24
5-M A SH G‘ U L O T
Mavzu: Tip. Kovakichlilar – Coelenterata
Sinf Gidroidlar – Hydrozoa
Sinf Sifomeduzalar – Scyphozoa
Darsning maqsadi:
Kavakichlilar sinfi vakillarini
anatomo-morfologik va
fiziologik xususiyatlari va ularning bulutlardan farqini o‘rganish.
Kerakli jihozlar:
gidrani tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, suvda
saqlangan tirik gidralar, mikroskop, mikropreparatlar
V A Z I F A
1.
Gidraning
tashqi tuzilishi, harakati bilan tanishib chiqish, umumiy
ko‘rinishini rasmini chizish.
2.
Gidraning bo‘ylama va ko‘ndalang kesimini mikroskop ostida kuzatish.
Ektoderma va entoderma ho‘jayralarning farqini ajrating. Tayanch plastinkasini
toping va rasmini chizing.
3.
Plastinkalarni
mikroskop ostida kuzatib, otuvchi ho‘jayralarni toping va
rasmini chizing.
4.
Dengiz
laganchasi
(likopchasi)
–
Aurellia
aurita
misolida
ssifomeduzalarning tuzilishidagi xarakterli xususiyatlar bilan tanishib chiqish va
rasmini chizish.
Kavakichlilar ikki qavatli tuban ko‘p xujayrali hayvonlar bo‘lib, ularda
hujayralarning differinsiallanib, to‘qima hosil qilishi boshlang‘ich holda bo‘ladi.
Barcha kavakichlilar uchun nurli (radial)
simmetriya, umumiy gastral bo‘shliq,
hujayralar ixtisoslashganligi va sezuvchanligi xarakterlidir. Ana shu belgilari bilan
ular bulutlardan farq qiladi. Kavakichlilar orasida o‘troq holda hayot kechiruvchi
(polip) shakllari ham, erkin suzib yuruvchi (meduza) shakllari ham mavjud. Ba’zan
bir turning o‘zi goh meduza, goh polip shaklida hayot kechirishi mumkin (misol,
gidromeduzalar - obeliya). Qo‘yida biz kavakichlilarning ayrim vakillari bilan
tanishib chiqamiz.
Gidra
- Pelmotahydra oligactes uncha katta bo‘lmagan chuchuk suv hayvoni
bo‘lib, o‘troq (polip) holda hayot kechiradi. Odatda ko‘l, hovuz va shu kabi sekin
oqadigan chuchuk suv havzalarida o‘t - o‘lanlarga yopishib yashaydi. Normal
holatda gavdasining kattaligi 1-1,5sm. Gidraning tepa tomonidan 6-12
taga yaqin
paypaslagich bilan o‘rab olingan og‘iz teshigi mavjud. Og‘iz teshigi ham ozuqa
qabul qilish, hazm bo‘lmagan ozuqa qoldiqlarini chiqarish vazifasini bajaradi.
Og‘iz teshigidan pastroqda tana qismi, undan keyin poya va tovon qismi
joylashgan. Tovoni substratga yopishib olish uchun xizmat qiladi.
Gidralar ikki xil harakat qilishi mumkin: 1)
umbaloq oshib, 2) odimlab.
25
Bunday harakat tovonni bosh tomonga sudrab keladi va yana oldingi
paypaslagichlar bilan yopishib, yana tovonni sudrab olib boradi va hakozo.
Gidraning tanasi ikki qavat hujayralardan tashkil topgan: ektoderma va
entoderma. Ikkala qavat orasida xujayraviy tuzilishga ega bo‘lmagan mezogleya
yoki tayanch plastinka yotadi.
Gidraning ektodermasida
epitelial hujayralar, epitelial muskul hujayralar,
otiluvchi hujayralar, interstitsial hujayralar, hamda nerv hujayralari mavjud.
Ektoderma qavatda tananing bo‘ylama o‘qiga parallel joylashgan epiteliy –
muskul hujayralari, ayniqsa paypaslagichlarida to‘da - to‘da bo‘lib joylashgan
otuvchi hujayralarni ko‘rish mumkin. Epiteliy – hujayrasi
bir necha qisqaruvchi
iplari bo‘lgan muskul qismdan iborat. Epiteliy – muskul hujayrasining bu qismi
qisqarganda gidraning tanasi qisqaradi va yo‘g‘onlashadi. Tipik otuvchi xo‘jayra
pufakchasimon tuzilishiga ega bo‘lib, kapsulaning ichida spiral shaklida o‘ralgan
ipcha, uning tubida esa nashtar steletlar yotadi.
Endodermada har hil xivchinli hujayralar bo‘lib, amyobalarga o‘xshab
ozuqa parchalarini qamrab olish xususiyatiga ega. SHuning uchun ham ovqat hazm
qilinishi gidralardagi bo‘shliq (gastral bo‘shliq - gastrotsel)da va xo‘jayra ichida
amalga oshadi.
Gidralar oddiy kurtaklanish va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Jinssiz
ko‘payganda tanasidan kurtaklar bo‘rtib chiqadi.
Keyinchalik ulardan
paypaslagichlar va og‘iz teshigi hosil bo‘ladi. SHundan keyingina kurtaklar ona
organizmdan ajralib, mustaqil hayot kechirishga o‘tishlari mumkin. Jinsiy
ko‘payish vaqtida gidralar tuxum hujayrasi va spermatazoidlar hosil qiladi.
Zigotalar to‘la va tekis bo‘linib, morula va bastula davrini boshdan kechiradi.
Gastrula shaklidagi lichinkasi “planula” deb ataladi. Planula biroz vaqt tanasini
qoplab turuvchi kiprikchalar yordamida suzib yuradi
va keyinchalik substratga
yopishib gidraga aylanadi.