59
ham uni konxialinli qavati deb ataladi. 2- o‘rta qavat, chig‘anoq yuzasiga
perpendikulyar joylashgan ohak kristallaridan hosil bo‘lgan bo‘lib, uni “chinni”
qavat deb ataladi. 3- “Sadaf” yoki perlamutrli qavat ichki qavat hisoblanadi.
Chig‘anoq ostida mantiya pardasi yotadi. Sadafdor - Anadonta cygnea ning
chig‘anog‘i bilan tanishib chiqing yoshini aniqlang va chig‘anoqning rasmini
chizing. Chig‘anoqlar elka tomonda maxsus paylar yordamida o‘zaro
birlashgan,
pastki qirralari esa erkin, ochiq bo‘ladi va undan tananing oldingi qismidan
ponasimon oyog‘i chiqib turadi.
Gavdaning oldingi va keyingi qismida chig‘anoqlarni
tortib turuvchi maxsus
muskullar bo‘ladi. Bu muskullarni ehtiyotlik bilan kesib chig‘anoqni ochish
mumkin. Chg‘anoq ostida parda shaklidagi mantiyani ko‘rish mumkin. Mantiya
pardalarining oralig‘ida oyoq va plastinka shaklidagi jabralar joylashgan.
Pastki
tomonida ikkala mantiya pardasi o‘zaro birlashgan. Keyingi qismida ikkita teshik
bor. Uning yuqorigisi chiqarish sifoni, pastkisi (kattarog‘i) jabra yoki kirish sifoni
deb ataladi. YUqori tomonida mantiya pardasining ostida yurak oldi xaltachasi
(perekard) joylashgan. Uning ichida yurak yotadi.
Perekard selomning yagona
qoldig‘i hisoblanadi. Perekardning old qismida maxsus bez-kaberov organi
joylashgan, u qo‘shimcha ajratish organi vazifasini bajaradi va o‘z mahsulotini
perekard bo‘shlig‘iga ajratadi.
29-rasm. Baqachanoq.
A-Baqachanoq chig‘anog‘ining tuzilishi
V-Baqachanoqni ustki tomondan ko‘rinishi.
S-Baqachonoqni ichki organlari.
A. 1-konxialin qavat, 2-chinni qavat, 3-sadaf qavat, 4-mantiya
sirtqi qavati,
5-parenxima, 6-mantiya ichki qavati.
V. 1-ponasimon oyoq, 2-chig‘anoqning oldingi qismi, 3-chig‘anoqning cho‘qqisi,
4-chig‘anoqning keyingi qismi, 5-chig‘anoqning qirrasi, 6-yillik xalqalar.
60
S. 1-chig‘anoq, 2-yopuvchi muskullar, 3-muskullar birikadigan joy,
4-chiqarish sifoni, 5-kirish sifoni, 6-jabralar, 7-mantiya cheti, 8-oyoq.
30 - rasm. Baqachanoqning ichki tuzilishi:
Ikki pallalilar sinfga kiruvchi mollyuskalarda, bosh qismi bo‘lmaydi.
Tananing oldingi qismida, yopqich muskul bilan ponasimon oyoq oralig‘ida og‘iz
teshigi joylashgan bo‘lib, uning ikki yon tomonida maxsus og‘iz oldi o‘simtalari (4
dona) – elkan (velum) joylashgan. Og‘iz teshigidan keyin qizilo‘ngach joylashgan
va u oshqozonga ochiladi. Qizilo‘ngach ham, oshqozon ham jigar bilan o‘rab
olingan. Jigarning maxsus yo‘llari oshqozonga ochiladi. Ichagi uzun bo‘lib, o‘rta
va keyingi yoki to‘g‘ri ichakdan tashkil topgan. Ajratish
organlaridan buyrak
metanefredial tipda bo‘lib, uning bir uchi perekardga, ikkinchi uchi mantiya
bo‘shlig‘iga ochiladi.
Sadafdorlarning nerv sistemasi uch juft nerv tugunlari va ularni bog‘lab
turuvchi tolalardan iborat. Ular boshqa to‘qimalardan o‘zlarining sarg‘ich
rangi
bilan ajralib turadi.