• Teri-muskul xaltasi.
  • Ovqat hazm qilish va ajratish sistemasi.
  • Trematodalar – Trematodes




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Trematodalar – Trematodes. 
    Bu sinfga kiruvchi chuvalchanglarning tanasi 
    yaxlit, segmentlarga bo‘linmagan. Shakli odatda bargsimon yoki lanset simon
    noksimon, ipsimon uzunchoq bo‘ladi. Barchasida kuchli muskullarga ega bo‘lgan 
    og‘iz va qorin so‘rg‘ichlari bo‘lib, ular umurtqali hayvonlar va odamning ichki 
    organlari, qon tomirlarida parazit holda hayot kechiradi. Rivojlanishi hujayin 
    almashtirish yo‘li bilan o‘tadi. Shuning uchun ham ularni digenetik so‘rg‘ichlilar 
    deb ham ataydilar. Digenetik so‘rg‘ichlilarning tipik vakillari jigar qurtlari 
    F.hepatica ning bo‘yi 2-4 sm, eni 1,4 sm, F.gigantica ning buyi 3-7 sm, eni 7-10 
    mm., og‘iz va qorin so‘rg‘ichlariga ega.
    Jigar qurtlari qishloq xo‘jalik hayvonlarining jigar parenximasi va o‘t 
    yo‘llarida, parazitlik qilib yashaydi. Ular qon va shuningdek, jigar hujayralaridagi 
    moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar bilan oziqlanadi.
    Teri-muskul xaltasi.
    Parazitlik bilan hayot kechirishi munosabati bilan 
    trematodalarning epiteliysida kiprikchalar bo‘lmaydi va u kutikula deb ataladi. 
    Kutikulada ko‘plab uchi orqaga qayrilgan tikanlar bo‘ladi. Kutikula teri 
    epiteliysining faoliyati natijasida hosil bo‘lgan bo‘lib, himoya vazifasini bajaradi.
    Teri-muskul xaltasi teri epiteliyasi bilan birikkan ko‘ndalang, bo‘ylama, 
    qiyshik muskullar bilan birga - muskul xaltasini hosil qiladi. Teri – muskul xaltasi 
    ichki organlarni o‘rab turadi, u himoya hamda harakat vazifasini bajaradi.
    Parenxima – tartibsiz joylashgan hujayralardan hosil bo‘lgan to‘qima bo‘lib, 
    tanaga ma’lum bir muntazam shakl berib turadi va zapas oziq – ovqat rezervuari 
    bo‘lib xizmat qiladi.
    Ovqat hazm qilish va ajratish sistemasi. 
    Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz 
    so‘rg‘ichidan boshlanadi. 
    Og‘iz bo‘shlig‘i tomoqqa, tomoq qizilungach (oldingi ichak) ga olib keladi. 
    Qizilo‘ngachdan keyin ikkita ko‘plab shoxlanib ketgan o‘rta ichak joylashgan. 
    Orqa ichak va anal teshik bo‘lmaydi. Hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari og‘iz 
    orqali chiqarib tashlanadi.
    Ajratish sistemasi protonefridial tipida bo‘lib, markaziy siydik kanali va 
    undan ikki tomonga shoxlanib ketgan periferik kanallardan iborat. Periferik 
    kanallarning oxirida terminal (alangali) ho‘jayralar joylashgan. Ularning vazifasi 
    markaziy kanalga qarab siydik haydashdan iborat. Markaziy kanal tananing oxirida 
    ekskretor teshik ya’ni siydik chiqarish teshigi bilan tugaydi.

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish