• Koksidiyalar – Coccidiida
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Darsning maqsadi:
    To‘la parazitlikka o‘tgan sodda hayvonlar – 
    sporalilarining tuzilishi va rivojlanishining xarakterli xususiyatlari bilan tanishish. 
    Ular tarqatadigan kasalliklar va ularning oldini olish choralarini o‘rganish.
     
     
    V A Z I F A 
     
     
    1. Qo‘yon tezagidan tayyorlangan to‘yingan tuzli eritmada eymeriyaning 
    ootsistalarini mikroskop ostida aniqlash. 
    2. Quyon eymeriyasining rivojlanishini o‘rganish va sxemasini chizish.
    3. Qon sporalilar (Haemosporidia) turkumidan bezgak plazmodiyalarining 
    rivojlanishi sikli bilan tanishish.
    4. Chorva mollarida parazitlik qiluvchi ayrim qon sporalilarning taraqqiyotini 
    bezak plazmodiyalari taraqqiyotidan farqli xususiyatlarini aniqlash. 
    Sporalilar sinfiga kiruvchi barcha sodda hayvonlar umurtqasiz va 
    umurtqalilarning paraziti bo‘lib hisoblanadi. Parazitizmga o‘tish tufayli ularni 
    hazm qilish, qisqarish va harakat organoidlari yo‘qolgan, taraqqiyoti esa 
    murakkablashgan. 
    Koksidiyalar – Coccidiida – 
    turkumining eymeriyalar (Eimeria) avlodi 
    vakillari barcha qishloq xo‘jalik hayvonlari, parrandalar va qo‘yonlarning ichak 
    epitelial hujaylarida parazitlik qiladi. Ularning rivojlanishi uch bosqichda kechadi: 
    shizogoniya, gametogoniya, sporogoniya. 
    Odatda hayvonlar ozuqalar va suv bilan koksidiyaning ootsistasini yutib 
    yuborib eymeriozga chalinadi. Ootsistalarni topish uchun quyonlardan olingan 
    tezak namunasi stakanda maydalanib ustiga to‘yingan tuz eritmasi solib tayoqcha 
    yordamida aralashtiriladi va bir necha minut tindirilib qo‘yiladi. Tindirilgan 
    eritmaning yuzidagi pardadan sim xalqacha yordamida namuna olinib, buyum 
    shishachasida vaqtinchalik preparat tayyorlanadi va mikroskopni kichik 
    ob’ektivida parazit tuxumlari - ootsistalar topiladi. Ootsistalar odatda oval shaklida 
    bo‘ladi. Eymeriyalarning kelgusi rivojlanishini kasal quyonning ingichka 
    ichagidan tayyorlangan mikropreparatni mikroskopning katta ob’ektivi ostida 
    kuzatib o‘rganish mumkin. Quyon ichagiga tushgan etilgan ootsistadan 
    sporaziodlar chiqadi. Har bir ootsistada 8 tadan sporazoid etiladi. Sporazoidlar 
    aktiv ravishda ichak epiteliysiga kirib oladi va u erda bir necha marta jinssiz 


    15 
    ko‘payadi (shizogoniya). Jinssiz ko‘payish natijasida har bir sporozoiddan 60-80 ta 
    merozoidlar hosil bo‘ladi. Merozoidlar ichak hujayrasini bo‘zib chiqib yangi 
    epiteliy hujayrasiga kirib oladilar. Shunday qilib shizogoniya davri bir necha marta 
    takrorlanadi, so‘ngra esa jinssiz ko‘payish jinsiy ko‘payish (gametogoniya) bilan 
    almashinadi.
    Jinsiy ko‘payish jarayonida merozoidlar etilmagan jinsiy hujayralarga 
    (mikro- va mikrogametatsitlarga) aylanadi. Har bir makrogametatsit etilib 
    makrogametaga, mikrogametatsit esa mikrogametaga aylanadi. Shundan so‘nggina 
    har ikki gameta qo‘shilib otalangan tuxum hujayra - zigotaga, zigota esa po‘sti 
    hosil qilib, unga o‘raladi va ootsistaga aylanadi. Ootsista ichak bo‘shlig‘iga tushadi 
    va quyon ekskrementi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda ma’lum 
    temperature, namlik va kislorod ta’sirida ootsistalarda: dastlab 4 ta sporablastlar, 
    hosil bo‘ladi, har bir sporablastda esa 2 ta dan sporazoid paydo bo‘ladi. Tashqi 
    muhit ta’sirotiga chidamlilik orttirish uchun sporozoitlar maxsus spora hosil qiladi.

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish