17
va ularni chivin organizmiga qon so‘rganda o‘tishi, 15-makrogametani, 16-
mikrogametani
etilishi, 17-makro-va mikrogametani qo‘shilishi, 18-ookineta, 19-
ookinetani chivinning oshqozoni tana bo‘shlig‘iga tushishi va 23-sulak bezlarida
sporozoitlarning yig‘ilishi.
Ularga piroplazma avlodiga kiruvchi P.bigeminum, P. ovis, P. canis, P.
caballi. Babesi avlodiga kiruvchi B. bovis, Theileria avlodi vakili T. annulatani
misol keltirish mumkin. Bunday qon cporalilar yaylov kanalari orqali yuqadi, ular
markaziy Osiyo va Kavkaz orti davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib turli kasalliklarni
chaqiradi. Teleriya qo‘zg‘atadigan kasalliklardan 90 foizgacha qoramollarda olishi
mumkin.
6- rasm. Yirik shoxli hayvonlarda parazitlik qiluvchi teyleriya - Theileria annulata
ning rivojlanishi.
1-Endoteliy xujayralaridagi trofozoit, 2-3-”anor donachasi”
deb ataluvchi
tanachalarning hosil bo‘lishi, 4-merozoitlar, 5-parazitni eritrotsitlar ichida
rivojlanishi, 6-kana ichagiga qon bilan utgan merazoitlar,
7-epiteliy xujayralarida shizogoniya, 8-kana gemolimfasidagi merozoitlar,
9-kananing so‘lak bezidagi shizont va merozoitlar, 10-kana tuxumidagi
merozoitlar.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Sporalilar sinfi uchun xos bo‘lgan xarakterli morfologik belgilarni ayting.
2. Sporalilarning taraqqiyot davrlarini ta’riflang.
3. Koksidiyalar (eymeriyalar)ning rivojlanishi qanday davrlarga bo‘linadi?
4. Bezgak plazmodiyasi qanday rivojlanadi.
5. Theileria annulata ning rivojlanishi bezgak plazmodiyasidan qanday farq
qiladi?
Uyga vazifa: Infuzoriyalar, ko‘p xujayralilar va yassi chuvalchanglarini o‘qib
kelish.