Trixomonadalar ko‘p xivchinli parazitlar bo‘lib, ularning uzunligi 5-40 mkm.
Tanasining oldingi qismida 3-4 ta xivchin mavjud, bitta xivchini tana bo‘ylab orqaga
qaytgan va uning yuzasiga birikib membrana hosil qiladi. Ular odam va
hayvonlarning jinsiy organlarida parazitlik qiladi. Yirik shoxli hayvonlarda
Trichomonas foetus uchraydi. U trixomonoz kasalligini chaqiradi. Odamlarning jinsiy
organlarida L. vaginalis parazitlik qiladi.
3- rasm. Parazit xivchinlilar.
1-tripanosoma, 2-3-leyshmaniya, 2-teridagi xivchinsiz shakli,
3-iskabtopar tanasidagi xivchinli shakli.
3 ”a”-rasm. Trixomonada (Trichomonas).
1-xivchinlar, 2-yadro, 3-yadrocha, 4-aksostil, 5-rul vazifasini bajaruvchi xivchin, 6-
yon ipi, 7-glikogen donachalari, 8-tana.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Sarkodalilar sinfi qanday turkumlarga bo‘linadi?
2.
Sarkodalilar sinfining boshqa sinflardan farq qiluvchi belgilari.
3.
Sarkodalilar sinfining parazitlik yo‘li bilan hayot kechiruvchi vakillari.
4.
Bir xo‘jayralilarga xos asosiy xususiyatlarni aytib bering.
5.
Xivchinlilar sinfining xarakterli xususiyatlarini ayting.
6.
Xivchinlilar sinfi qanday kenja sinflarga bo‘linadi.
7.
Xivchinlilar sinfining erkin va parazit holda yashovchi vakillarini aytib bering.
8.
Hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfining turkumlari va asosiy vakillarini
ayting?
Uyga vazifa: Sporalilar sinfini o‘qib kelish.
14
2-M A SH G‘ U L O T Mavzu: Sinf. Sporalilar - Sporozoa Kerakli jihozlar :
Mikroskoplar,
quyon
eymeriyasi,
bezgak
plazmodiyalarining rivojlanish siklini aks ettiruvchi jadvallar, mikropreparatlar,
quyon tezagidan tayyorlangan hul preparat .