|
A s daminov, B. S. SalimovBog'liq zoologiya
TIP: BIRLAMCHI TANA BO‘SHLIQLI YOKI YUMALOQ
CHUVALCHANGLAR. – Nemathelminthes
Birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglar hayvonot dunyosi evolyusiyasida
yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha progressiv taraqqiy etgan va qator
takomillashgan belgilari bilan ulardan ajralib turadi. Ularda organlar oralig‘ini
to‘ldirib turuvchi parenxima yo‘qolib, uning o‘rniga bo‘shliq birlamchi tana
bo‘shliq – prototsel hosil bo‘lgan. Prototselning mahsus pardalari bo‘lmaydi va u
o‘ziga xos suyuqlik bilan to‘lgan. Bu suyuqlik ikki xil funksiyani o‘zida
mujassamlashtirgan: birinchidan u gidroskelet vazifasini bajarsa, ikkinchidan –
modda almashish jarayonida transport vazifasini o‘taydi. Birlamchi tana bo‘shliqli
chuvalchanglarning ovqat hazm qilish organlari uch qismdan- oldingi, o‘rta va
keyingi ichakdan iborat. Keyingi ichak esa orqa chiqarish teshigi – anus bilan
tugaydi. Bu esa yumaloq chuvalchanglarning intensiv oziqlanishiga imkoniyat
yaratadi. Yumaloq chuvalchanglarning asosiy qismi ayrim jinsli.
Biroq, ularda ushbu progressiv belgilar bilan bir qatorda yassi
chuvalchanglarga xos bo‘lgan primitiv belgilari ham saqlanib qolgan: qon
aylanish, nafas olish organlari rivojlanmagan, ajratish sistemasi protonefridial
tipda.
Yumaloq
chuvalchanglar
orasida
erkin
yashovchi,
o‘simliklarda,
hayvonlarda va odamlarda parazitlik qiluvchi ekologik guruhlari ham bor.
YUmaloq chuvalchanglar tipiga xozirgi vaqtda 6ta sinf kiradi. SHulardan faqat
haqiqiy yumaloq chuvalchanglar yoki nematodalar – Nematodes sinfini amaliy
mashg‘ulot darsida o‘rganamiz. Bu sinf vakillari o‘z navbatida erkin yashovchi
tuproq nematodalariga va parazitlik yo‘li bilan yashashga o‘tgan fitonematodalar
va zoonematodolarga bo‘linadi. Tuproq va o‘simlik nematodalari o‘z ichiga juda
mayda turlarni, zoonematodalar esa yirik turlarni oladi.
|
| |