12
ichida yangidan hosil bo‘layotgan qiz ho‘jayralarni ko‘rish mumkin. Agar koloniya
yaxshilab kuzatilsa undagi individlar tipik
xivchinli hayvon ekanligini, har birida
yadro, 2ta xivchin, stigma, qisqaruvchi vakuolalar va xromotoforlar borligini bilib
olasiz.
Tripanosomani
kuzatish uchun tayyor mikropreparatni
mikroskopning katta
ob’ektivi ostida kuzatish kerak. Mikropreparatda qizil qon tanachalari – eritrotsitlar,
yadroli oq qon tanachalari - leykotsitlar orasida duksimon, ingichka binafsha rangdagi
xivchinli tripanosomani ajratib olish ancha oson. Tripanosomalar qon plazmasida
yaqqol ko‘rinib turadi, ularning to‘lqinlanuvchi membranalari aniq ko‘zga tashlanadi.
Tripanosomalarning bir necha turi ma’lum bo‘lib,
ular odamlarda va umurtqali
hayvonlarda har xil kasalliklar chaqiradi. Misol uchun, Trypanosoma gambiense
odamlarda “Afrika uyqu”
kasalini chaqiradi, Tr. ninaekohljakimovae – tuya, ot va
eshaklarda cu-auru kasalligini, Tr. equiperdum – otlarda “qochirish”
kasalligini
chaqiradi.
Leyshmaniyalar
parazit xivchinlilar bo‘lib, odam va hayvonlarning terilarida,
taloq, qizil ilik, jigar va limfa tugunlarida parazitlik qiladi.
Odamlarda “Sharq kuydirgisi” (“Borovskiy kasalligi”) ni chaqiruvchi
Leishmania tropicaning gavdasi ovalsimon bo‘lib, kattaligi 2-4 mkm ga teng “Ichki
leyshmanioz” yoki “kala - azar” kasalligini chaqiruvchi L.donovani ham tuzilishi
jihatidan L.tropica ga o‘xshash bo‘ladi. Leyishmaniyani
ikkala turi ham Markaziy
Osiyo respublikalari va Kavkaz orti xududlarida uchraydi. Leyshmaniyalarni ikki xil
shakli mavjud. O‘zbekiston xududida teri leyshmaniozining qo‘zg‘atuvchi L.major
uchraydi. Leyshmaniyalar qon so‘ruvchi hashoratlar orqali tarqaladi. Ularning
xivchinli leptomonad shakli kasallikni yuqtiruvchi hasharotlarda, leyshmanial
(xivchinsiz) shakli ikkinchi xo‘jayin - odam va umurtqali
hayvonlarda parazitlik
qiladi.
2- rasm. Yashil evglena (Euglena viridis) (A) va volvoks (V) (Volvox globator)
kolloniyasining umumiy ko‘rinishi
A. 1-hujayra qobig‘i, 2-xivchin, 3-sitoplazma, 4-yadro, 5-xromotoforalar,
6-zahira oziq zarralari, 7-“ko‘zcha”, 8-qisqaruvchi vakuola, 9-qisqaruvchi
vakuolaning suyuqlik to‘plovchi bo‘shlig‘i.
V. 1-volvoksning qiz koloniyasi, 2-makrogameta, 3-mikrogameta, 4-zigota