|
Infuzoriyalarning ko‘payishiBog'liq zoologiyaInfuzoriyalarning ko‘payishi.
Infuzoriyalar ikki usulda (jinssiz va jinsiy yo‘l
bilan) ko‘payadi.
Jinssiz ko‘payish vaqtida oldin makronukleus, so‘ngra mikronukleus bo‘linadi.
SHundan keyin sitoplazma kundalangiga ikkiga ajraladi. Tirik tufelkalarni mikroskop
ostida kuzatish vaqtida ba’zan pillaga o‘xshash, bo‘linayotgan tufelkalarni ham
uchratish mumkin.
Jinsiy ko‘payish
“kon’yugatsiya” usulida o‘tadi. Mikroskopda ba’zan bir-biri
bilan peristomasi bilan yopishib tez harakat qilib yurgan tufelkalar ni uchratish
mumkin. Tufelkalar yopishib turgan qismida pellikula eriydi. Makronukleus jinsiy
ko‘payish jarayonida qatnashmaydi, u maydalanib sitoplazmaga shimilib ketadi.
Mikronukleus ikki marta ketma - ket bo‘linadi. Natijada 4 ta yadrocha hosil bo‘ladi.
SHundan uchtasi erib ketadi. Qolgan bitta yadro reduksion usulda bo‘linadi va
natijada ikkita yadro hosil bo‘ladi. YAdrolar harakatchan bo‘lib, ularning biri
“ko‘chmanchi” yadro deb ataladi. Tufelkalar “ko‘chmanchi” yadrolarini almashtirib
oladilar. Boshqa infuzoriyadagi yadro bilan qo‘shiladi. SHu bilan jinsiy ko‘payish
tugallanadi, infuzoriyalar esa bir-biridan ajraladi. Ajralgan infuzoriyalarning har
birida yangi yadro ikkiga bo‘linib, ularning biri makronukleusga ikkinchisi –
mikronukleusga aylanadi. SHundan so‘ng infuzoriyalar jinssiz ko‘payish yo‘liga
o‘tadi.
Ichak balantidiyasi
– Balantidium coli odam va cho‘chqalarning ingichka va
yug‘on ichaklarida hayot kechirishga moslashgan parazitdir. Tanalarining kattaligi 30-
150 mikronga etadi. Balantidiya o‘z faolyatida ichakning devorini emiradi va qonli
ichburug‘ kasalligiga sabab bo‘ladi. Balantidiya odam va hayvonlarning axlatidagi
bakteriyalar bilan bir qatorda eritrotsitlar va leykotsitlar bilan ham oziqlanadi. Tanasi
oval shaklida. Gavdaning oldingi qismida sitostoma va sitoforinksi joylashgan. Tanasi
sirtqi tomondan bir xil uzunlikdagi kiprikchalar bilan qoplangan. Sitoplazmasida
ikkita qisqaruvchi vakuolasi, 2- ta yadrosi bor. Noqulay sharoitga tushsa
kiprikchalarini tashlab yuboradi, va ikki qavat po‘stga o‘ralib sista hosil qiladi.
Parazitni mikroskopning kichik va katta ob’ektivi yordamida kuzating. Og‘iz
(sitostoma) atrofidagi va tanasining oldingi qismida “belbog‘”dek bo‘lib joylashgan
kiprikchalariga etibor bering. Uzun lentasimon makronukleusni toping. Rasmini
chizing. Balantidiyalardan tashqari chuchuk suv baliqlarning terisida parazitlik
qiluvchi ixtioftirius, xilodan kabi infuzoriyalar ham mavjud. Bunday parazitlar
baliqchilikga birmuncha zarar keltiradi.
|
| |