38
8-M A SH G‘ U L O T
Mavzu: Sestodlarning taraqqiyoti
Darsning maqsadi:
Qoramol solityori (Taeniarhynshus saginatus) va
exinokokk (Echinococus granulosus) misollarida sestodlarning taraqqiyotini
o‘rganish.
Kerakli jihozlar:
Qoramol solityori, chuchqa solityori, exinokokk,
senur, monieziyalarning ho‘l preparatlari va rivojlanish
siklini aks ettiruvchi
jadvallar.
V A Z I F A
Har xil turga oid sestodlarning asosiy va oraliq xo‘jayinlarini aniqlash,
bir biridan farqlash.
Qoramol solityori ikki ho‘jayinli parazit bo‘lib uning asosiy ho‘jayini
odam. U odamning ingichka ichagida yashaydi. Bu parazit hazm bo‘layotgan
ozuqalarning bir qismini tana yuzasi bilan shimib oladi. Gijjaning tanasi
lentasimon bo‘lib, oq rangli, elka- qorin tomonidan yassilashgan.
Qoramol solityorining uzunligi o‘rtacha 8-10 metrgacha etadi. Uning
boshchasi skoleks, bo‘yincha va gavda (strobila) qismlari mavjud. Boshcha-
skoleksida 4ta so‘rg‘ich joylashgan. Bu so‘rg‘ichlar
yordamida solityor
xo‘jayin ichagi devoriga yopishib gavdani ushlab turadi. Boshchaning ostida
bo‘g‘inlarga bo‘linmagan qismi bo‘yincha deyiladi. Bo‘yincha qismi o‘sish
zonasi hisoblanadi. Solityorning uzun zanjirsimon gavdasi – strobila deb
ataladi.
Qoramol solityorini oraliq xo‘jayini yirik shoxli hayvonlar, shimol
bo‘g‘ilari hisoblanadi.
Qoramol gijjasining taraqqiyoti. Strobilaning oxirgi bo‘g‘imlaridagi
tuxum ho‘jayrasida 6 ilmoqchali usti qalin po‘st
bilan qoplangan murtak
onkosfera rivojlanadi. Murtakni diametri 0,03mm ga teng.
Tashqi muhitga tushgan bo‘g‘inlardagi tuxumlar turli oziqalar
bilan
qoramol oshqozoniga tushadi. Oshqozon va ichaklarda tuxumning po‘sti
parchalanadi va undan 6 ilmoqchali lichinka-onkosfera chiqib, ichak
tomirlariga yorib kiradi. Qon oqimi bilan har xil organlarga borib, ko‘pgina
muskullariga o‘tadi va kelgusi lichinkalik
davri finna yoki sistitserk
(Cysticercus bovis)ga aylanadi. Finna pufakcha shaklida bo‘lib, ichi
suyuqliqqa to‘lgan va to‘rtta so‘rg‘ichli boshchasi pufakcha devoriga qayrilgan
holda yopishib turadi. Sistitserk qoramol organizmida uzoq yillar davomida
tirik holda saqlanishi mumkin. Finnali go‘shtni odam yaxshi pishirmasdan
iste’mol qilganda parazit kelgusi taraqqiyot davrini uning ichagida o‘taydi.
39
Oshqozon shirasining ta’siri natijasida skoleks finnadan ajraladi va
so‘rg‘ichlar yordamida ichak devoriga yopishib o‘sa boshlaydi. 2-3 oy
o‘tgandan keyin parazit voyaga etadi va bo‘g‘inlar tashqariga tanasidan uzilib
tusha boshlaydi.
Shunday qilib T.saginatusning asosiy xo‘jayini odam, oraliq xo‘jayini-
qoramol.
Qishloq xo‘jalik xayvonlarida C.bovis dan tashqari exinokokk –
Echinacoccus granulosus lichinkasi, senur lichinkasi, qo‘y
ichak gijjasi -
Monesia expansa lar ham uchraydi.
a) Exinokokk – Echinococcus granuhogus larva har xil kattalikdagi
kosadek yoki yosh bolani boshidek pufaksimon lichinka. U suyuliq bilan
to‘lgan. Exinokokk pufagi ona, qiz, nevara pufakchalarga va ulardagi juda
ko‘p sonli skolekslarga ega. Exinokokk pufaklari
parazitning oraliq
xo‘jayinlari barcha turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlari va odamning, asosiy
jigar va o‘pkalarida rivojlanadi. Parazitning asosiy xo‘jayini it (asosan itlar) va
boshqa go‘shtxo‘r yirtqichlar.
b) Senur – Coenurus cerebrahis qishloq xo‘jalik hayvonlarining (oraliq
xo‘jayin) asosan bosh miyasida parazitlik qiluvchi pufaksimon lichinka. Ichi
suyuqlik bilan tula, pufakichki qobig‘iga birikkan bir necha unlab skolekslar
mavjud. Kattaligi tovuq tuxumidek bo‘ladi.
Ushbu lichinka it va boshqa
go‘shtxo‘r hayvonlarning (asosiy xo‘jayin) ingichka ichagida yashovchi
Multiceps multiceps sestodining lichinkasi.
v) Sistitserkoid – juda mayda lichinka bo‘lib, u kavsh qaytaruvchi
hayvonlarning (asosiy xo‘jayin) ingichka ichagida yashovchi monieziyalarning
tuproq kanalarida (oraliq xo‘jayin) rivojlanadi.
17-rasm. Qoramol solityori – Taeniarhynchus saginatusning tashqi tuzilishi va
taraqqiyoti:
1-voyaga yetgan sestod; 2-asosiy xo’jayini; 3-harakatchan bo’g’in; 4-onkosferali tuxum; 5-oraliq
xo’jayini; 6-finna (sistiserk); 7-asosiy xo’jayin ichagida sestodning rivojlanishi; 8-finna bilan
zararlangan hayvon go‘shti
41
5.
Exinokokk pufagi qaysi organlarda rivojlanadi va senurdan qanday farq qiladi?
6.
Qishloq xo‘jalik xayvonlarida sestodlar tomonidan chaqiriladigan qanday
kasalliklarni bilasiz?
7.
Qoramol sistitserkozining oldini olish choralarini ayting
8.
Exinokokkning tarqalishini oldini olish uchun qanday tadbirlarni amalga
oshirish kerak.
Uyga vazifa: Birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglar.