57
Ba’zi ikki pallali mollyuskalardan marvarid olinadi,
ayrimlarini
chig‘anog‘idan zebu-ziynat buyulari tayyorlanadi. Ayrim turlari ekinlar
zararkunandalari bo‘lsa, talaygina turlari odam va hayvonlar
uchun xavfli parazit
trematodalar va nematodalarning oraliq xo‘jayinlari vazifasini bajaradi.
Mollyuskalar tipiga bir necha sinflar kiradi, shulardan eng keng tarqalganlari
va yuqori darajada rivojlanganlari tubandagi sinflar:
1.
Qorinoyoqli mollyuskalar – Gastropoda
2.
Ikki pallalilar yoki plastinka jabralilar – Bivalvia
3.
Bosh oyoqlilar – Cephalopoda