A s daminov, B. S. Salimov




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/100
Sana13.05.2024
Hajmi4,99 Mb.
#228396
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Bog'liq
zoologiya

 


43 
 
 
20 –rasm.Ot paraskaridasi( Paraskaris equorum )ning tarraqqiyoti 
 
 
 
Askaridaning
ko‘ndalang kesimi doira shaklida bo‘ladi. SHuning uchun 
ham ular yumaloq chuvalchanglar deb ataladi. Teri – muskul xaltasining eng ustki 
qismini zich parda – kutikula tashkil qiladi. Kutikula ko‘p qavatli bo‘lib, uning 
ostida gipoderma joylashgan. Gipodermaning devorlari elka va qorin hamda ikki 
yon tomonda pushta (valik) hosil qiladi. Yon pushtalarining ichida ajratish nayi – 
(protonefridiya) o‘tsa, elka va qorin pushtalaridan nerv tomirlari o‘tadi. 
Gipodermaning ostida bir qavat bo‘ylama muskul tolalari yotadi. Tana bo‘shlig‘i 
suyuqliq bilan to‘la. Ovqat hazm qilish organlari ektodermali oldingi, entodermali 
o‘rta va ektodermali orqa ichaklardan iborat. Oldingi ichagiga og‘iz, xalqum, 
qizilungach kiradi va ular ektodermadan hosil bo‘lgan. Kutikula bilan qoplangan. 
O‘rta ichagi entodermaning hosilasi bo‘lib, biroz siqilgan va bir qavatli epiteliy 
bilan qoplangan.
Urg‘ochi askaridada keyingi ichak anus bilan tugaydi. Erkaklarida esa bu 
organga jinsiy sistemasining yo‘li ochiladi va u kloakani tashkil qiladi. 
Askaridaning ajratish sistemasi o‘ziga xos tuzilishga ega. U ikki yondagi 
gipoderma devoridagi pushta ichida o‘tadigan naylardan iborat. Bu naylarning 
keyingi tomoni yopiq bo‘lib, oldingi tomoni qizilungachning old qismida 
ko‘ndalang kanal yordamida o‘zora birlashadi va tashqariga ochiladi. 
Kanallarining oldingi qismidagi yon chiziqlariga prototsel suyuqligiga tegib turgan 
holda 4 ta yulduzsimon fagotsitar ho‘jayralar joylashgan. Ular organizmda 
emirilish natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarni yutish va kanalga o‘tkazish 
xususiyatiga ega. 


44 
Askaridalarda qon aylanish, nafas olish organlari bo‘lmaydi. Markaziy nerv 
sistemasi tomoq oldi nerv xalqasidan iborat, tanaga qarab chiqqan bir necha nerv 
tolalari mavjud. Bulardan ikkitasi yirik va yo‘on, gipodermaning qorin va elka 
devorlarida bo‘lgan hosil qiladigan pushta ichidan o‘tadi. Nerv xalqasidan chiqqan 
nerv tolalar gavdaning oldingi uchiga ham tarqalgan. Jinsiy organlari naysimon 
tuzilishga ega. Urg‘ochisining tana bo‘shlig‘ida ichakni o‘rab olgan oq iplar bor. 
Naysimon jinsiy sistemaning oldingi eng ingichka qismida tuxumdon, undan 
keyingi qismida sal yo‘g‘onroq tuxum yo‘li va juda yo‘g‘on bir juft bachadon 
joylashgan. Ikki bachadon birlashib, yakka qisqagina qin vaginani hosil qiladi. Qin 
gavdaning oldingi qismining qorin tomonida tashqi jinsiy teshik bilan tugaydi. 
Erkaklarning jinsiy sistemasi toq-bitta naydan iborat. Nayning ingichka qismi 
urug‘donni tashkil etadi. Urug‘doni yo‘g‘onlashgan nayga – urug‘ yo‘liga tutashib, 
o‘z navbatida kloakaga ochiladi. Tuxum xujayralari bachadonda otalanadi. 
Otalangan tuxum xo‘jayrasi ko‘p qavatli qobiq bilan qoplanadi. Askaridaning 
tuxumi yassi chuvalchanglarnikidan keskin farq qiladi va unda zigota sariq modda 
bilan o‘rab olinmagan. Sirtqi tomonidan o‘rab turgan oqsil pardasi g‘adir budur 
bo‘ladi.
Askaridaning rivojlanish sikli: otalangan tuxumlarning tashqi muhitda 
rivojlanishi uchun namlik, harorat va kislorod zarur. Harorat 24
0
C bo‘lganda 10-
15 kunda tuxumning ichida lichinka hosil bo‘ladi, bu lichinka ikki marta po‘st 
taylab yuqumli holga keladi. Bunday tuxumlar bir necha oy, hatto yillab o‘zining 
invazionlik xususiyatini yo‘qotmaydi, chunki ular tashqi muhit ta’sirlariga o‘ta 
chidamli bo‘ladi. Askaridaning invazion tuxumlari oziq – ovqat, ko‘lmak suv bilan 
hayvonlarga yuqadi. Lichinka ingichka ichakda tuxumdan chiqadi ammo bu 
davrda u ichakda taraqqiy qila olmaydi.
21- rasm. Askaridaning taraqqiyoti: 
1-yetuk 
askarida; 
2-askaridaning 
otalangan tuxumi (zigota); 3-tuxum ichida 
rivojlanayotgan 
askarida lichinkasi; 4-tuxumdan chiqqan askarida 
lichinkasi (xo’jayin ichagida) 
Lichinka voyaga etgan askaridaga aylanishi uchun organizm bo‘ylab 
migratsiyasi qilishi va ikki marta to‘lashi kerak, uning uchun lichinka ichakning 
shilliq pardasiga, undan ichak venasiga yorib kiradi va qon oqimi bilan jigar 


45 
darvoza venasiga va jigarga o‘tadi. Bu erdan lichinka kovak vena orqali o‘ng yurak 
bo‘lmachasiga va o‘ng yurak qorinchasiga tushadi. O‘ng yurak qorinchasidan 
lichinka o‘pka arteriyasi orqali o‘pkadagi kapillyalarga o‘tadi. Bu erda ular 
kapillyarlarni teshib alveolalarga o‘tadi va nafas yo‘llari orqali yuqoriga migratsiya 
qiladi – bronx va traxeyalar orqali tomoqqa kelib ikkinchi marotaba yig‘iladi. 
YUtilgan lichinkalar ingichka ichakka tushib o‘z taraqqiyotini nihoyasiga etkazadi 
va voyaga etgan individlarga aylanadi. Biroq, ba’zan lichinkalar o‘pkadan qon 
orqali yana yurakka (bu gal chap bo‘lmaga va qorinchaga) tushib qon orqali har xil 
organizmlarga borib, anamal lakolizatsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. 
1.
Askaridalarning bir necha turlari mavjud: cho‘chqa askaridasi (Ascaris 
suum), odam askaridasi (A lumbricoides) ot paraskaridasi (Parascaris equorum), 
tovuq askaridiyasi (Ascaridia galli) va hakozo. 
22-rasm 
.Cho’chqa 
askaridasi (A. Suum) ning 
taraqqiyoti.
Cho‘chqa va odam askaridalarining taraqqiyoti qo‘yidagicha kechadi: 
ingichka ichak orqali urg‘ochi askaridaning otalangan tuxumi tashqi muhitga 
tushadi; etarlicha namlik va issiqlik ta’sirida u etila boshlaydi; tuxum ichida paydo 
bo‘lgan lichinka ikki marta po‘st tashlab (tullab) yuqumli holga keladi va qalin 
qobiqli tuxum ichida qoladi. Bunday yuqumli lichinkalik tuxumlar turli oziqalar 
orqali xo‘jayin oshqozoniga tushgach, u erda tuxum qobiqlari eriydi. Tuxumdan 
ajralgan lichinkalar ichakka o‘tadi va qon tomirlarga yorib kirib gepato-pulmonal 
yo‘l (jigar –yurak, o‘pkalar) orqali migratsiya (yurish) qiladi. Ot paraskaridasining 
lichinkasi singari o‘pka alveolalarida 7-10 kun to‘xtaydi, biroz o‘sadi va 
alveolalarni qitiqlab yo‘tal alomatlarini chaqiradi. Yutalish paytida lichinkalar 
alveolalardan bronxiolalarga, u erdan bronxlar orqali traxeyaga, so‘ngra esa 
og‘izga tushadi. U erdan so‘lak orqali yoki balg‘am yutib yuborilganda askarida 
lichinkalari ikkinchi marta ichakka tushadi va unda to‘xtab etilgan erkak va 
urg‘ochi askaridalarga aylanadi. Askaridalar bir yilgacha hayot kechiradi. 


46 
Cho‘chqa va odam askaridalari 10-30 sm, tovuq askaridiyasi 3-11 sm uzunlikka 
ega. 
Askaridalar ichida tovuq askaridiyasi bunday murakkab migratsiyaga ega 
emas. Ularning yuqumli tuxumidan oshqozonlarda ajralgan lichinka ichakka o‘tib, 
uning limfa tugunlariga yoki ichak vorsinkalariga kiradi. U erlarda birmuncha 
o‘sib, bir necha kundan keyin ichak bo‘shlig‘iga o‘tadi va jinsiy voyaga etgan 
23-rasm. Tovuq askaridiyasi (ascaridia galli) ning taraqqiyoti. 
Askaridalar odam, cho‘chqalarda askaridoz, tovuqlarda askaridioz 
kasalliklarini chaqiradi. Ulardan askaridioz O‘zbekiston hududida parrandalar 
orasida keng tarqalgan va parrandachilikka katta iqtisodiy zarar keltiradi. 
Askaridalarning tarqalishini oldini olish uchun sanitariya-gigiena talablariga qattiq 
rioya qilish, ular bilan zararlangan hayvon va parrandalarni o‘z vaqtida davolash 
talab qilinadi. 
2.
Qo‘y o‘pka qil qurti - diktiokaulalar hayvonlarning nafas olish yo‘llari 
- bronx va bronxiolalarda, hatto kekirdak (traxeya) da parazitlik qiluvchi 
geonematodadir. 
Urg‘ochi diktiokaulalar tuxum qo‘yib ko‘payadi. Bunday tuxumlar so‘lak 
orqali oshqozonga tushadi, ichakda ulardan lichinka ajraladi va hayvon tezagi bilan 
tashqariga tushadi. Tashqi muhitda bunday lichinka ikki marta po‘st tashlab 
yuqumli holga keladi va o‘t-xashak va suv orqali qo‘ylar organizmiga tushadi. U 
erdan qon tomirlar orqali o‘pkalarga etib boradi va ularning yo‘llarida jinsiy 
tomondan voyaga etadi. Voyaga etgan diktiokaulalar 3-10 sm uzunlikka ega. Ular 
qo‘ychilik xo‘jaliklarida uchraydi.
3.
Qo‘y qilbosh gijjasi - Trichocephalus ovis. Tanasi 2-5 sm uzunlikka ega. 
Bosh qismi o‘ta ingichka va uzunchoq. Ko‘r ichak o‘simtasida yashaydi. 
Tashqariga tushgan tuxumi ichida lichinka etilib tuxum bilan asosiy xo‘jayin 
organizmiga tushadi. Tuxumlarlardagi lichinka yo‘g‘on va ko‘r ichakda 
rivojlanadi. 


47 
Yuqorida nomlari keltirilgan zoonematodalar bir xo‘jayin ishtirokida 
rivojlanadi. Ularning lichinkalik taraqqiyoti tashqi muhitda (hayvon tezagi ichida 
van am tuproqda) birorta tirik organizmsiz kechadi. Yuqumli holga kelgan bunday 
lichinkalar o‘z xo‘jayinlariga og‘iz orqali yuqadi. Shu xil xususiyatlariga ko‘ra 
bunday nematodalar 

Download 4,99 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish