• Kerakli jihozlar
  • Kiprikli chuvalchanglar – Turbellaria
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     


    28 
    6-M A SH G‘ U L O T
    Mavzu: Yassi chuvalchanglarning solishtirma morfologiyasi 
    1. Sinf: Kiprikli chuvalchanglar- Turbellaria
    2. Sinf: Trematodalar – Trematodes 
    3. Sinf: Sestodlar – Cestodes 
     
    Darsning maqsadi: 
    Oq planariya - Dendracoelum lactum va jigar qurtlari- 
    Fasciola hepatica, F.gigantica, ichak qurtlari - Taeniarhynchus saginatus,
    Moniezia expansa, Echinococcus, Multiceps multiceps granulosus larni anatomo-
    morfologik xususiyatlarini taqqoslab o‘rganish.
    Kerakli jihozlar: 
    Tirik va fiksatsiya qilingan planariyalar, jigar, oshqozon 
    qurtlari, qon so‘rg‘ichli, qoramol solityori, monieziyalar, mikropreparatlar
    mikroskop, jadvallar. 
    V A Z I F A 
     
     
    1.
    Oq planariyaning total preparatini lupa yordamida ko‘rib, tashqi tuzilishini 
    o‘rganish va rasmini chizish.
    2.
    Oq planariyaning kundalang kesimini o‘rganish
    3.
    Jigar va oshqozon qurtlari hamda qon so‘rg‘ichlining umumiy ko‘rinishi 
    bilan tanishish quruq va hul preparatlar orqali ichki tuzilishini o‘rganish va rasmini 
    chizish. 
    4.
    Monieziya va exinokokning tuzilishini o‘rganish.
    Kiprikli 
    chuvalchanglar
    – 
    Turbellaria,
    Oq 
    planariya 
    yassi 
    chuvalchanglarning erkin yashovchi, yirtqichlik yo‘li bilan hayot kechiruvchi 
    vakillaridan biri bo‘lib, chuchuk suvlarda, soylar, hovuzlar va chashmalarda 
    uchraydi. Tanasining shakli duksimon bo‘lib, 15-22 millimetr kattalikda bo‘ladi.
    Oq planariyaning tanasi sirtqi tomonidan kiprikli epiteliy bilan qoplangan. 
    Kiprikli epiteliy ostida qo‘ndalang, qiyshiq, bo‘ylama va dorza- ventral muskullar 
    joylashgan. Bularning hammasi chuvalchangning teri- muskul xaltasini hosil 
    qiladi. Tana bo‘shlig‘i (organlar oralig‘i) parenxima hujayralari bilan to‘ldirilgan. 
    Planariyaning oldingi tomonida ikkita ko‘zi joylashgan.
    Ovqat hazm qilish organlari tanasining ikkinchi yarmining qorin tomonida 
    joylashgan bo‘lib, muskulli tomoq (xalqum) bilan tutashgan. Xalqum uchlari berk 
    tarmoqlangan o‘rta ichak bilan tutashgan. Orqa ichagi va anal teshigi bo‘lmaydi. 
    Hazm bo‘lmagan ozuqalar og‘iz orqali chiqarib tashlanadi.
    Nerv sistemasi tomoq atrofi nerv tugunlari (gangliya) va ularni tutashtirgan 
    nerv xalqali (nerv markazi), undan tan abo‘ylab tarqalgan nerv tomirlardan va nerv 


    29 
    tolalardan tashkil topgan.

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish