30
urug‘ qabul qilgich pufakchaga to‘planadi. Demak, bachadon ba’zan qin (vagina)
vazifasini ham bajaradi.
Urg‘ochilik jinsiy sistemasida markaziy o‘rinni
ootip egallaydi, ootip
bachadonning oval xaltacha shaklidagi kengaygan qismi bo‘lib, unga barcha jinsiy
yo‘llar ochiladi. Tuxumdonda hosil bo‘lgan tuxum ho‘jayralari tuxum yo‘li orqali
ootipga keladi. Bu erda urug‘ qabul qilgich
xaltadan spermatozoid tushadi, va
tuxum ho‘jayrasini otalantiradi. Otalangan tuxum hujayrasi (zigota) sariqdon
yo‘lidan kelgan ozuqa – sariq moddaga o‘ralib oladi
va Melis tanachasi ishlab
chiqqan shilliq modda esa tuxum po‘stini xosil qiladi. Bunday tuxum hujayrasi
bachadon orqali tashqi jinsiy teshikka qarab siljiydi.
Ortiqcha jinsiy mahsulotlar
esa lauerov kanali orqali chiqarib yuboradi. Mikroskopda kuzatgan vaqtda
bachadonda tuxumlar aniq ko‘rinib turadi.
Sestodlar
– Cestodes. Sestodlar sinfi 3000dan ortiq turni o‘z
ichiga olib,
ular ham to‘la parazitlikka moslashgan. Voyaga etgan davrda uzun lentasimon
shaklda bo‘lib, odamlar va umurtqali hayvonlarning ingichka ichagida yashaydi va
turli sestadozlar nomi bilan ma’lum bo‘lgan kasalliklarni chaqiradi.
Lentasimon chuvalchanglarning chuqur parazitlikka o‘tish to‘fayli
ovqat
hazm qilish organlari yo‘qolgan. Tanasini qoplab turuvchi kutikula yupqalashgan
va u ingichka ichakdagi tayyor ozuqa - moddalarni bemalol o‘tkazadi, ya’ni
sestodlar butun tanasi yordamida osmotik usulda oziqlanadi.
Gavda kattaligi
0,5mm dan 10-12metrgacha etadi. Tanasida xo‘jayin ichagiga yopishish
(fiksatsiya) organlari joylashgan boshcha (skoleks), o‘sish zonasi - bo‘yincha va
strobiladan iborat. Sestodlarning strobilasi bir necha bo‘g‘im (proglotid) larga ega.