• Kerakli jihozlar
  • V A Z I F A
  • Chuchuk suv amyobasi: - Amoeba proteus
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     



     
    1-M A SH G‘ U L O T
     
    Mavzu: Sinf: Sarkodalilar 
    Sinf: Xivchinlilar
     
    Darsning maqsadi:
    Talabalarni eng sodda hayvonlar tipining sarkodalilar va 
    xivchinlilar sinflariga oid erkin va parazit holda yashovchi vakillarining morfologik, 
    fiziologik, ahatomobiologik xususiyatlari bilan tanishtirish.
    Kerakli jihozlar:
    Erkin holda parazitlik yo‘liga o‘tgan sarkodalilar va 
    hivchinlilarning tuzilishini, rivojlanishini aks ettiruvchi jadvallar, mikroskop, buyum 
    shishachasi, qoplag‘ich shisha, tirik mikroskopik hayvonlar, quruq mikropreparatlar.
    V A Z I F A 
     
     
    1.
    Sarkodalilar- Sarcodinae seu Rhisopoda sinfining xarakterli vakillaridan 
    chuchuk suv (protey) amyobasi – Amoeba proteus ni ko‘lmak ifloslangan suv 
    namunasidan bir tomchidan bir necha tomchi olib mikroskop ostida uni topish, 
    harakatini, shakli o‘zgarishini kuzatish, rasmini chizish.
    2.
    Dizenteriya amyobasi – Entamoeba hystolytica ning tayyor preparatini 
    mikroskop ostida kurish va rasmini chizish. 
    3.
    Chig‘anoqli amyobalar – Testacea, Foraminiferalar - Foraminifera, 
    Quyoshsimonlar – Heliozoa va Nursimonlar – Radiolaria turkumlarining ayrim 
    vakillarining tuzilishi bilan tanishib chiqish va rasmini chizish.
    Chuchuk suv amyobasi: - Amoeba proteus-
    0,2- 0,7 mm kattalikda bo‘lib, 
    ko‘lmak, hovuz suvlarida, sholipoyalarda erkin holda yashaydi. Mikroskop ostida 
    tiniq rangsiz bo‘lib, uning soxta oyoqlari (psevdopodiya), ekto va endoplazmalari, 
    yadrosi ko‘rinadi. Shakli va oyoqlar coni esa o‘zgarib turadi. 
    Amyoba bakteriya, suv o‘tlari va mayda bir hujayrali organizmlar bilan 
    oziqlanadi. Psevdopodiyalari harakat qilishda va ovqat tutishda xizmat qiladi. Ovqat 
    tutilgan joyda ovqat hazm qilish vakuolalari paydo bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan ovqat 
    qoldiqlari, ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolalar yordamida tashqariga chiqarib 
    yuboriladi. Amyobalar ko‘pchilik sodda hayvonlar kabi jinssiz oddiy bo‘linish yo‘li 
    bilan ko‘payadi. Dastlab yadro, so‘ngra protoplazma bo‘linadi. Amyoba noqulay 
    sharoitda ikki qavat qattiq po‘stga o‘raladi. Bu hodisa sistalanish deyiladi. 

    Download 4,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish