Sinf. Xivchinlilar- Flagellata seu. Mastigorhora




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/100
Sana13.05.2024
Hajmi4,99 Mb.
#228396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
Bog'liq
zoologiya

 
Sinf. Xivchinlilar- Flagellata seu. Mastigorhora 
 
 
 
 
 
V A Z I F A 
 
 
 
 
1.
Yashil evgelena – Euglena viridis li kulturadan bir tomchi olib preparat 
tayyorlash. Evglenaning tuzilishini o‘rganish, ularni bir xujayrali suv o‘tlariga 
o‘xshashlik tomonlarini kuzatish va rasmini chizish.
2.
Tayyor 
mikropreparatdan 
mikroskopning 
katta 
ob’ektivi 
ostida 
tripanasomalarni topish, tuzilishini o‘rganish, evglenadan farqini va o‘xshashligini 
bilib olish. Rasmini chizish.
3.
Tayyor mikropreparatlar yordamida leyshmaniyaning tuzilishi bilan tanishib 
chiqish va rasmini chizish.
4.
Kolonial xivchinlilardan volvoks Volvox globator ning tuzilishi bilan tanishish. 
Kolonial xivchinlilarning tuzilishidagi murakkab xususiyatlarni aniqlash va rasmini 
chizish.
5.
Xivchinlilar 
sinfining 
eng 
xarakaterli 
xususiyatlarini 
yozish, 
anatomomorfologik jihatdan sarcoda lilardan farqini aniqlash. 
 
Yashil evglena
ko‘llarda, ko‘lmaklarda, dengizlarda, botqoqliklarda keng 
tarqalgan turlardan bo‘lib, erkin holda hayot kechiradi. YAshil evglenaning tanasi 
urchiqsimon, bargsimon, duksimon shaklda bo‘lib, old tomoni yumaloqroq, orqa 
qismi ingichkalashgan. 
Yashil evglena sirtqi tomonidan maxsus po‘st “pellikula” bilan qoplangan 
bo‘lib, uning ostida ektoplazma va endoplazma joylashgan.
Gavdasining oldingi qismida hivchini-harakat organellasi joylashgan, sinfning 
nomi ham shundan kelib chiqqan. Hivchin asosida qisqaruvchi vakuola va uning 
rezervuari, yig‘uvchi vakuolalar va bir dona qizil yoqutsimon ko‘zcha “stigma” 
joylashgan. Stigma yordamida evglena yorug‘likni sezadi va yorug‘lik tomon harakat 
qiladi, tanasining keyingi qismida pufakchasimon yadrosi joylashgan.
Yashil evglenaning yashil ko‘rinishiga sabab uning sitoplazmasida ko‘p sonli 
yashil plastida – xromotoforlar bo‘lishidadir. Xromotoforlarda xlorofil donachalari 
bo‘lib, ular evglenani yashil o‘simliklar singari autotrof usulda oziqlanishiga, CO
2
gazi va N
2
O dan yorug‘lik ta’sirida uglevod (paramil) sintez qilishga yordam beradi. 
Ana shuning uchun ham evglenasimonlar fitomonadalar ya’ni o‘simliksimon 
xivchinlilar - Phitomastiginae kenja sinfiga kiradi. Evglenaning sitoplazmasidagi 
xlorafil (paramil) donachalarni ko‘rish uchun preparatga 1 tomchi 2% li yod eritmasi 
tomizish kerak. Yod ta’sirida paramillar to‘q yashil tusga kiradi. Hivchin xam aniq 
ko‘rinib turadi.

Download 4,99 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinf. Xivchinlilar- Flagellata seu. Mastigorhora

Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish