A s daminov, B. S. Salimov




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/100
Sana13.05.2024
Hajmi4,99 Mb.
#228396
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
Bog'liq
zoologiya

 
 
 
 
 


27 
Tip: YASSI CHUVALCHANGLAR – Plathelminthes 
 
 
Yassi chuvalchanglar tipiga mansub turlarning barchasida tana aniq 
ifodalangan ikki tomonlama (bilateral) simmetriyaga ega. Bilateral simmetriya 
umurtqasiz hayvonlar ichida yassi chuvalchanglardan boshlab undan yuqori 
turadigan barcha tiplarga xos. Bilateral simmetriyali hayvonlarning ontogenezi 
uchta embrion varaq – ektoderma, entoderma va mezoderma qavatdan tashkil 
topgan. Shunday qilib, ushbu anatomo-morfologik xususiyati bilan bulutlar va 
kovakichlilardan keskin farq qiladi. Yassi chuvalchanglar tanasi elka-qorin (dorzo-
ventral) yo‘nalishida yassilangan bo‘lib, tanalarining shakli bargsimon, 
nashtarsimon yoki lentasimon, noksimon hamda ipsimon bo‘ladi. Ularning 
kattaligi birnecha millimetrdan 10-12 metrgacha bo‘ladi. Ular tana bo‘shliqsiz 
bo‘lib, organlar orasidagi bo‘shliqlarni parenxima hujayralari to‘ldirib turadi. Yassi 
chuvalchanglarda harakat va himoya vazifalarini bajarishga qaratilgan teri muskul 
xalta paydo bo‘lgan. Ushbu xalta teri epiteliyasi bilan birikkan bir necha qavat 
muskullardan iborat. Ularning barchasida maxsus ayirish, ko‘pchiligida to‘liq 
rivojlanmagan ovqat hazm qilish organlari, markazlashgan nerv tizimi paydo 
bo‘lgan. Hazm organlariga ega bo‘lganlarida og‘iz, xalqum, qizilungachdan iborat 
ektodermali oldingi va entodermali uchlari berk o‘rta ichak rivojlangan. Ayrim 
turlarida faqat og‘iz va xalqum mavjud. Ma’lum bir sinfida hazm organlari 
yo‘qolgan, ayirish organlari protonefridial tipda tuzilgan. Ularga bitta yoki ikkita 
ekskretor teshikli markaziy kanal va ular bilan tutashgan o‘rta va mayda 
kanalchalar kiradi. Qon aylanish va nafas olish organlari rivojlanmagan. Yassi 
chuvalchanglarning ko‘pchiligi germafrodit hayvonlar bo‘lib, jinsiy sistemasi 
murakkab tuzilgan. Nerv sistemasi bir juft nerv tugunidan (gangliyalardan) va 
ulardan tarqaluvchi nerv tomirlari va tolalaridan iborat. Tip 12000 dan ortiq turga 
ega bo‘lib, qo‘yidagi sinflarga bo‘linadi.
1-sinf. Kiprikli chuvalchanglar- Turbellaria
2-sinf. Monogeniyalar - Monogenea 
3-sinf. Trematodalar – Trematoda 
4-sinf. Sestodlar - Cestoda 

Download 4,99 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish