• Jigar qurtining rivojlanish sikli.
  • partenogoniya, sistagoniya, maritogoniya




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya


    partenogoniya, sistagoniya, maritogoniya. 
    Fassiolalarda embrional taraqqiyot cuvlik muhitda (nam joyda), 
    partenogoniya davri-chuchuk suv molliyuskasidan, sistogoniya-suvli muhitda, 
    maritogoniya-qishloq xo‘jalik hayvonlari va odam jigarida kechadi. 
    Shu davr ichida u oraliq xujayin-qorin oyoqli mollyuskaning jigariga kirishi 
    kerak. Jigar qurtini oraliq xo‘jayini har hil suv shilliq qurtlari (akam tukamlar) 
    hisoblanadi. Miratsidiy mollyuska tanasiga yorib kirib, ko‘zcha va kiprikchalarini 
    tashlaydi va xaltasimon sporotsistaga aylanadi. Sporotsistalar partenogenez yo‘li 
    bilan ko‘payadi va ulardan lichinkaning keyingi bosqich lichinkasi- rediyalar hosil 
    bo‘ladi. Rediyalar ham yana partenogenez yo‘li bilan ko‘payib, yangi dumli 
    lichinkalar serkariylarni hosil qiladi. Yetilgan, serkariylar mollyuska organizmidan 
    suvga ajralib chiqib dumlari yordamida erkin suzib yuradi. Tezda biron - bir 
    predmetga yopishib dumini tashlaydi va sistaga o‘ralib adoleskariyga aylanadi. 
    Adoleskariylar invazion lichinka hisoblanib, o‘t – xashak bilan hayvon 
    organizmiga tushib, uni zararlaydi. Fassiolalarni jigarda shakllanib voyaga etishi 
    uchun 2-4oy vaqt ketadi. Ular o‘t yo‘llarida 9 yilgacha yashashi aniqlangan. 
    Markaziy Osiyo sharoitida trematodalardan ikki tur fassiolalar, lansetsimon 
    so‘rg‘ichlar, oshqozon va turkiston qon so‘rg‘ichililari uchraydi.
    O‘zbekiston sharoitida tarqalgan termatodalarning tarqalishi, biologiyasi, 
    ekologiyasi, chaqiradigan kasalliklari va keltiradigan zararlari akademik 
    J.A.Azimov va professor B.S. Salimov hamda ularning shogirdlari tomonidan 
    chuqur o‘rganilgan va ular bo‘yicha yangi tadqiqotlar olib borilmoqda.. 
    Jigar qurtining rivojlanish sikli. 
    Jigar qurti Fasciola hepatica tuxumi oval 
    shaklida bo‘lib, uzunligi 0,13 – 0,15mm. keladi, sirtqi tomondan qopqoqli qalin 
    po‘st bilan qoplangan. Parazit bachadonida otalangan tuxum tashqi muhitga 
    tushganda unda lichinka miratsidiy shakllanadi. Etilgan miratsidiy tuxumning 
    qutibidagi qopqoqchani bosh tomoni bilan ochib suvga chiqadi (rasm 12). Uning 
    tanasi kiprikchalar bilan qoplangan. Gavdasining oldingi qismida xartumcha va 
    ko‘zchasi bo‘ladi. Tanasi embrional hujayralarga to‘la bo‘ladi. Miratsiydiyning 
    kelgusi taraqqiyoti chuchuk suv mollyuskasi kichik akam - tukam – Lymnae 
    truncatula organizmida kechadi. Miratsidiy mollyuskaning jigariga kirib olib 
    sporatsistaga aylanadi. Sporatsista ichidagi embrional ho‘jayralardan kelgusi 
    lichinkalik bosqich – rediyalar hosil bo‘ladi. Rediya ichidagi embrional 
    hujayralardan dumli serkariy hosil bo‘ladi. Serkariy xo‘jayin tanasini tark etib, 
    tashqi muhitga chiqadi. Serkariy ayrim morfologik xususiyatlari bilan etuk jigar 
    qurtiga o‘xshaydi. Unda ikkita so‘rg‘ich, oldingi va o‘rta ichaklar, yon nerv tolalari 
    shakllangan bo‘ladi. Serkariy dumini yo‘qotib to‘liq sistaga o‘ralib oladi. Bu 
    stadiya adoleskariy deb ataladi. Adoleskriyalar invazion lichinka hayvonlarga o‘t – 
    xashak va qisman suv orqali yuqadi. Barcha o‘txo‘r hayvonlarning jigarida fassiola 
    lichinkalari maritogoniya davrini o‘tkazadi. Voyaga etgan parazitlar jigar o‘t 


