• Yomg‘ir chuvalchanglarining teri muskul xaltasining tuzilishi
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     
    24-rasm. 
    Ko’p qillilar. Neyridaning bosh qismi va ko’ndalang kesimi.
     
     
    Kam qillilar sinfi - Oligochaeta
    Yomg‘ir chuvalchanglarining 
    uzunligi 15-30sm bo‘ladi. Ba’zi bir tropik 
    mamlakatlarda yashovchi vakillarining tanasi uzunligi, hatto 2m ga etadi. Ularning 
    tanalari bir hil (gomonom) bo‘g‘imlardan tashkil topgan bo‘lib, tashqi metameriyasi 
    ichki metameriyasiga to‘g‘ri keladi. Har qaysi bo‘g‘imning tashqi tomonida 8 tadan 
    ingichka tukchalar bor. Voyaga etgan chuvalchangning 31-37 bo‘g‘imlarida bezli 
    hujayralarni o‘z ichiga olgan belbog‘ bo‘ladi. Yomg‘ir chuvalchangida belbog‘chasi 
    27-32 bo‘g‘imlarida bo‘ladi. Belbog‘ ko‘payish vaqtida bir necha tuxumlarni ustidan 
    qoplab pilla hosil qilishda ishtirok qiladi. Tananing oldingi qismida bosh o‘simtasi 
    (kuragi) – prostomium mavjud. Tananing eng oxirgi xalqasida anal teshigi joylashgan 
    qismi pigidium deb ataladi. Tananing 6-7 bo‘g‘imidan boshqa qolgan hamma 
    bo‘g‘imlar oralig‘ida, elka tomonida maxsus teshiklar elka poralari bo‘lib ulardan tana 
    bo‘shlig‘ining suyuqligi chiqib turadi va chuvalchangni tuproq qatlamlarida harakatini 
    ancha engillashtirishga yordam beradi. Kam qillilarda parapodiyalar yo‘q. 
    Yomg‘ir chuvalchangining 14- bo‘g‘imida bir juft urg‘ochilik, 15- bo‘g‘imida 
    bir juft erkaklik jinsiy teshigi ochiladi. Erkaklik jinsiy teshigidan to belboqqacha 
    boradigan egatcha bor. Jinsiy qo‘shilish vaqtida bu egatchadan belboqqa qarab urug‘ 
    oqadi. 
    Yomg‘r chuvalchanglari bir guruh oilalardan iborat. Ular orasida lyumbrisidlar 
    (Lumbricidae) oilasi vakillari keng tarqalishga ega. 


    51 
    Yomg‘ir chuvalchanglarining teri muskul xaltasining tuzilishi
    . Teri – 
    muskul xaltasining tuzilishini o‘rganish uchun chuvalchangning ko‘ndalang kesimidan 
    tayyorlangan mikropreparatlarni mikroskop ostida kuzatish kerak.
    Yomg‘ir chuvalchangining terisi juda yupqa kutikula bilan qoplangan, shu 
    sababli o‘zidan namlikni osongina o‘tkazadi. Kutikulaning ostida bir qavatli silindrik 
    epiteliy hujayralari – epidermis yotadi. Uning ostida esa xalqasimon va bo‘ylama 
    muskullar joylashgan. Terida bir hujayrali har xil bezlar mavjud.
    25- rasm. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi: 
    a) 1-jinsiy teshiklar; 2-belbog‘cha; 3-yon tuklar, b) 1-kutikula; 2-gipoderma; 3-ichak; 4-qorin 
    qon tomiri; 5-qorin nerv tuguni; 6-tana bo‘shlig‘i; 7-xalqasimon muskullar; 8-bo‘ylama muskullar; 9-
    elka qon tomiri; v). 1-xalqum usti nerv tuguni; 2-xalqum osti nerv tuguni; 3-xalqum; 4-yurak; 5-tana 
    bo‘shlig‘i; 6-elka qon tomiri; 7-jig‘ildon; 8-ichak; 9-qorin nerv zanjiri; 10-qizilungach; 11-oshqozon 
    Ular shilliq moddalar ishlab chiqib, terini namlab turadi. Teri ostida strukturasiz 
    bazal parda, so‘ngra halqasimon va bo‘ylama muskullar yotadi. Teri – muskul xaltasi 
    selomdan mezoderma hisobiga hosil bo‘lgan bir qavatli epitellial hujayralar – seloteliy 
    (boshqacha qilib aytganda endoteliy) yordamida ajralib turadi. Tana devori va terida 
    qon tomirlarning kapillyarlari qalin to‘r shaklida yotadi va nafas olish bilan bir qatorda 
    modda almashish jarayonida ham aktiv qatnashadi. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish