Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/100
Sana13.05.2024
Hajmi4,99 Mb.
#228396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
Bog'liq
zoologiya

Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi.
Ko‘p hujayralilarning bir hujayralilardan 
kelib chiqqanligi isbot qilingan. Lekin ular bir hujayralilarning qaysi guruhidan 
kelib chiqqanligi to‘g‘risida turli fikrlar mavjud. 
Ko‘p hujayralilarning kelib chiqish muammosini hal etishda koloniya bo‘lib 
yashovchi hayvonlar muhim o‘rin tutadi. Ko‘p hujayralilarni volvoksga o‘xshash 
koloniyali xivchinlilardan kelib chiqqanligini hozir ko‘pchilik olimlar tan olishgan. 
Ko‘p hujayralilar tuzilishiga ko‘ra tuban va yuqori darajada rivojlangan ko‘p 
hujayralilarga bo‘linadi. Boshqa bir morfologik xususiyatlariga ko‘ra ko‘p 
hujayrali organizmlar ikki va uch qavatlilarga, tana bo‘shliqsiz, birlamchi yoki 
ikkilamchi tana bo‘shliqlilar va hakozo guruhlarga ajratilgan.
Tuban darajada rivojlangan ko‘p hujayralilarga Bulutlar-sporogia va 
Kavakichlilar-Coclentrata tiplari misol bo‘ladi. Ushbu tiplarga kiruvchi ko‘p 
hujayralalar ikki qavatli organizmlar bo‘lib ularda organ va toqimalarda bo‘lmaydi, 
ularning tanasida turli vazifalarni bajaruvchi hujayralar guruhlari mavjud. 
Bulutlarga nisbatan Kavakichlilar bir muncha progressive belgilarga ega, 
evolyutsion jarayonda esa ulardan dastlabki uch qavatli, organ va toqimalarga ega 
bo‘lgan yuqori rivojlangan ko‘p hujayralilar kelib chiqqan. 
 
 
 
 


22 
4 - M A SH G‘ U L O T
 
Mavzu: Tip. Bulutlar – Spongia
 
Kerakli jihozlar:
Fiksatsiya qilingan badyaga buluti, tarqatma materiallar, 
mikroskop, qo‘l lupasi, buyum oynasi, pinset, skalpel, shisha tayoqcha, Petri idishi, 
to‘g‘rilagich igna
 
 
 
 
Darsning maqsadi: 
Badyaga buluti misolida ko‘p xujayrali 
hayvonlarning eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan vakillarining muhim belgilarini 
o‘rganish.Badyagani umumiy ko‘rinishi bilan tanishish.

Download 4,99 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish