8
TIP: SODDA HAYVONLAR – PROTOZOA
Bir hujayrali yoki eng sodda hayvonlar dengiz va okeanlarda, ko‘llarda,
chuchuk suv havzalarida nam tuproqda va boshqa umurtqasizlar va umurtqalilar
organizmida yashashga moslashgan. Ular morfologik jihatdan ko‘p hujayrali
hayvonlarning alohida hujayralariga o‘xshasada, fiziologik jihatdan mustaqil
organizmlardir. Bir hujayrali organizmlarni mustaqil hayot kechirishi, ko‘payishi
uchun ularning tana qismlarida umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan organoidlardan
tashqari turli vazifalarni bajaruvchi maxsus qismlari (organoidlari) mavjud.
Shunday qilib bir hujayrali organizmlar ko‘p hujayrali organizmlarga xos bo‘lgan
barcha hayotiy jarayonlar amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik sodda hayvonlarning tanasi tashqi tomondan yupqa elastik qobiq
– pellikula bilan qoplangan. Protoplazma tiniq va bir xil tuzilishdagi ektoplazma
hamda yarim quyuq donali endoplazmadan iborat. Endoplazmada yadro, Golji
apparati, endoplazmatik to‘r, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma va shunga
o‘xshash muhim organoidlardan tashqari ovqat hazm qiluvchi va qisqaruvchi
vakuolalar, ektoplazmada esa turlicha tuzilgan harakat organoidlari mavjud. Ayrim
sistematik guruhlarida pellikula rivojlanmagan yoki ularda harakat, qisqaruvchi va
hazm qiluvchi vakuolalar reduksiyaga uchragan.
Sodda hayvonlar bir, ikki va ko‘p yadroli bo‘ladi. Yadro hayot faoliyati
jarayonlarini boshqaradi va ko‘payishda hamda irsiy xossalarni nasldan-naslga
o‘tkazishda muhim rol o‘ynaydi. Sodda hayvonlarning harakat organoidlari
psevdopodiyalar (soxta oyoqlar), xivchinlar va kiprikchalardan iborat. Ularning
ko‘payishi jinssiz va jinsiy yo‘l bilan boradi. Jinssiz ko‘payish oddiy (teng ikkiga)
va murakkab (ko‘p marta) bo‘linish yo‘li bilan amalga oshadi. Jinsiy ko‘payish esa
ko‘pchilik turlarida kopulyatsiya (gametalarning qoshilishi), qolganlarida
kon’yugatsiya yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Sodda hayvonlarning 20% dan ortiq
turlari, odam va hayvonlarda parazitlik qilib, og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun ham parazit sodda hayvonlarni chuqur o‘rganish chorvachilikda,
xususan, veterinariyada hamda tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun muhim
ahamiyatga ega.
Ko‘pchilik sodda hayvonlar mikroskopik kattalikda bo‘lib, mikronlar bilan
o‘lchanadi. Shu bilan birga dengizlarda yashaydigan yirik chig‘anoqli
foraminiferalarning kattaligi 4-5 sm gacha etadi.
Eng sodda hayvonlar tipi 40.000 dan ortiq turni o‘z ichiga olib 5 ta sinfga
bo‘linadi:
1.
Sarkodalilar – Sarcodinae
2.
Xivchinlilar – Mastigophora
3.
Sporalilar – Sporozoa
4.
Kipriklilar – Cihiata sen Infusorijalar-Infusoria
5. Cnidosporidijalas