31
Qoramol gijjasining teri muskul xaltasining tuzilishi jigar qurtinikiga
o‘xshaydi. Biroq, kutikulasi yupqalashadi.
Harakati sust, najas bilan uzilib chiqqan bo‘g‘inlar o‘rmalab harakat
qilishlari mumkin.
Nerv sistemasi. Chuqur parazitizmga o‘tganligi tufayli nerv sistemasi va
sezgi organlari ancha sust taraqqiy etgan. Markaziy nerv sistemasi bir juft bosh
nerv tugun va ulardan chiqqan nerv tolalaridan iborat. Yon nerv tolalari yaxshi
rivojlangan. Ko‘z va boshqa sezgi organlari rivojlanmagan.
Ovqat hazm qilish sistemasi. To‘liq parazitizmga moslashganligi munosabati
bilan ovqat hazm organlari regressga uchragan.Xo‘jayin ichagidagi ovqatni butun
tanasi yordamida shimib oladi.
Nafas olishi. Ushbu jarayon kislorodsiz muhitda yashaganligi uchun,
organizmda kechadigan bijg‘ish reaksiyalari natijasida ajratiladigan kislorod
hisobiga kechadi.
Jinsiy sistemasi. Yosh – yangi hosil bo‘lgan bo‘g‘inlarda hech qanday jinsiy
organlar bo‘lmaydi.Proglatidlarda o‘sish bilan bir vaqtda rivojlanish ham boradi.
Strobilaning o‘rtalaridagi proglatidlarda to‘la etishgan jinsiy organlar mavjud
bo‘ladi. SHuning uchun ham ular germafrodit bo‘g‘inlar deb ataladi. Har bir
bo‘g‘inda o‘zining jinsiy sistemasi bo‘ladi. Erkaklik jinsiy sistemasiga urug‘don,
urug‘ yo‘llari va kopulyativ organ-sirrus kiradi. Pufakchasimon urug‘donlarning
soni 1000 dan ziyod bo‘lib, butun bo‘g‘im bo‘ylab taqalgan va parenximada
joylashgan.
Urg‘ochilik jinsiy sistemasiga bachadon, tuxumdonlar, sariqdonlar har hil
jinsiy kanallar, ootip, qin va Melis tanachalari kiradi.