63
13-M A SH G‘ U L O T
Mavzu:
Qisqichbaqasimonlar sinfi – Crustacea.
Darsning maqsadi:
Daryo qisqichbaqasi – Potomobus astacus. Dafniya -
Daphniya pulex va siklop - Cuuclops strenus misolida
tipik suvda yashovchi
bo‘g‘imoyoqlilar – jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipning tuzilishdagi xarakterli
xususiyatlari bilan tanishish
Kerakli jihozlar:
Qisqichbaqasimonlarning tashqi va ichki tuzilishini aks
ettiruvchi jadvallar, ho‘l va quruq preparatlar, mikropreparatlar, mikroskop.
V A Z I F A
1.
Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi bilan tanishib chiqish. Oyoqlarning
tuzilishi va joylashish sxemasini chizing.
2.
Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi va organlar topografiyasini o‘rganish
va sxemasini chizish.
3.
Dafniya va siklopning total preparatlarini mikroskop ostida kuzating.
Umumiy ko‘rinishini rasmini chizing.
4. Tuban qisqichbaqalar va oliy qisqichbaqalarning bir biridan farqi va iqtisodiy
ahamiyatini qisqacha yozing.
Daryo qisqichbaqasi
MHD ning deyarli hamma xududida tarqalgan.
Gavdasi geteronom bo‘g‘imlardan tashkil topgan bo‘lib, ikki qismga bo‘linadi:
yaxlit qalqon bilan qoplangan bosh – ko‘krak va harakatchan bo‘g‘imlardan tashkil
topgan qorin qismi. Bosh – ko‘krak qalqoni ikki yon tomoni bilan jabra
bo‘shlig‘ini qoplaydi. Qisqichbaqaning tanasi 20 ta bo‘g‘imdan tashkil topgan.
Shundan 5 bo‘g‘im bosh, 8 bo‘g‘im ko‘krak, 7 bo‘g‘im
qorin qismlarida
joylashgan. Oxirgi bo‘g‘im – telsondan boshqa har bir bo‘g‘imda bir juft
o‘simtalar (oyoqlar) joylashgan: 1- antenulla, 2- antennalar, 3 – yuqori jag‘, 4-5
pastki jag‘, 6,7,8- jag‘ oyoqlar yoki paypaslagich oyoqlar, 9- qisqich, 10,11,12,13-
yurish oyoqlari, 14- 19 suzgich oyoqlari. Antenna va
antennullalar sezish va hid
bilish vazifasini bajaradi. 14-15 juft oyoqlar erkaklarida yaxshi taraqqiy etgan
bo‘lib, kopulyativ organ vazifasini bajaradi. Urg‘ochilarda 14- juft oyoq kuchli
reduksiyaga uchragan. 19- juft oyoqning pallalari kuchli yassilashgan bo‘lib,
eshkak vazifasini bajaradi. Bundan tashqari qisqichbaqaning bosh tomonidagi
poyachada murakkab fasetkali ko‘z joylashgan.
Daryo qisqichbaqasining tana bo‘shlig‘i birlamchi va ikkilamchi tana
bo‘shliqlar (prototsel va selom) ning ko‘shilib ketishi natijasida hosil bo‘lgan
aralash tana bo‘shlig‘i (miksotsel) dan iborat.
Qisqichbaqaning og‘iz teshigi boshning ventral (qorin) tomonida joylashgan.
Oldingi ichagi qisqagina qizilo‘ngach va oshqozondan iborat.
Oshqozon ikki
qismdan iborat: qizilo‘ngachga yaqin bo‘lgan kardial qismining ichki yuzasidagi
64
xitinli tishlar ovqatni maydalab ezishda katta rol o‘ynaydi. Undan keyingi qismi
pilorik
oshqozon
deyiladi.
Bu
erda
ovqat
suziladi
va
siqiladi.
32-rasm. Daryo qisqichbaqasining tashqi va ichki tuzilishi
Oshqozondan keyin o‘rta ichakda ovqat hazm bo‘lib, shimiladi. Unga ovqat
hazm qilish bezi “jigar” ochiladi. Keyingi ichagi uzun va to‘g‘ri naydan iborat
bo‘lib, orqa chiqarish teshigi – anus bilan tugaydi.
Siydik ajratish organlari bir juft yaxlit organdan iborat bo‘lib, bosh
qismining oldida antennalarining asosida joylashgan. Bular antennal, ba’zan koksal
yoki yashil bezlar deb ataladi. Siydik chiqarish yo‘llari
antennaning asosiy
bo‘g‘imi yuzasida tashqariga ochiladi.
Bu bezlar tuzilish jihatdan halqali chuvalchanglarning metanefridiyasiga
juda o‘xshaydi.
Qisqichbaqaning qon aylanish sistemasi ochiq. Yuragi turli shaklga ega, u
bosh – ko‘krak qismining elka tomonidan joylashgan. Yuragi qon bilan to‘la yurak
oldi sinusi bilan o‘ralgan. Yurak devorida klapanli 3 juft teshik bor. Bu teshiklar
yordamida sinusdagi qon yurakka o‘tadi. Yurakdan chiqqan arteriyalar turli
tomonga tarqalib, butun organizmni qon bilan ta’minlaydi.
Venoz qonlar
lakunlar sistemasiga kirib, jabralarga olib keluvchi qon
65
tomiriga boradi. Jabralarda qon oksidlanadi, kislorodga boyib yana tanaga
tarqaladi.
Nafas olish organlari jabralardan iborat bo‘lib ko‘krakning ikki tomonida
jabra kameralarida joylashgan. Jabralar uctki tomonidan bosh – ko‘krak qalqoni
bilan himoya qilingan.
Markaziy nerv sistemasi joylashishi va
tuzilishi jihatidan halqali
chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi. Bosh qismida bir juft tomoq usti tuguni
(gangliyasi) bor. Buni ba’zan “bosh miya” deb ham yuritiladi. Tomoqni ostida
ham bir juft gangliyasi joylashgan. Bu gangliyalar qorin nerv zanjiri bilan
tutashgan. Ko‘zlari murakkab fasetkali yoki oddiy. Muvozanat saqlovchi organlari
statotsitlardan iborat. Antennullalarning tashqi shoxchasida hid biluvchi tukchalar
to‘p - to‘p bo‘lib joylashgan.
Jinsiy organlari. Erkaklarida bir juft urug‘don, urug‘ yo‘li mavjud. Urug‘
yo‘li oxirgi ko‘krak oyog‘ining asosiy bo‘g‘imidagi
tashqi jinsiy teshikka
tutashadi. Tuxumdon uch pallali tanadan iborat, undan chiqqan qisqa tuxum
yo‘llari uchinchi juft ko‘krak oyog‘ining asosiy bo‘g‘imida tashqariga ochiladi.
Tuxumlar tashqarida urug‘lanadi. Otalangan urg‘ochi qisqichbaqaning tuxumlari
qorin oyoqlariga yopishadi tuxumdan chiqqan yosh qisqichbaqalar bir necha vaqt
yopishib yuradi. Qisqichbaqalar 20 yildan ziyod umr ko‘radi.
Qisqichbaqa va unga yaqin turgan oliy qisqichbaqasimonlarning bir necha
turlari – krevetka, langust, omar va krablar ovlanib oziq – ovqat sifatida ishlatiladi.