    36 
    yo‘llarida jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi va bir necha yil yashaydi. 
    Boshqa bir jigar qurti-lansetsimon surg‘ichli uch xo‘jayinli trematoda. uning 
    birinchi oraliq xo‘jayin quruqlik mollyuskasi, ikkinchi oraliq xo‘jayini-
    chumolilarda. Ushbu trematodaning sistogoniya davri chumolining qorin 
    bo‘shlig‘ida kechadi. Qon so‘rg‘ichli trematodalar ham fassiolalar singari chuchuk 
    suv molliyuskasi orqali rivojlanadi, ammo ularda sistogoniya davri bo‘lmaydi. 
    O‘zbekistonning cug‘oriladigan tekislik va tog‘oldi-tog‘ mintaqalarida 
    trematodalardan fassiolalar qo‘zg‘atadigan fassilioz, lansetsimon so‘rg‘ichli 
    qo‘zg‘atadigan 
    dikroselioz, 
    oshqazon 
    trematodalari 
    qo‘zg‘atadigan 
    paramfistomatidozlar keng tarqalgan, ular chorvachilikga kata iqtisodiy zarar 
    keltiradi. Qon so‘rg‘ichli trematoda qo‘zg‘atadigan Orientobil’garsioz ser suv, 
    ko‘llar ko‘p hududlarda tarqalgan. Ularning oldini olish uchun kasallangan 
    hayvonlarni o‘z vaqtida davolash va boshqa tadbirlar o‘tkazish zarur. 
    14-rasm. Jigar qurti (Fasciola hepatica)ning rivojlanishi. 
    A. kiprlikli miratsidiya, (1-ichakning boshlanish joyi, 2-3 protonefridiya,
    4-embrion hujayralar). 
    B. sporotsista (ichida rediyalar rivojlanayotgan sporotsistalar). 
    D. ichida ikkinchi bo‘g‘in rediyalar rivojlanayotgan birinchi bo‘g‘in rediyalari. 
    E. ichida serkariyalar rivojlanayotgan rediya. 
    F. serkariya. (1-og‘iz so‘rg‘ichi, 2-qorin so‘rg‘ichi, 3-ichak, 4-sariqidon, 5-dum). 
    S. adoleskariya 


    37 
    15-rasm. Fasciola hepaticaning taraqqiyoti: 
    1-jinsiy voyaga yetgan shakli (marita); 2-asosiy xo’jayinlari; 3-tuxum; 4-mirasidiy; 5-oraliq 
    xo’jayin-mollyuska; 6-sporosista; 7-yosh rediya; 8-yetilgan rediya; 9-serkariya; 10-adoleskariya; 
    11-o’tga yopishgan adoleskariyalar 
    16-rasm. Lansetsimon so’rg’ichli – Dicrocoelium lanceatumning tuzilishi va taraqqiyoti: 
    1-voyaga yetgan shakli; 2-asosiy xo’jayinlari; 3-tuxumi; 4-birinchi oraliq xo’jayini va 5-9-
    lichinkalik taraqqiyoti; 5-mirasidiy; 6-7-sporasistalar; 8-serkariya; 9-serkariya tugunchalari; 10-
    ikkinchi oraliq xo’jayin; 11-metaserkariy 
    NAZORAT SAVOLLARI: 
    1.
    Jigar qurtlarining asosiy va oraliq xo‘jayinlarini ayting? 
    2.
    Ikki va uch xo‘jayinli trematodalarni taraqqiyotini aytib bering?
    3.
    Trematodalarning taraqqiyoti qanday davrlarga bo‘linadi?
    4.
    Download 4,99 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    partenogoniya, sistagoniya, maritogoniya

    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish