A s daminov, B. S. Salimov




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/100
Sana13.05.2024
Hajmi4,99 Mb.
#228396
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Bog'liq
zoologiya

Meduzalar
faol (tanasini qisqartirib yoki passiv to‘lqin va oqimlar ta’sirida) 
erkin suzib yurib, harakat qiluvchi organizmlar bo‘lib, tanalari odatda tiniq 
soyabon shaklida bo‘ladi. Soyabonning pastki tomonida bo‘rtib chiqqan
“xartumcha” bo‘lib, uning uchida og‘iz teshigi atrofida 4ta og‘iz oldi kurakchasi 
bo‘ladi.
Soyabonning atrofida 8ta chuqurchalar bo‘lib, unda sezgi organlari – ko‘z 
muvozonat organ, statotsitlar va nerv ho‘jayralari joylashgan bo‘ladi.
Og‘iz teshigi qisqagina tomoq orqali gastral bo‘shliqqa ochiladi. Gastral 
bo‘shliqning ichida paypastlagichlarga o‘xshash tuzilgan fermentli shira ishlab 
chiquvchi gastral iplar bo‘ladi. Bu esa hazm jarayonini ushbu bo‘shliqda 
boshlanishini ko‘rsatadi Gastral bo‘shliqlardan 16ta radial kanallar chiqadi va ular 
soyabon chekasida xalqasimon kanalga birlashadi. Gastral bo‘shliq devorida 4ta 
jinsiy bezlar (gonadalar) joylashgan. Ular ostida 4 ta chuqurcha bo‘ladi.
Sifomeduzaning nerv sistemasi markazlashgan bo‘lib, u soyabon qirg‘og‘iga 
joylashgan xalqasimon nervdan iborat. Shohlanib ketgan 8 ta kanal bo‘ylab 
joylashgan nerv xalqaning 8 ta yo‘g‘onlashgan qismi mavjud bo‘lib, ularni nerv 


26 
tugunchalari-gangliyalar deb atash mumkin. 
 
Ot aktiniyasi 
– Actinia equina misolida marjon polipning tuzilishi bilan 
tanishib chiqing. Paypaslagichlar bilan o‘ralgan og‘iz teshigi tanasi va buyumlarga 
yopishishi uchun xizmat qiladigan tovoniga e’tibor bering.
Marjon poliplarning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan gidro poliplarga o‘xshaydi. 
Ammo ulardan gastral bo‘shliqqa nay shaklida osilib turadigan tomoq, tananing 
ichki devoridan markazga yo‘nalgan to‘siq larining bo‘lishi bilan farq qilib turadi.
9- rasm. Gidraning umumiy ko‘rinishi (A), otiluvchi hujayrasi (V), hazm qiluvchi 
hujayralar (S). 
A. 1-og‘iz teshigi, 2-paypaslagich, 3-ichak bo‘shlig‘i, 4-ektoderma, 
5-endoderma, 6-rivojlanayotgan yosh gidra. 
V. 1-otiluvchi tola, 2-otuvchi kapsula, 3-sezuvchi tukcha. 
S. 4- muskul tolasi, 5-yadro, 6-hazm qiluvchi vakuol, 
7-qamrab olinayotgan oziq. 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
Ko‘p xujayralilarni kelib chiqishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2.
Ko‘p xujayralilarni bir xujayralilarga nisbatan ustunlik belgilari nimada?
3.
Ko‘p xujayralilarning asosiy vakillarini ayting? 
4.
Kavak ichlilar tipida qanday embrional varaqlar paydo bo‘lgan?

Download 4,99 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish