bilan qoplangan bo‘lib, bo‘g‘imlarga bo‘lingan qorin qismidan farq 
    qiladilar. Bosh – ko‘krakda 2- ta yirik va 2-5 juft mayda oddiy ko‘zlar joylashgan. 
    Bosh – ko‘krak pastki tomonidan og‘iz teshigi va uni atrofida 1 juft xelitsera, 1 juft 


    71 
    pedipalpa joylashgan. Pedipalpaning oxirgi bo‘g‘im qisqichga aylangan. Yurish 
    oyoqlarining soni 4 juft. Qorin qismining bo‘g‘imlari geteranom bo‘lib, oldingi 7 
    ta bo‘g‘imi enlik, keyingi bo‘g‘imlari ensiz. Qorin qismi pufakchasimon telson 
    bilan tugaydi. Uni ichida tirnoqsimon o‘simtasi bo‘lib, unga zahar bezlarining yo‘li 
    ochiladi. 
    37-rasm. Chayonning umumiy ko’rinishi. 
    Oldingi qorinning keyingi to‘rt bo‘g‘imining pastki tomonida har bir 
    bo‘g‘imda 2 tadan stigma (nafas yo‘llarining teshigi ) bor.1-2 chi bo‘g‘imlarda esa 
    jinsiy teshik va uning ketida 2 ta taroqsimon o‘simta joylashgan. Taroqsimon 
    o‘simtalar tuyg‘u organi vazifasini bajaradi. 
    Chayonlar 14 - 16 tagacha tirik bola tug‘ib ko‘payadilar.

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish