• Quyoshsimonlar
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Dizenteriya amyobasi 
    – Entamoeba hystolytica birinchi marta 1875- yilda rus 
    olimi F.A. Lesh tomonidan Peterburg shahrida bemorlarning najasidan topilgan. U 
    yug‘on ichakda yashaydi va amyoboiz kasalligini chaqiradi. Kasallik issiq iqlimli 
    mamlakatlarda ko‘plab uchraydi. Gavdasining kattaligi 15-30 mkmga teng. 
    Dezinteriya amyobasi noqulay sharoitda sista hosil qiladi. Sista tashqi sharoitga juda 


    10 
    chidamli bo‘lib, suvda 10 oygacha yashashi mumkin.
     
    1- rasm. Oddiy amyoba (Amoeba proteus) (A), dizenteriya amyobasi (Entamoeba 
    histolytica) B, foraminifera chig‘anog‘ini tuzilishi (S). 
    A. 1-ektoplazma, 2-endoplazma, 3-qisqaruvchi vakuola,
    4-ovqat hazm qilish vakuolasi, 5-yadro.
    B. 1-yadro, 2-soxta oyoq, 3-amyoba qamrab olgan eritrotsitlar. 
    C. 1-chig‘anoqning og‘izchasi, 2-kameralar orasidagi to‘siqlar, 3-teshikchalar. 
     
    Arsella
    odatda xitinsimon chig‘anoq bilan qoplangan bo‘lib, pastki tomonidagi 
    teshikchadan yolg‘on oyoqlari chiqib turadi. Chuchuk suvlarda yashaydi, oddiy 
    bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.
    Foraminiferalar
    dengiz 
    chig‘anoqli amyobalari bo‘lib, ko‘pincha 
    chig‘anoqlari Ca (CO
    3
    )
    2
    dan tashkil topgan. Chig‘anoqlari ko‘p kamerali bo‘lib 
    hayvon o‘lganidan keyin cho‘kma jinslarni hosil qilishda qatnashadi. Doskada 
    ishlatiladigan bo‘rning ko‘pchilik qismi foraminiferalar chig‘anog‘idan hosil bo‘ladi.
    Quyoshsimonlar
    chuchuk suv havzalarida erkin suzib hayot kechiruvchi sodda 
    hayvonlar. Deyarli ko‘pchiligi sharsimon shaklda bo‘lib, ularning teshiklaridan 
    yolg‘on oyoqlari chiqib turadi.
    Nursimonlar
    turkumiga kiruvchi bir hujayralilar ham chig‘anoqli amyobalar 
    bo‘lib, dengizlarda hayot kechiradi. Boshqa sarkodalilardan ichida yadrosi joylashgan 
    markaziy kapsulasining bo‘lishi bilan ajralib turadi.


    11 

    Download 4,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish