• Kerakli jihozlar
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    10-M A SH G‘ UL O T 
     
    Mavzu: Halqali chuvalchanglar - Annelides 
     
    1-sinf: Ko‘p qillilar - Polychaeta 
    2-sinf. Kam qillilar - Oligochaeta
    3-sinf. Zuluklar - Hirudinae
    Darsning maqsadi:
    Dengizlarda hayot kechiruvchi ko‘p qilli xalqali 
    chuvalchanglar, nam tuproqlarda yashovchi kam qilli chuvalchanglarning hamda 
    zuluklarning tuzilishidagi xarakterli xususiyatlar bilan tanishib chiqish, yomg‘ir va 
    go‘ng chuvalchanglarining faoliyatini o‘rganish.
    Kerakli jihozlar: 
    Nereis, yomg‘ir chuvalchangi va zulukning morfologiyasini 
    aks ettiruvchi jadvallar, ho‘l makropreparatlar (yomg‘r va go‘ng chuvalchanglari 
    zuluk), mikropreparatlar, mikroskop, lupa.
    V A Z I F A 
     
    1. Nereis (Nereis pelagica) umumiy ko‘rinishi bilan tanishib chiqish.
    2. Yomg‘ir va go‘ng chuvalchanglari va zuluklarning tashqi va ichki tuzilishi bilan 
    tanishish.
    3. Xalqali chuvalchanglarning ko‘payishini va rivojlanishini o‘rganish. 
     
    Ko‘p qillilar sinfi – Polychaeta
    Nereis Qora, Azov, Oq va Barens dengizlarida keng tarqalgan chuvalchang 
    bo‘lib, uning morfologiyasini o‘rganish bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishini tushunib 
    olishda katta ahamiyatga ega. Undan tashqari nereis va boshqa ko‘p qilli halqali 
    chuvalchanglar baliqlar uchun oziq – ovqat ob’ekti sifatida juda diqqatga sazovordir.
    Osetrasimon baliqlarning ozuqa bazasini yaxshilash maqsadida nereislarning 
    Nereis diver-sicolor turi o‘z vaqtida Kaspiy va Orol dengizlarida ko‘paytirilgan. 
    Nereis tanasining uchunligi 10-15sm. bo‘lib, yarimigacha qumga ko‘milgan 
    holda hayot kechiradi. Tanasi bosh, gavda va dum qismlaridan tashkil topgan. Gavdasi
    80 – 100 ta bo‘g‘imdan, har bir bo‘g‘imining (birinchi bo‘g‘imdan tashqari) ikki yon 
    tomonida yordamchi harakat organi – parapodiyalar joylashgan. Parapodiyaning har 
    biri elka va qorin o‘simtalariga ajralgan. Parapodiya o‘simtalaridagi tuklar (xetalar) 
    ning soni sistematika nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Undan tashqari 
    parapodiyalar bo‘g‘imoyoqlilarning evolyusiyasini izohlashda katta ahamiyatga egadir.
    Nereisning boshi haqiqiy bosh qismi va og‘iz bo‘lagidan iborat bo‘lib og‘iz 
    bo‘lagi ikkita bo‘g‘imning ko‘shilishidan hosil bo‘lgan. Bu erda tuyg‘u organlar 
    vazifasini bajaradigan birqancha tashqi o‘simtalar mavjud. Bu o‘simtalar bir juft kalta 
    antenna, bir juft sal yo‘g‘on va uzunroq paypaslagichlar, hamda 4 juft ingichka, uzun 
    mo‘ylovchalardan iborat. Bosh qismining orqa tomonida 4ta ko‘zi, undan keyingi 


    50 
    bo‘lagining 
    qorin 
    tomonida 
    og‘iz 
    teshigi 
    joylashgan.

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish